Mavzu: quyma betlikli botinkalarni loyihalash
Download 108.14 Kb.
|
ЧГ ЧБК 2-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘yma betlikli botinkalarning sirtqi detallarni loyihalash tasviri.
ASTARNI LOYIHALASH
Astarni loyihalash uchun sirtqi (11.1-d rasm) detallarning konturi asos qilib olinadi. Astarlarni loyihalash blochka ostidan boshlanadi (11.2-a rasm), chunki uning 2 o‘lchamlari boshqa detalning o‘lchamlariga bog‘liq emas. Blochka ostining old konturi dastakning konturiga 2 mm qo‘shimcha qo‘shib chiziladi, eni 18÷20 mm bo‘lishi mumkin. 2 mm qo‘shimcha dastakni tikib olgandan keyin qirqib tashlanadi, ayrim maxsus tikish mashinalari bir vaqtning o‘zida ham tikadi, ham ortiqchasini qirqib tashlaydi. Jiyak 3 eni 16÷17 mm li charm tasmadan iborat bo‘lib, to‘qima materialdan tayyorlangan astarlarning cheti titilib ketmasligi va yuqori ziyni mustahkamligini oshirish uchun qo‘yiladi. Jiyakning yuqori konturi, blochka ostining konturi bilan bir xil bo‘ladi. Bukish chizig‘i dastakning orqa konturi (SH nuqta) dan 2 mm kalta bo‘ladi. Qo‘yma betlikli botinkalarning to‘qima astarining, boshqa konstruksiyalardagi astarlardan farqi ular bukish chizig‘i T T’ bo‘yicha bir-biri bilan qo‘yma chok orqali tikiladi. Tanavorni to‘g‘ri yig‘ish uchun to‘qima astarining o‘rta T T chizig‘ini aniq loyihalash kerak. T nuqtasi C nuqtasidan Cb chizig‘i bo‘yicha 3÷4 mm, pastda yotadi (11.2-d,e rasm). Astarning perimetri tumshuq qismida detallarning qalinligini, cho‘zilishini hisobga olgan holda H’T’= 3÷4 mm ga qisqaradi. Astarning tumshuq va panja-kaft qismida tortish baxyasi betlikning konturiga nisbatan 2 mm qo‘shimcha bilan (TT" = 2÷3 mm) axmi qismida betlikning konturi bilan bir xil, tovon qismida orqa ichki tasmaning konturiga nisbatan 2 mm qo‘shimcha bilan chiziladi (11.2-d rasm). To‘qima astari orqa ichki tasma, blochka osti va jiyaklar bilan qo‘yma chok yordamida tikiladi. SHuning uchun ularning konturiga nisbatan 8 mm qo‘shimcha berib to‘qima astarini loyihalash tugallanadi. Orqa ichki tasmaning bukish chizig‘i va dastakning (11.2-a rasm) orqa konturi orasidagi masofa H’b H’’b = 10÷11 mm va 3’3" nuqtalariga 2÷3 mm (11.2-f, f1 rasm) ga teng masofa qo‘yiladi. Detallarning qalinligi katta bo‘lsa, 313" = 4÷5 mm bo‘ladi. Agar orqa ichki tasmaning bukish chizig‘i jiyakning bukish chizig‘iga to‘g‘ri kelmasa, unda to‘qima astarga tuzatish kiritiladi. Orqa ichki tasmaning eni yoyilganda yuqori qismi kamida 20 mm, tag qismi 40 mm bo‘Iishi kerak. Orqa ichki tasmaning konturi sirtqi detaining konturidan 3÷4 mm kalta bo‘ladi. 11.2-rasm. Qo‘yma betlikli botinkalarning sirtqi detallarni loyihalash tasviri. Download 108.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling