Мavzu: Quvvati 200 tonna/sutka bo`lgan parranda uchun omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 477.75 Kb.
bet2/13
Sana08.01.2022
Hajmi477.75 Kb.
#248051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
omuxta yem kurs ishi javohir

Sochiluvchan omixta yem yetarlicha bir xil maydalangan mahsulotdir. Uni ishlab chiqarishda ingrediyentlar begona aralashmalardan tozalanib, qobiqsizlantiriladi va maydalanadi. Tayyorlanadigan ingrediyentlar me'yorlagich va aralashtirgich-dan o'tkaziladi.

Briketlangan omixta yem, odatda to'liq ratsionli holda ishlab chiqariladi.

Briketlar sakkizburchak shaklga ega bo'lib, uzunligi 160—170 mm, kengligi 70— 80 mm, qalinligi 30—60 mm. Ularni ishlab chiqarish uchun maydalangan ingrediyentlar va pichan aralashmasi tayyorlanadi. Olingan oquvchan massa maxsus aralashtirgichga tushadi va bir vaqtning o'zida undan me'yorlan-gan tarqoq melassa ham uzatiladi. Maydalangan ingrediyent, pichan va melassa aralashmasidan tashkil topgan massa presslarga tushib, briketlanadi.



Donador (granulali) omixta yem ma'lum diametr va baland-likdagi uncha katta bo'lmagan silindr shaklli granula deb ataluvchi oquvchan massani namoyon qiladi. Ishlab chiqarishda: quruq va ho'l usul granulalar qo'llaniladi. Granulali omixta yem, odatda, parrandalar va hovuz baliqlarini boqish uchun ishlatiladi.

Galetlar teshikli to'g'riburchak shaklida kulcha ko'rinishda bo'ladi. Uni ishlab chiqarish uchun, awal, soluvchan omixta yem olinadi, so'ngra undan achitqili xamir qorilib, galetlar pishiriladi va quritiladi.

Omixta yem tarkibi va yem-xashaklik qiymati bo'yicha ikki asosiy guruhga

bo'linadi: to'liq ratsionli va konsentratli.



  1. Download 477.75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling