Мavzu: Quvvati 200 tonna/sutka bo`lgan parranda uchun omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasi


Xo‘jaliklararo omixta yem ishlab chiqarishni tashkil qilishning umumiy masalalari


Download 477.75 Kb.
bet5/13
Sana08.01.2022
Hajmi477.75 Kb.
#248051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
omuxta yem kurs ishi javohir

Xo‘jaliklararo omixta yem ishlab chiqarishni tashkil qilishning umumiy masalalari

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida vazifasiga qarab (omixta yem konsentratlari, toliq ratsionli omixta yem ishlab chiqaruvchi) hamda texnologiyasiga qarab (toliq sxema, OVQ bilan aralashtirish sxemali) barcha turdagi korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda.

Texnik yechimlaming turli-tumanligiga qaramasdan xo‘ja- liklararo va jamoa xo‘jaligi miqyosidagi omixta yem zavodlari sanoat korxonalaridan farqli o‘laroq umumiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Samaradorligi amalda bxi xususiyatlaming qay dara- jada o‘rganilganligi va korxonani tashkil qilishda hisobga olingan- ligiga

bogliq bo’lgan ishlab chiqarishga qulay keladi.

Avvalo, quyidagilar ko‘zda tutilgan:

—omixta yem ishlab chiqarishning xomashyo manbai va iste’molchilarga yaqinlashuvi;

—choryachilik fermalarida alohida qurilgan bino va inshootlardan foydalanish imkoniyati;

—xizmat qilish maydoni va shunga muvofiq talab qilinayotgan retseptlar sonining qisqarishi hisobiga xomashyo va ombor xo'jaliklarini soddalashtirish;

—xomashyo va tayyor mahsulotni tashish va bu bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish, keraksiz temiryo‘l tarmogi va maxsus qabul qilish, uzatish vositalarini qisqartirish, chunki tashish uchun asosan avtomobil transportidan foydalaniladi;


  • hayvonlar ozuqa ratsionining boshqa tarkibiy komponent- lari hisobiga omixta yem retseptlari va nisbatan qattiq nazorat sharoitlari;

omixta yem ishlab chiqarish uchun xo‘jaliklaming xomashyo bazasini rivojlantirishdagi manfaatdorlikning oshishi.

Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida keltirilgan omillar ta’sirida omixta yem tayyorlashdagi xarajatlarni 15—20 %ga kamaytirish mumkin. Biroq, qishloq xo‘jaligida omixta yemning foydasi to‘liq holda miqdoriy baholanmaydi.

Omixta yem korxonalari parametrlari (texnologik liniyalar strukturasi, jihozlaming tuzilishi, ish rejimi) amalda uning joylashuviga va pudratchixo‘jalikIar hamda mahalliy ishlab chiqarish korxonalari bilan afoqalariga bog‘liq, Fermalar hudu- dida joylashgan uning yordamchi binolari, omborlaridan foydalaniladi. Korxonalar yem-xashak uchun mo‘ljallangan don zaxirasini saqlash (10—12 oy hisobida) muddatiga qarab hisoblanadi. Omixta yem ishlab chiqarish texnologik sxemasining ishlab chiqarish jarayoni, qoida bo‘yicha quyidagilami o‘z ichiga oladi: komponentlarni qabul qilish, saqlash, tayyorlash va aralashtirish, omixta yemni mikroelementlar bilan boyitisti, granulalash, saqlash va tayyor mahsulotni iste’molchilaiga uzatish.

Mahalliy xomashyodan olingan komponentlarni tayyorlash jarayoni muhim o‘rin egallaydi. Sanoat korxonalaridan farqli ravishda xo‘jaliklararo korxonalar asosiy ishlab chiqarish liniya- iaridan tashqari odatda ehtiyojga va xomashyo imkoniyatlariga qarab, pichan uni va uzum mezgasi unini tayyorlash; maydalan- gan makkajo‘xori so'talari, suli qobiqlari hamda boshqalardan melassalangan yemlami tayyorlash;

konsentratlar va boshqa komponentlar bilan granulalangan, briketlangan dag‘al ozuqa aralashmalami tayyorlash liniyalarni o‘z ichiga oladi.
Donli xomashyoni tayyorlash liniyasi birlamchi tozalash va quritish vositalari bilan jihozlangan bo'lishi darkor (masalan, ZAV vaKZS tipli agregatlari bilan), chunki qoidabo'yichadon bevosita kombaynlardan qayta ishlashga keladi. Dastlab tozalan- magan donni barabanli quritgichlarda quritish va quruq ozuqa chiqindilarini olish mumkin. Buning uchun pichan tayyor- tanmayotgan davrda pichan unini ishlab chiqarishga mo'ljallangan xuddi shunday AVM yoki SB quritgichlari qo'laniladi. Omixta yemni granulalash liniyasini xo‘jalik qozonxonasidan bo‘shatish kerak.

Korxona bir-biri bilan texnologik bog‘langan quyidagi asosiy binolardan iborat: ishlab chiqarish korpusi, xomashyo va tayyor mahsulotlar uchun omborlar. Xomashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar mexanik transportda tashiladi. Bundan tashqari, kompleksning bosh rejasida quyidagilaming bir yerga joylashtiri- lishi ko‘zda tutilgan: qabul qilish va uzatish qurilmalari, tarozixona, qo^onxona, transformator podstansiyasi, ma’muriy bino, yong‘inni o‘chirish uchun suv sig’imlari, yoqilg'i omborlari, kirish yo’llari va boshqalar.

Ma’lum bir sharoitlarda bu maydonda vitaminlashtirilgan pichan uni, melassalangan yem ishlab chiqaruvchi sexlami tegishli omborlari bilan biiga joylashtirish mumkin. Masalani bunday hal qilish omborxonalardan foydalanish koeffitsiyentini oshirish- ga, ma’muriy-boshqaruv va ishlab chiqaruvchi personalni kamaytirishga imkon beradi.

Xo‘jaliklararo omixta yem zavodlarini qurishda maydonni tanlash uchun (bosh rejalarni ishlab chiqishda bajariladigan umumiy talablardan tashqari) quyidagi qo‘shimcha sharoitlami e’tiboiga olish lozim:

—omixta yem ishlab chiqarishni maksimal darajada xomashyo manbalariga (donni yetishtiruvchi xo‘jaliklar, donni qayta ishlash, go‘shtni qayta ishlash, yog^moy ishlab chiqaruvchi punktlariga va qishloq xo‘jaligi hamda sanoat miqyosidagi boshqa korxonalarga), elektr quwati manbalariga (davlat va qishloq elektrostansiyalari, elektr uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari va boshqalar), suv va bug‘ manbalariga (daryo, suv havzalari, qozonxorta) ishchi kuchi va omixta yem iste’- mdlchilari (chorvachilik fermalari va komplekslari)ga yaqinlash- tirish;

—xo‘jalik omborxonalari, yordamchi va maishiy binolardan foydalanish;

—korxonalami shosse, suv va temir yo'llar yaqinidagi yerlarda joylashtirish.


Download 477.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling