Мavzu: Quvvati 200 tonna/sutka bo`lgan parranda uchun omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 477.75 Kb.
bet3/13
Sana08.01.2022
Hajmi477.75 Kb.
#248051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
omuxta yem kurs ishi javohir

Rivojlanish tarixi


1995- yilning boshida O'zbekistondagi xo'jaliklarda 5,5 mln qoramol, 10 mln. dan ziyod qo'y va echki, 350 ming cho'chqa, 144,8 ming ot, 84 ming quyon, 11 mln parranda bor edi. Qoramolchilik — chorvachilikda asosiy tarmoq hisoblanadi (yetishtirilgan jami go'shtning 74 % ni, sutning 99,9 % ni beradi). Iqlim sharoitiga qarab sut, sut-go'sht va go'sht yo'nalishidagi qoramol zotlari boqiladi. Go'sht yo'nalishidagi qoramolchilik tog' va tog' oldi mintaqalarda rivojlangan.

Qorako'l teri, go'sht-yog' va jun uchun boqiladigan qo'ychilik tarmoqlari rivojlangan. Dumbali hisori qo'ylar, asosan, tog' va tog' oldi mintaqalarda (Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida) boqiladi. Echki go'sht, serqaymoq va shifobaxsh sut, jun, teri hamda tivit uchun boqiladi. Echkilar baland tog' va tog' oldi mintaqalarida boqilib, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida, ayniqsa, rivojlangan.

O'tgan asrning 30- yillariga qadar aholini go'sht bilan mayda va tarqoq qassobxonalar hamda kushxonalar ta'minlab kelgan. Hozirgi kunda go'sht sanoati o'zining mustaqil va yetarli xomashyo bazasiga ega. Keying! 10 yil mobaynida go'sht sanoati chorva mollari bosh sonini saqlab qolish va ko'paytirishga erishilgan holda ta'minlanmoqda. Respublika sut sanoati korxonalarida sariyog', sut-qatiq, sut konservalar, quraq sut, pishloq, brinza, qaymoq, kazein va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Shuningdek, yosh bolalar uchun sut mahsulotlari, buzoqlarni boqish uchun sun'iy sut (ona suti o'rniga) ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.

Parrandachilik sanoat asosida rivojlangan bo'lib, xo'jaliklarda tovuq (tuxum, go'sht yo'nalishlari), go'sht uchun kurka, qisman o'rdak, g'oz, parhez taomlari uchun bedana boqiladi. Respub-likaning daryo va ko'llarida 62 baliq turi yashaydi. Chinozdagi omixta yem ishlab chiqarish korxonasida baliq uni ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.

Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatning esa xom-ashyoga bo'lgan talabi kundan-kunga ortib bormoqda. Buni to'liq qondirish uchun qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishni, xususan, uning asosiy sohasi bo'lgan chorvachilikni uzluksiz rivojlantirib borish kerak. Mamlakatimizda omixta yem ishlab chiqarish yildanyilga ortib bormoqda. Uning assortimenti kengayib, biologik samaradorligi ortayotir. Omixta yem sanoatining jadal rivojlanishi, serdaromad sohaga aylanishi omixta yemdan foydalanishning katta iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Hayvonlarning me'yoriy hayot kechirishi uchun barcha turdagi omixta yem moddalari zarur. Ularning organizmida 50 ga yaqin kimyo-viy element topilgan bo'lib:

azot, uglerod, yod kolalit, kislorod, kalsiy va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Umumiy og'irligi bo'yicha 95 % uglerod, kislorod, vodorod va azotga to'g'ri keladi. Xuddi shunday tarkib o'simliklarda ham uchraydi. Bu elementlar hayvon organizmida va o'simlikda turli nisbatlarda bo'lib, ko'pgina moddalarni hosil qiladi. Hayvon organizmi normal o'sishi va rivojlanishi uchun tarkibida kerakli miqdordagi moddalarni saqshneg omixta yem yetkazib berish omixta yem ishlab chiqarish tarmog'ining asosiy vazifasidir.


Download 477.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling