Mavzu: quyma betlikli botinkalarni loyihalash


ORALIQ DETALLARNI LOYIHALASH


Download 108.14 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi108.14 Kb.
#1620946
1   2   3   4
Bog'liq
ЧГ ЧБК 2-маъруза

ORALIQ DETALLARNI LOYIHALASH

Qo‘yma betlikli botinka tanavorini oraliq detallari 11.3-rasmda keltirilgan.


Oraliq astarlarning qirralari tayyor poyabzalda bilinmasligi kerak. Oraliq astarlar, detallarni biriktiruvchi choklar orasida hamda tortish baxyasiga bo‘lishi shart, tushmasa detallar qolipga tortilayotganda yirtilib yoki cho‘zilib ketishi mumkin. Oraliq astarlarni loyihalashda sirtqi detallarning konturidan oydalaniladi. Rasmda keltirilgan qiymatlarga asosan barcha oraliq detallar qurilladi. Ustki detallarning qalinligi betlik va dastakda 0,8mm dan qalin bo‘lsa, yaxlit charm astar va tabiiy mo‘ynali astar ishlatilganda, Davlat standart talabiga binoan oraliq astar qo‘yilmaydi. Sirtqi detallar shabrondan, xrom tuzlar bilan oshlangan echki terisidan, shevretdan, upuqadan bichilganda, ularning qalinligidan qat’i nazar, oraliq astarlar ishlatilishi shart.
Oraliq blochka osti sirtqi detallarni qalinlashtirmaslik uchun bukilgan ziylariga tushmasligi kerak. Bu detal dastakning old konturidan 3—4 mm, yuqori konturidan 7—9 mm kichik qilib quriladi. Betlikni tikiladigan konturiga nisbatan esa chokning mustahkamligini oshirish uchun 6—8 qo‘shimcha beriladi. Oraliq blochka ostining eni blochkaning diametriga va dastakning ziyidan, blochkaning markazigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq. Blochkalarning markazi, dastakning yuqori va old va ziyidan 10÷2 mm, betlikning tikiladigan chizig‘igacha 8 ÷ 10 mm, blochkalarning o‘zaro markazlari orasidagi masofa botinkalarda 10÷12 (etiklarda 18÷20 mm), oraliq blochka ostining yuqori konturi oval past konturi esa to‘g‘ri burchak shaklida bo‘ladi.
YOndor 8 poyabzalning panja-kaft qismini shakl saqlash qobiliyatini oshirish uchun qo‘llaniladi.





11.3-rasm. Qo‘yma betlikli botinkalarning oraliq detallarni loyihalash tasviri


YOndorlar, asosan, to‘qima materiallardan, bumazey-kord, diagonal, tik-sarjadan tayyorlanadi. Ularning eni 25÷30 mm ga teng, tortish baxyasidan 6÷7 mm kichik qilib loyihalanadi. Uzunligi bikir dastaklarning qanotini 15÷20 mm berkitishi va tumshuq qismida V bazis chizig‘igacha bo‘lishi shart.
Sirtqi detallari qalin va oraliq astari bumazey-kord, mo‘yna va yaxlit charm astarli poyabzallarda yondorlar ishlatilmasa ham bo‘ladi.
Download 108.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling