Mavzu: Quyish usulida oinadigan shamchalar texnologiyasi
globuli), tu- xumsimonlar (ovuli — ovula)
Download 0.51 Mb.
|
quyish usulida olinadigan shamchalar texnologiyasi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Oleum Cacao, Butyrum Cacao
- Gidrogenlangan yog‘lar va ularning qotishmalari.
- QUYISH USULINING MOHIYATI, AFZALLIK, KAMCHILIKLARI Quyish usulining afzalliklari
- Rp.: Osarsoli 0,2
- Gidrofil asoslarda shamchalarni quyish usulida tayyorlash
- Rp.: Protargoli 0,1 Massae gelatinosae q.s. Misce, fiat globules vaginalis Da tales doses № 10
- Rp.: Zinci oxydi 0,25 Acidi Boroci 0,1 Massae gelatinosae q.s. Misce, fiat pessarium Da tales doses № 10
globuli), tu- xumsimonlar (ovuli — ovula) yoki tilsimon — uchi qayril- gan bo‘ladi (pessariy — pessarria). Agar retseptda og‘irligi ko‘rsatilmasa, XI Df bo‘yicha 4 g.gacha tayyorlab beriladi. Umuman, ularning og‘irligi 1,5 dan 6 g.gacha bo‘ladi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan pessariylar hisoblanadi. Qin sharchalari mahalliy ta’sir etish maqsadida yoziladi: dezinfeksiyalovchi, anesteziyalovchi, yumshatuvchi, kuydiruv- chi. Tayoqchalar silindr shaklida, uchli bo‘lib, eni 2—5 mm, uzunligi 10 sm bo‘ladi. Ularning og‘irligi, uzunligi va eniga qarab, ya’ni retseptdagi ko‘rsatmaga ko‘ra topiladi. Og‘irligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
X = 0,785 • 1 • n • d2 • 0,95, bu yerda: 1 — tayoqcha uzunligi, sm; n — tayoqchalar soni; d — tayoqcha diametri; 0,95 — yog‘li asosning zichligi. Tayoqchalar dezinfeksiyalovchi, burishtiruvchi, kuydiruvchi, og‘riq qoldiruvchi va shunga o‘xshash ta’sirlar uchun mo‘ljallangan. Vaginal shamchalar (suppositoria vaginalia), prednaznachennie qinga kiritish uchun; Vaginal shamchalar sferik ko‘rinishda (sharsimon) — globuli, Tuxumsimon ko‘rinishda (ovuli) — ovula Yalpok uchi dumoloklangan ko‘rinishda - pessaria (pessariy) Ushbu shamchalarning og‘irligi 1.5-6.0 gacha bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilmagan bo‘lsa 4g dan tayyorlanadi. 2.2 SHAMCHALRGA QO’YILADIGAN TALABLAR Shamchalarning og‘irligidagi chetlanish ±5 %dan oshmasligi lozim. Tarkibidagi dorivor moddalar aniq dozalangan bo‘lishi kerak. Reseptda ko‘rsatilgan asos miqdori sababsiz o‘zgartirilishi mumkin emas. Shamchalar bir xil shaklga ega bo‘lishi kerak. Massa ham birxillik talabiga javob berishi kerak. Shamchalar ma'lum mexanik qattiqlikga ega bo‘lishi kerak. Tana xaroratida yumshab ketishi kerak. AFZALLIKLARI Shamchalarni oshkozon ichak yuli zararlangan bemorlarga berish qulay. Bexush yotgan bemorlarga yuborish mumkin. Bolalarni davolashda qulay dori turlaridan biri. Qariyalarni davolashda boshqa dori turlariga qaraganda qulay. Maxsus tibbiy xamshira kerak bo‘lmaydi. Shamchalarda har-xil. fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan dori preparatlarini berish mumkin (suyuq, moysimon, qattiq, quyuq va boshqalar). Shamchalarda dori preparatini mazasini, xidini, rangini niqoblash shart emas. Ayrim dori preparatlarini nafas, xalkum va oshqozon yo‘lini qitiqlash xususiyatini ham yo‘qotish mumkin. KAMCHILIKLARI Qo‘llash noqulay, xamma bemorlarga ham qo‘llanavermaydi. Eng asosiy asoslardan biri kakao moyi chet eldankeltiriladi. Texnologiyasi murakkab, ancha vaqt va o‘quv talab etadi. 2.3 SHAMCHALAR UCHUN ASOSLAR Shamchalar ikki qismdan: asos va dori moddadan tashkil topgan. Shamcha asoslari quyidagi talablarga javob berishi kerak: uy haroratida qattiq bo‘lib, tana haroratida erishi, dori moddasini shilliq qavat bilan ta’sirini kuchaytirishi, shamcha yuborilayotganda yetarlicha qattiq bo‘lishi, qisqacha qilib aytganda, asos qattiq holatdan suyuq holatga tezda o‘tishi, ya’ni surtma jarayonini chetlab o‘tishi kabi xususiyatlarini namoyon qiladi: dori moddalar bilan yaxshi aralashishi, dori moddalar bilan reaksiyaga kirishmasligi, organizmga indifferent bo‘lishi, havo, yorug‘lik ta’siriga chidamli va barqaror hamda arzon va oson olinadigan bo‘lishi kerak. Dorixonada qo‘llaniladigan asoslar ikki guruhga bo‘li- nadi: lipofil (suvda erimaydigan) va gidrofil (suvda eriydigan). Lipofil asoslar. Kakao moyi (Oleum Cacao, Butyrum Cacao). Tropik mamlakatlarda o‘sadigan shokolad daraxti (Theobroma cacao) urug‘ining qobig‘ini tozalab qovurib, so‘ngra presslar yordamida siqib olinadi. Kakao moyi o‘ziga xos xushbo‘y, ta’mi yoqimli, sarg‘ish qattiq massadir. 30—34°C da erib, tiniq eritma hosil qiladi. Kislota soni 2,25 dan oshmasligi, yod soni 32—38 bo‘lishi kerak. Efir va qaynoq etanolda yaxshi eriydi. Uy haroratida mo‘rt bo‘lib, lanolin bilan aralashtirilganda yumshoq plastik massa hosil qiladi. Bu preparatda boshqa yog‘lar yo‘qligini bilish uchun 1 g kakao moyini 3 ml efirda eritib, 24 soatga qoldirilganda eritma loyqalanmasligi kerak. Kakao moyi chet eldan olinadi. Dorixonalarda kakao moyi og‘zi jips berkiladigan tunuka idishlarda salqin va qorong‘i joyda saqlanadi. Gidrogenlangan yog‘lar va ularning qotishmalari. Avvaldan gidrogenlangan yog‘lar shamchalar asosi sifatida foydalanib kelinmoqda. Butirol (Butyrolum). O‘simlik moylari gidrogenizatsiya qilingan moylar, parafin va kakao moyining qotishmasidan iborat. Butirolning hozirgi vaqtdagi tarkibida 30 % kakao moyi bo‘ladi. Lanolli asos. Lanolli qotishma (60—80 %), gidrogenlangan yog‘ (10—20 %) va parafin (10—20 %). Lanol — efirlar aralashmasi bo‘lib, ftal va yog‘ kislotalaridan iborat. Gidrofil asoslar. Jelatina-glitserinli asos (Massa gelatinosa). Jelatina, glitserin va suvning har xil miqdordagi aralashmasi. Ular miqdori retseptda aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, X DF ra asosan 1 g jelatina 5 g glitserin va 2 g suv olinadi. Jelatina miqdori qancha kam bo‘lsa, asos shuncha tez eriydigan bo‘ladi. Glitserin miqdori ko‘paytirilsa, massani qurib qolishdan saqlaydi. Ular, asosan, qin shamchalarini tayyorlash uchun ishlatiladi. ASOSLARGA QO’YILADIGAN TALABLAR Asos tana haroratida suyuqlanishi yoki erishi kerak Xona xaroratida qattiq bo‘lishi kerak Qo‘shiladigan dori moddalari bilan yaxshiaralashishi kerak Xavo va yorug‘lik ta'sirida o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmasligi kerak Dori moddalar bilan reaksiyaga kirishmasligi kerak Dorini ta'siriga monelik qilmasligi kerak DORI MODDALARINI SHAMCHALAR TARKIBIGA QOSHISH QOIDALARI Asos tana haroratida suyuqlanishi yoki erishi kerak Xona xaroratida qattiq bo‘lishi kerak Qo‘shiladigan dori moddalari bilan yaxshi aralashishi kerak Xavo va yorug‘lik ta'sirida o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmasligi kerak Dori moddalar bilan reaksiyaga kirishmasligi kerak Dorini ta'siriga monelik qilmasligi kerak ASOSLARGA DORIVOR MODDALARNI QO‘ShISh QOIDALARI Gidrofob asoslarga: 1. Asosda eriydigan moddalar (kamfora, xloralgidrat, fenol, fenilsalisilat, timol, anestezin va boshq.) miqdoriga qarab, oldindan eritilgan bir qism asosda yoki butun asosda eritiladi. 2. Suvda eriydigan moddalar (alkaloid tuzlari, rezorsin, novokain, etakridin laktat, protargol, kollargol, tanin va boshq.) dorixatda 5% gacha keltirilgan bo‘lsa, unda avval bir necha tomchi suvda, gliserinda, yoki dorixatda keltirilgan boshqa suyuqliklarda ezib aralashtiriladi emul'girlanadi so‘ng asos bilan aralashtiriladi. Emul'gator sifatida suvsiz lanolin ishlatiladi. Agar dorixatda quruq moddalar 5% dan ko‘p bo‘lsa va ko‘p miqdorda suyuqlik talab etsa, unda birinchi bo‘lib xavonchaga quruq modda solib yaxshilab ezib aralashtiriladi, so‘ng unga oz miqdorda erituvchi qo‘shib aralashtiriladi va oxirida asosni bir necha bo‘laklarga bo‘lib solinadi. 3.Suvda ham asosda ham erimaydigan moddalar (kseraform, dermatol, streptosid, vismut subnitrat asosi, osarsol, rux oksid va boshq) xavonchada mkasimal darajada dispers xolatigacha maydalanadi, so‘ngra bir qism eritilgan asosda Deryagin qoidasi bo‘yicha ezib aralashittriladi va xosil bo‘lgan aralashmani qolgan asosga asta-sekin qo‘shib aralashtiriladi. Xosil bo‘lgan massani kerakli qoliplarga quyiladi. 4.Suyuq xoldagi dorivor moddalar, ya'ni yopishqoqlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar (ixtiol, bal'zamlar, naftalan nefti) eritilgan yog‘li asosga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shib aralashtiriladi. 5. Quyuq ekstraktlar shamcha massasiga teng miqdordagi (1:6:3) spirt-suv-gliserinli aralashma bilan eritilib yoki tayyor 1:2 nisbatdagi eritmasi shamcha massasiga kiritiladi. Gidrofil asoslarga dori moddalarni qo‘shish qoidalari: Gidrofil asoslarga dori moddalarni qo‘shish qoidalari Suvda yoki gliserinda eriydigan moddalar reseptda keltirilgan suv yeki gliserinning bir qismida eritib olinadi, so‘ngra tayyor eritilgan asosga qo‘shiladi. Suvda ham gliserinda ham erimaydigan moddalar birinchi bo‘lib, mayin suspenziya xoligacha bir qism gliserinda ezib aralashtiriladi, so‘ngra eritilgan asosga qo‘shiladi. SHAMCHALARGA RETSEPT YOZISH QOIDALARI Shamchalar, sharchalar, tayoqchalarning dozalarini ikki ko‘rinishda yozish mumkin: 1) Ingrediyentlarning umumiy miqdori ko‘rsatilib, nechta alohida dozalarga bo‘lish kerakligi ko‘rsatiladi . Rp.: Extracti Belladonae spissi 0,15 Tannini 2,0 Olei Cacao q.s. ut fiat suppositoria rectalia № 10 D.S. Kuniga 1 ta shamchadan 2 mahal to‘g‘ri ichakka. Har bir shamcha uchun ingrediyent miqdori alohida ko‘rsatilib, shunday dozalarda nechta shamcha berish kerakligi belgilanadi (18.2-retsept). Rp.: Extracti Belladonae spissi 0,015 Tannini 0,2 Olei Cacao q.s. ut fiat suppositorium rectalie D.t.d. № 10 D.S. Kuniga 1 ta shamchadan 2 mahal to‘g‘ri ichakka. Agar uning tarkibida «A» va «В» ro‘yxatidagi dori moddalar bo‘lsa, X DFda bu dorilar uchun keltirilgan jadvaldan foydalanib, ichish uchun belgilangan yuqori doza qoidasiga rioya qilinadi. QUYISH USULINING MOHIYATI, AFZALLIK, KAMCHILIKLARI Quyish usulining afzalliklari: universal usul bo‘lib, bir xil shakldagi shamchalarni tayyorlash imkonini beradi; turli tabiatli asoslarni ishlatish mumkin (juvalash usulida buning imkoni yo‘q); Tayyorlash jarayoni ancha tez, gigienik jixatdan talabga javob beradi; Juvalash usulida olingan shamchalarga nisbatan, bu usulda tayyorlangan shamchalar estetik tashqi ko‘rinishga ega.
Quyish usuli qo‘yidagi bosqichlardan iborat: kerakli asosni tayyorlab olish; dorixatda keltirilgan dori moddalarni asos tarkibiga kiritish; qoliplarni tayyorlash va ularga yarim sovutilgan aralashmani quyish; sovutish; qadoklash; jixozlash. Agar asos sifatida bitta ingredient yozilgan bo‘lsa (masalan, butirol), uni dori moddalar bilan aralashtirish uchun chinni kosachada suv xammomida eritish lozim. Agar asos bir nechta ingredientlardan tashkil topgan bo‘lsa, ulardan avval qotishma tayyorlab, so‘ng dorivor moddalarni eritma yoki mayda kukun xolida kiritish lozim. Aralashmani asta sekin qizitish lozim, bunda xarorat 38 - 40°S dan oshmasligi kerak. Agar xarorat oshib ketsa, uning qolipda qotishiga ketadigan vaqt ko‘payadi va tayyorlangan shamchalar sifati pasayadi. Tayyorlangan massani oldindan tayyorlab qo‘yilgan qoliplarga quyiladi. Buning uchun 30, 50, 200 va undan ko‘p shamchalarga mo‘ljallangan sig‘imi 1; 1,5; 2; 3; 4 sm2ga ega bo‘lgan plastmassa qoliplar ishlatiladi. O‘rin olish koeffisienti deb (Ej) - zichligi 0,95 g/sm3ga teng bo‘lgan 1 g moyli asosni o‘rnini oluvchi dorivor moddaning miqdoriga aytiladi. Teskari olish koeffisienti deb 1 gr dori preparat o‘rnini egallaydigan moyli asos mikdoriga aytiladi. Hisoblarda teskari urin olish koeffisientidan foydalansh juda qulay. ShAMChALARNI SIFATINI NAZORAT QILISh Xujjat (resept, pasport, qadoqlanishi, jixozlanishi,rangi, xidi, mexanik aralashmalarini yo‘qligi).
Spesifik ko‘rsatkichlari: o‘lchami, shakli. Bir xilligini tekshirish (massa bir tekisda aralashganligini bilish) uchun shamcha kesib kuriladi, bunda maydalanmagan, aralashmagan moddalar bulmasligi kerak. Kesganda urtasida ingichka bushlik, yoki voronkasimon uyik bulishi mumkin. O‘rtacha massadan cheklanishi 20 ta shamcha o‘rganilib, natijadagi xatolik ±5 dan oshmasligi kerak; GF XI talabiga binoan. 2.Tayyor shamchalar ma'lum qattiqlikga ega bo‘lishi kerak. 3.Gidrofil asosda tayyorlangan shamchalar uchun erish vakti aniklanadi. Buning uchun 100 ml sig‘imli shisha kolbaga 50 ml 37°S li suv kuyiladi va 1 ta shamcha solinadi. idish xar 5 minutda chaykatib turiladi. Shamcha 1 soatda tulik, erib ketishi kerak. (Maxsus farmakopeya makolasida kursatma bulsa, shu kursatmaga binoan aniklanadi.) 4. Gidrofob asoslar uchun erish xarorati aniklanadi. (XIDF 1 tom, 18 bet, 2a usuli). Erish xarorati 37°S dan oshmasligi kerak. Agar erish xaroratini u yoki bu sabab bilan aniklash kiyinchilik tug‘dirsa - tulik, deformasiya vakti (tulik, shaklini uzgartirish vakti) DF buyicha aniklanadi. Agar maxsus kursatma bulmasa - u 15 minutdan oshmasligi kerak. 5.Mikdoriy tahlil va uni aniklash usuli maxsusmakolalarda kursatilgan bulishi kerak. Shamchalarni jixozlash Shamchalar dorixona sharoitida mumlangan kog‘ozlarga urab kogoz kutichalarda yoki shisha idishlarda beriladi. Polietilenoksid asosda tayyorlagan shamchalarni solingan kutisiga kullashdan oldin suv bilan xullab sung kiritilsin degan yozuv bulishi kerak. Shamchalarni saklash — ularni salkii joyda saklanadi. Sovutgichda saklangan shamchalar kullanishdan oldin bir-necha minut xona xaroratida ushlab sung kullash kerak. Shamchalarni tulik deformasiya vaktini aniklash DFXI da kursatilgan maxsus kurilmada aniklanadi. Kurilma shisha asboblardan yig‘ilgan bulib, asosiy trubkadan iborat trubkani ikki tomoni ochik urtasi ingichkalangan. Trubkani bir tomoni berkitilib 37°S li suv bulgan idishga urnatiladi. Aniklashdan oldin shamchalar 15 minutga muzlatgichga kuyib kuyiladi. Trubkaga shamcha solingach ustiga dnametri 2 mm ogirligi 7,5 g bulgan metall sterjen' toki shisha trubkani ingichkalashgan joyiga kelgunga kadar yuradi va utishi bilan sekukdamer tuxtatiladi. Bu shamchani tulik. deformasiya vakti deyiladi. Urtacha 5 ta aniklash natijasi olinadi. TAJRIBA QISMI Gidrofob asosda shamchalarni quyish usulida olish
Acidi borici 0,1 Glucosi 0,3 Butyroli q.s. Misce, fiat suppositorium Da tales doses № 12 Signa. 1 ta samchadan Uyqudan oldin Ushbu rektal shamchalar tarkibida A guruxiga kiruvchi zaxarli modda – osarsol xamda suvda erimaydigan borat kislota va glyukoza berilgan. Ularning miqdori 5% dan ko‘p. Osarsolning bir martalik va sutkalik dozasi tekshiriladi. Pasport : Osarsol 0,2 • 12= 2,4 g borat kislota 0,1 • 12= 1,2 g Glyukoza 0,3 • 12= 3,6 g Shamchalarni og‘irligi keltirilmaganligi sababli, ularni 3.0g dan tayyorlaymiz. Teskari o‘rin olish koeffisientini xisobga olgan xolda, hisob-kitoblar qilinad Osarsol 2,4 • 0,69= 1,66 Borat kislota 1,2 • 0,625= 0,75 Glyukoza 3,6 • 0,81= 2,92 Shunday qilib, butiroldan: 3,0 • 12—(1,66 + 0,75 + 2,92)= 30.67 g olish kerak Tayyorlanish texnologiyasi Quruq moddalar murakkab poroshoklar tayyorlash qoidalariga binoan maylab, aralashtiriladi. So‘ng Deryagin qoidasiga binoan eritilgan asosni quruq moddalar miqdoridan yarmicha olib yana maydalanadi. Xosil bo‘lgan aralashma eritilgan asosni qolgan qismiga qo‘shiladi, bir xil massa xosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Yarim sovugan aralashmani oldindan sovunli spirt bilan artilgan qoliplarga solib, sovutgichga 15-20 daqiqaga qo‘yiladi.
Gidrofil asoslardan sovun-gliserinli, jelatin-gliserinli va polietilenoksidli asoslar ishlatiladi. Sovun-gliserinli shamchalar surgi dori sifatida ishlatiladi, shuning uchun ularning tarkibiga boshqa dorivor moddalar qo‘shilmaydi. Ushbu shamchalarning tarkibi IX DF kiritilgan. Rp.: Suppositoria Glycerini 3.0 Da tales doses № 20 Signa. Kuniga 1 ta shamchadan Gidrofil (masalan, jelatin-gliserinli asos) asoslar moyli asosga nisbatan katta zichlikga ega (1,15), shuning uchun bir xil og‘irlikda bu asos kichikroq xajmni egallaydi. Buni hisobga olgan xolda jelatin-gliserinli asosda shamcha tayyorlashda uni moyli asosga nisbatan ko‘proq olish kerak. Utish moduli deb gidrofil va moyli asos zichliklarining nisbatiga aytiladi. U 1,21ga teng ( 1,15/0,95). Rp.: Protargoli 0,1 Massae gelatinosae q.s. Misce, fiat globules vaginalis Da tales doses № 10 Signa. 1shamchadan 3 maxal Sharchalar og‘irligi ko‘rsatilmaganligi sababli 4,0g dan tayyorlanadi. Demak, 10ta sharchaga 40 g moyli asos olish kerak edi; jelatin-gliserinli asosdan: 40,0 • 1,21= 48,4 g. Bu xolda o‘rin olish koeffisienti hisobga olinmaydi, chunki protargolning massasi 5%dan kam. Pasport : Jelatin 1,0 g—8,0 g asos 6,04g -48,4g Tozalangan suv 6, 05 • 2= 12,1 ml Gliserin 48,4—(6,05 + 12,1)= 30,25 g Tayyorlanish texnologiyasi: Og‘irligi o‘lchangan chinni kosachaga kerakli miqdorda jelatin solinadi va tozalangan suv quyib 30-40 daqiqaga qoldiriladi. So‘ng unga tortilgan gliserindan qo‘shib suv xammomida jelatin to‘liq erib ketguncha isitiladi. Kerakli og‘irlikgacha tozalangan suv qo‘shiladi. 1,0 g protargol chinni kosachaga solinadi va 6-8 tomchi gliserin bilan eziladi, so‘ng 4-6 tomchi tozalangan suvda eritiladi. Ushbu suv va gliserin miqdorini asos tayyorlanayotganda hisobga olish lozim. Protargol eritmasini oldindan tayyorlangan asosga qo‘shib, bir xil aralashma xosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Qoliplan vazelin moyi bilan artilgan bo‘lishi kerak.
Jelatin-gliserinli asosda vaginal suspenzion shamchalar bulib, erimaydigan moddalar 5% kup. Pessariylar ogirligi kursatilmagan bulgani sababli 40 g dan tayyorlaymiz. Urin olish koeffisientlari yogli asosga xisoblangan bulgani sababli ularni Jelatin-gliserinli asosda utkazish kerak. Yogli asosda 10 pessariy tayyorlash uchun (dorivor moddalarni xisobga olmagan xolda) undan 40,0 g olish kerak. 2,5 g rux oksidni egallagan xajmini xisobga olgan xolda urin olish koeffisientidan foydalanib asos mikdorini xisoblash kerak. Rux oksidning teskari urin olish koeffisienti (1/ Ku) 0,25 teng bulgani uchun, olinadigan asos mikdori: 40,0—(0,25 • 10) • 0,25= 39,375≈ 39,4 g. ga teng. Yogli asosdan jelatin-gliserinliga utish uchun yogli asos mikdorini utish koeffisientiga kuraytirish kerak: 39,4 • 1,21= 47, 674≈47,7 g ( jelatindan 5,96 g; suvdan 11,92 ml; gliserindan 29,8 g). Borat kislotani mikdori 5% oshmagani sababli uni mikdori asos xajmiga ta'sir kursatmaydi. Xulosa Xulosa o`rnida bu ish yuzasidan kerakli malumotlar to’lash ortidan men shamchalar tog’rida ozim bilmagan ko’plab yangi va qiziqarli malumotlatga ega bo’dim. Shamchalarda har-xil. fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan dori preparatlarini berish mumkin (suyuq, moysimon, qattiq, quyuq va boshqalar). Shamchalarda dori preparatini mazasini, xidini, rangini niqoblash shart emas. Ayrim dori preparatlarini nafas, xalkum va oshqozon yo‘lini qitiqlash xususiyatini ham yo‘qotish mumkin. Shamchalarni oshkozon ichak yuli zararlangan bemorlarga berish qulay. Bexush yotgan bemorlarga yuborish mumkin. Bolalarni davolashda qulay doriturlaridan biri. Qariyalarni davolashda boshqa dori turlariga qaraganda qulay.Maxsus tibbiy xamshira kerak bo‘lmaydi. Va albatta kamchiliklarini ham bilib oldim. Qo‘llash noqulay, xamma bemorlarga ham qo‘llanavermaydi.Eng asosiy asoslardan biri kakao moyi chet eldankeltiriladi.Texnologiyasi murakkab, ancha vaqt va o‘quv talab etadi. Bundan tashqari quyish usulini ham afzalliklar universal usul bo‘lib, bir xil shakldagi shamchalarni tayyorlash imkonini beradi; turli tabiatli asoslarni ishlatish mumkin (juvalash usulida buning imkoni yo‘q); Tayyorlash jarayoni ancha tez, gigienik jixatdan talabga javob beradi; Juvalash usulida olingan shamchalarga nisbatan, bu usulda tayyorlangan shamchalar estetik tashqi ko‘rinishga ega. Va usulning kamchiligi qotish jarayonida aralashmaning bir xilligi buzilishi mumkin, buning sababi deb asos va qattiq faza bilan aralashmaydigan suyuqliklarni keltirilish mumkinligini bilib oldim Men bu ish yuzasidan to’lagab malumotlarimdan kelgusida albatta kamchiliklarni yechimi borasida foydalanaman.
Adabiyotlar ro’yhati. 1. K.S.Mahmudjanova, Sh.N.Shodmonova, M.M.Shorahimova, M.M.Rizayeva . Farmatsevtik texnologiya.Toshkent « Tafakkur nashriyoti» 2013 . 49-64 betlar. 2. Благовидова Ю.А., Иванова В.М. «Руководство к практическим занятиям по аптечной технологии лекарств»- М.: Медицина,1972. -237с. 3. Государственная фармакопея СССР. -10-е изд.-М.: Медицина, 1968. -1079с. 4. Государственная фармакопея СССР. -11-е изд.-М.: Медицина, 1990. -Т.2. -397с. 5. Грецкий В.М., Хоменок В.С. «Руководство к практическим занятиям по технологии лекарств» - М.: Медицина, 1984. -352с. 6.«Dorixona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishlarga joylanadigan dorivositalarining tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlashhaqida» SSV ning buyrug‘i. 2002 yil 15 aprel, 177-son bilan ro‘yxatga olingan. 10 b. 7. . Машковский М.Д. «Лекарственные средства», М.: Медицина, 1985. -Т. 1-2. 8. M.M. Miralimov, Sh.N. Sharipov, F.N. Zufarovvaboshqalar. «Dorixonada dori turlarini tayyorlash bo‘yicha amaliy qo‘llanma» T.: 1990.—236 b. 9. М.М.Миралимов, Н.Н.Нишонов, З.А.Назарова, Фрик Л.П. «Справочник по технологии лекарств» - Т.: Ибн Сино, 1991. -238с. 10. Муравьев И.А. «Технология лекарств» 3-е изд. -М.: Медицина, 1980., Т. 1.-391с., Т.2.-703с. 11. . Муравьев И.А. «Технология лекарственных форм» - М.: Медицина, 1988. - 479с. 12. NazarovaZ.O.,NazirovZ.N., ТureevaG.M., vaboshqalar. «Provizor-texnologlar uchun dori turlari texnologiyasidan qo‘llanma» - Т.: Ibn Sino, 1991. -226 b. 13. . Z.N.Nazirov «Dori turlari texnologiyasi»- Т.: Meditsina,1976.-318 b. 14. Z.N.Nazirov, F.N.Zufarov, I.M.Mansurxanova, Sh.N.Sharipov «Murakkab dorilarning tarkibi va ishlatilishi» - Т.: Meditsina, 1984. -138 b. 15 . Перцев И.М.,Чаговец Р.К. «Руководство к лабораторным занятиям по аптечной технологии лекарственных форм» - Киев, «Вища школа», 1987. -229с. 16. Руководство к практическим занятиям по аптечной технологии лекарственных форм. Под ред. Проф. Кондратьевой Т.С. - М.:Медицина, 1986. -286с. 17. Справочное пособие по аптечной технологии лекарств. Синев Д.Н., Марченко Л.Г., Синева Т.Д. Санкт-Питербург-2001. -315с. 18. Синев Д.Н., Гуревич И.Я. «Пособия для фармацевтов аптек» - М.: Медицина, 1982. -350с. 19 . Технология лекарственных форм. Под. ред. проф. Ивановой Л.А. - М.: Медицина, 1991. -Т.1-2. 20. Тенцова А.И. «Справочник фармацевта» - М.: Медицина, 1981. -384с. 21. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. «Технология лекарств» Харьков, изд. НФАУ, «Золотые станицы» 2002. 216-249 с. 22. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Dorixona muassasalarida suyuq dori turlarini tayyorlash bo‘yicha qo‘llanma» ni tasdiqlash to‘g‘risidagi 2002 yil 29 dekabr 582-sonli buyrug‘i. 23. M.M. Mirolimov, X.Q. Abdullayeva, Z.Ya.Mamatmusayeva, N .A.Azimova. Farmatsevtik texnologiya asoslari fanidan amaliy qo'llanma. Toshkent.: Abu Ali ibn Sino, 2004. 24. http://innovatory.narod.ru/soap.html 25. http://www.recipe.ru 26. http://www.pharmacom.ru 25. http://www.pharm.vsu.ru/sources/steriles.pdf Mundarija Kirish……………………………………………………………………………2 Dori vostasiga tasnif…………………………………………………………….3 Shamchalarga qo’yilgan talablar, afzallik va kamchiliklari……………………6 Shamchalar uchun asoslar va ularga qo;yilgan talablar………………………..8 Shamchlatga retsept yozish qoidalari………………………………………….10 Quyish usulining moxiyati, afzalliklar, kamchiliklari………………………14 Shamchalar sifatini nazorat qilish…………………………………………….16 Tajriba qismi Gidrofob asosli shamchalarni quyish usulida olish…………………………..18 Gidrofil asosli shamchalarni quyish usulida olish…………………………….20 Xulosa………………………………………………………………………….21 Adabiyotlar ro’yxati…………………………………………………………22 Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling