Mavzu: quyma betlikli botinkalarni loyihalash
Download 108.14 Kb.
|
ЧГ ЧБК 2-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- QO‘YMA BETLIKLI BOTINKALARNING USTKI DETALLARINI LOYIHALASH
MA’RUZA 1 MAVZU: QUYMA BETLIKLI BOTINKALARNI LOYIHALASH. Reja: 1. Qo‘yma betlikli botinkalarning ustki detallarini loyihalash Sirtqi detallarini loyihalash Astar detallarini loyihalash Oraliq detallarini loyihalash Adabiyotlar 1. A Kamolov, A.A. Haydarov. «Charm buyumlarini konstruktsiyalash» Toshkent 1999 y. 2.Зыбин Ю.П. и др. «Конструирование изделий из кожи».M. Легпромбытиздать, 1992 3. Лиокумович Ю. «Конструирование обуви», M., Легпромбытиздать, 1992 4. В.С. Maкaрoвa «Moделирование и конструирование обуви и колодок ». M. 1987 5. Kлючникова M. В., Koчеткова T.С., Kaлитa A.Н. « Практикум пo конструирование изделий из кожи» M.: 1985. Botinkalar ustki detallari yaxlit yoki qirqilgan detallardan tashkil topgan bo‘ladi. Botinka tanavori yuqorida (8.14-rasm) keltirilgan (parallel yoki ketma-ket) usullardan foydalanib yig‘iladi. Ko‘p hollarda dastakning yuqori va old ziyi bukilgan yoki yuqori qismi ag‘darma chok bilan old ziyi bukilgan, boshqa ko‘rinadtgan ziylari bukilgan yoki bo‘yalgan bo‘lishi mumkin. Dastakning orqa qismi biriktirma yoki tutashtirma chok bilan biriktiriladi. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki. tutashtirma chok ishlatilganda, bu chok orqa tashqi tasma bilan mustahkamlangan bo‘lishi shart. Botinkalar vazifasi, konstruksiyasi, ustki detallarini materialiga qarab, ularni yig‘ish va ko‘rinadigan ziylariga ishlov berish usullari tanlanadi. Quyida qo‘yma betlikli, qo‘yma dastakli va rezinkali botinkalarni sirtqi, ichki va oraliq detallarini loyihalash keltirilgan. QO‘YMA BETLIKLI BOTINKALARNING USTKI DETALLARINI LOYIHALASH Qo‘yma betlikli botinkalar eng xarakterli ustki detallari bor konstruksiyadagi poyabzallar turiga kiradi. Bu turdagi poyabzallarning ustki detalini loyihalash uslubidan, boshqa turdagi va qiyofadagi poyabzallarning ustki detallarni qurishda foydalaniladi. Detallar o‘zaro yaxshi joylanishi, bichayotganda chiqiti kam bo‘lishi hamda tanavorni yig‘ayotganda texnologik jarayon oson o‘tishi kerak. Detallar qolipga tortilganda yaxshi tortilishi va ularga berilgan shaklni tayyor poyabzalda saqlab turishi hamda detallarning o‘lchami hamda shakli oyoq panjasining anatomik tuzilishiga mos kelishi kerak. Sirtqi detallarni loyihalayotganda oyoq panjasining ishi va fiziologiyasi ichki detallarning qalinligi harada ularning deformatsiyasi hisobga olinishi shart. Loyihalanayotgan model qo‘yma betlik qirqma detallardan tashkil topgan elimlash usulidagi botinka bo‘lib, uning bir jufti, asosan, 16 ta sirtqi, 12 ta ichki va 12 ta oraliq detallardan tashkil topgan. Sirtqi detallar tumshuq 1, qirqma betlik 2, dastak 3, tilcha 4, gulchin 5, orqa tashqi tasma 6, mustahkamlagich 7 lardan iborat . Ichki detallar asosan asosiy to‘qima astar (1), blochka osti (2), jiyak (3), ichki orqa tasma (4) lardan iborat. Oraliq detallar esa tumshuq va betlikni 2, dastak 3 va gulchini 6 oraliq astarlari, blochka osti 4, oraliq ilmoq osti 5, yondor 8,qattiq dastak 7 va tumshuq osti 9 lardan tashkil topgan. Sirtqi detallar, ichki detallar bilan ko‘rinadigan ziyi bo‘yicha buklama, mag‘iz va ag‘darma choklar yordamida tikilishi mumkin. Hamma sirtqi detallar ikki qator chok bilan, tumshuq esa qirqma betlikka uch qator chokda tikiladi. Baxyaqatorlar orasida 1—2 mm li perforatsiya bo‘lishi mumkin. Betlikni dastakka tikayotganda mustahkamlagich 7 qo‘yib (11.1-a rasm) biriktiriladi. Dastak va gulchinlarni orqa konturlari tutashtirma chok bilan tikilib, orqa tashqi tasma bilan mustahkamlanadi. Poyabzal oyoq panjasiga bog‘ichlar orqali besh juft blochka va to‘rt juft ilmoqlar yordamida mahkamlanadi. Download 108.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling