Mavzu: quyma betlikli botinkalarni loyihalash
SIRTQI DETALLARINI LOYIHALASH
Download 108.14 Kb.
|
ЧГ ЧБК 2-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘yma betlikli botinkalarning ichki delallarini loyihalash tasviri.
SIRTQI DETALLARINI LOYIHALASH
Sirtqi detallarini loyihalashda QO‘N dan foydalaniladi. QO‘N ni koordinata o‘qlariga joylash, bazis va yordamchi chiziqlarni o‘tkazish umumiy uslubga asosan bajariladi. Botinkalar qurishda eng xarakterli nuqtalardan biri, bu tashqi to‘piqning o‘rnini aniqiash, buning uchun I bazis chizig‘ini QO‘N bilan kesishgan V nuqtasidan I bazis chizig‘i .bo‘yicha VM = 0,21 L.o.p masofani qo‘yib,MB1k nuqtalari to‘g‘ri chiziq bilan tutashtirilib B nuqtasigacha davom ettiriladi, Bk Dastakning eni SHSH1 = 0,4Nm+ 2W + 11 tenglamasi yordamida topiladi. Tovon tomoniga Vb1SH = 0,54 SHSH 1, old tomoniga Bb1SH1 =0,46SHSH 1 masofalarni qo‘yib, SH va SH1 nuqtalari aniqlanadi. SHundan keyin dastakning tovon c hizig‘i Bk11 Bv1 Bz1 aniqlanadi, buning uchun Bk1Bk11 = 2 — 2,5 — 3 mm va BzB1z = 2 mm ga teng qiymat qo‘yib chiqiladi. Dastakning orqa konturini yuqori qismini qurishda (11.1-c rasm) yordamchi SH Bz1 chiziqni o‘tkazib, uning o‘rtasi (Z nuqta) dan tik chizig‘i chiziladi. So‘ng 3—4 mm qo‘yib Z1 nuqta topiladi va u Vz nuqtasi bilan tutashtirilib Z1V31 yordamchi chizig‘i o‘tkaziladi. Uni ikkiga bo‘lib I nuqta, I nuqtasidan o‘ngga 1,5 mm qo‘yib I 1 nuqta topiladi. Dastakning orqa konturi SH31 I1 B z1 Hv1 Bk11 nuqtalari orqali oyoqning anatomik tuzilishini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Dastakning old konturini chizish uchun SH1 nuqtasida SHSH1 chizig‘iga tik o‘tkaziladi va G nuqtasidan QO‘N ga urinma SH1 g1 g chizig‘i o‘tkazilib, S nuqtasigacha davom ettiriiadi. SH1 g1 g burchak bissektrisasiga 52 mm qo‘yilib, radiusi 46 mm bo‘lgan yoy bilan SHr1 va g c1 chiziqlari tekis tutashtiriladi (11.1-b, e rasm). 11.1-rasm. Qo‘yma betlikli botinkalarning ichki delallarini loyihalash tasviri. Betlikni qurish uchun C nuqtani va betlikni bukish chizig‘ini aniqlab olish kerak. Poyabzalni kiyish davomidagi qulayligi, qolipdan chiqayotganda o‘z shaklini yo‘qotmasligi, C nuqtasini joylashishiga bog‘liq, u IV bazis chizig‘i bilan qolipning o‘rta nusxasini yuqori konturi kesishgan K nuqtada joylashadi, lekin tanavorni qolipga tortganda cho‘zilishini hisobga olib, K nuqtadan 4 mm chapga qo‘yib C topiladi (11.l-d rasm), Betlikning bukish chizig‘i C va b nuqtalari orqali o‘tadi va bb1 = 0 ÷2 mm ga teng (11.-d, e rasm). Betlikni konturi tanlab olingan eskizga, asosan, detallarni bichganda qanotlari bir-biriga kirib turadigan, o‘zaro yaxshi joylashadigan qilib loyihalanishi kerak(11.1-j rasm). C nuqtadan bukish chizig‘iga tik chiziq tushiriladi (11.1-d rasm) va nazorat chizig‘i B31 a bilan kesishguncha davom ettiriladi (F"‘), F"‘ nuqtasidan nazorat chizig‘i bo‘yicha yoki bo‘lmasa ozgina yuqoridan, yoki pastrog‘idan F" F" chizig‘ o‘tkaziladi. Betlikning konturini qolgan qismi yuqorida aytilganidek eskizga asosan quriladi. Burchaklar C F" F’, 14—16 mm va burchak F" E" e esa, 10—11 mm radiusli yoy yordamida tekis tutashtiriladi. Tumshuq va gulchinni loyihalash. Tumshuq yaxlit betlikni uch qismi bo‘lib, V bazis chizig‘igacha bo‘lgan qismini tashkil qiladi. Tanavorni qolipga tortayotganda tumshuq katta deformatsiyaga uchraydi. SHuning uchun uning yuqori konturini to‘g‘ri chiziq bo‘yicha emas, balki radiusi R =240 ÷ 300mm bo‘lgan yoy orqali chiziladi (11.1-g rasm). Tayyor poyabzalda u deformatsiya hisobiga to‘g‘ri chiziqqa aylanadi. Materialning qalinligi qancha kam bo‘lsa, u shuncha cho‘ziluvchan, radiusi (R = 240 mm) kichik bo‘ladi. Qalin bo‘lsa, radiusi katta (R = 300 mm) bo‘ladi. Gulchin dastakning bir qismi bo‘lib, yordamch nazorat chizig‘i B3 a bo‘ylab va orqa B31 nuqtasidan yuqoriga 2 mm qo‘yib Bk11 nazorat chizig‘i bilan tutashtirib chiziladi (11.1-h rasm). Sirtqi detallarni tashqi va ichki konturlarini chizib bo‘lgandan keyin, ularga tikish, ko‘rinadigan ziylariga ishlov berish hamda tortish baxyasi uchun qo‘shimchalar beriladi. Tilchani loyihalash. Tilcha oyoq panjasini blochkalar ta’siridan saqlaydi. Tilchaning eni blochkalarning markazi bilan dastakning old konturi orasidagi masofa va blochkalarning diametriga bog‘liq, tilchaning eni yuqori qismida 44—50 mm, past qismida 22—25 mm bo‘ladi (11.1-k rasm). Uzunligi dastakning yuqori ziyidan chiqmasligi yoki ayrim konstruksiyalarda 3—4 chiqib turishi mumkin. Orqa tashqi tasmani loyihalash. Orqa tashqi tasma tutashtirma chok bilan biriktirilganda dastakni mustahkamligini oshirish uchun ishlatiladi. U eng yuqori qismida 10mm, pastki qismida 20mm ga teng, uzunligi esa dastakning orqa konturining uzunligiga bukish uchun qo‘shimcha berib topiladi (11.1-f rasm). CHarm mustahkamlagich (11.1-a rasm) (7) qo‘yma betlikli botinkaning tanavorini yig‘ayotganda ishlatiladi. U doira, oval yoki to‘rtburchak shaklida, eni yoki diametri 15—20 mm bo‘ladi. Download 108.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling