Mavzu: Quyosh eng yaqin yulduz. Reja: Quyosh xaqida umumiy ma’lumot Quyoshning spektral va kimyoviy tarkibi


Quyoshning spektral va kimyoviy tarkibi


Download 134.17 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi134.17 Kb.
#1412193
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Quyosh eng yaqin yulduz

2.Quyoshning spektral va kimyoviy tarkibi.
Nurlanishning ko‘rinadigan qismida Quyosh spektri juda ko‘p sondagi qora yutilish chiziqlari bilan kesilgan tutash spektrdir. Bu qora chiziqlarda birinchi bo‘lib avstraliyalik olim Fraungofer 1814 yilda o‘rgangan edi. SHunga ko‘ra ularni Fraungofer chiziqlari deb ataydilar. Qora Fraungofer chiziqlaridan juda aniq ko‘rinadigan eng intensivlarini lotincha harflar (A,V.S,..) bilan belgilash qabul qilingan. Hozirgi vaqtda Quyosh spektrlarida to‘lqin uzunligi 30000 A dan 25000 A gacha bo‘lgan 30000 ga yaqin qora yutilish chiziqlari ma’lum.
Bu chiziqlarning vujudga kelishi quyidagicha tushuntiriladi. Quyosh atmosferasining yuqori qatlamlaridagi gazlar uzluksiz spektrning ba’zi sohalarida nurlanishni yutib qoladi. YUtilgan energiya hisobiga atom fotoelektrik qo‘zg‘atiladi va spontan nur sochish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi. Ichki qatlamlardan (pastdan) kelayotgan energiya turli tomonga, shu jumladan, oldingi yo‘nalishga nisbatan orqa tomonga ham sochiladi. Natijada spektrning berilgan Fraungofer chiziqlari joylashgan qismi atrofdagi tutash spektrga nisbatan qoramtir bo‘lib ko‘rinadi. Bu qora yutilish chiziqlarining intensivligiga qarab sochuvchi atomlar soni xaqida mulohaza qilish mumkin.
Nurlanishning ko‘zga ko‘rinadigan qismida eng intensiv chiziqlar ionlashgan kal’siyda tegishli N va K chiziqlari, keyin vodorodning Bal’mer seriyasidagi birinchi N, N, N chiziqlari joylashgan. Natriyning rezonans chiziqlari D1, D2, magniy, temir, titan elementlarga xos yutilish chiziqlariga ham ancha intensiv chiziqlardir.
Ammo Quyosh spektridagi eng intensiv chiziq (12160A) vodorod elementining Ld (Layman-d) rezonans chizig‘idir. U spektrning ul’trabinafsha sohaning uzoq qismida yutilish foni ustidagi yorug‘ emission chiziq ko‘rinishida bo‘lib, faqat Er atmosferasidan tashqaridagina kuzatiladi.
Spektrning ul’trabinafsha qismidagi geliyning 5840A va vodorodning 12160A rezonans chiziqlari eng intensiv chiziqlardir. Bundan Quyosh moddasining asosiy qismini vodorod va geliy tashkil etadi deb xulosa qilamiz.
Nurlanishning ko‘rinadigan sohasida energiya maksimumi spektrning ko‘k-yashil (4300-50000A) qismiga to‘g‘ri keladi. Bu maksimumdan ikki tomonga nurlanish intensivligi pasayib boradi. Raketa va sun’iy yo‘ldoshlardan kuzatishlarga binoan Quyosh spektri taxminan 15000A gacha uzluksiz yutilish spektri bo‘lib saqlanadi. Keyin qisqa to‘lqinlar tomoniga qarab spektr keskin o‘zgaradi. Tutash spektr energiyasi keskin pasayib qora fonga o‘tadi va yutilish chiziqlari o‘rniga taxminan 15000A dan boshlab, yorug‘ emission chiziqlar paydo bo‘ladi. Hozirgi vaqtda Quyosh spektrining uzoq ul’trabinafsha va rentgen nurlanish sohasi ham o‘rganilgan.
Quyosh spektri Er atmosferasidan (tashqari) o‘tganda uning taxminan 15 mikrongacha bo‘lgan infraqizil sohasi qisman 15 miqdordan 1 sm to‘lqin uzunligigacha bo‘lgan sohasi to‘la yutiladi. SHuning uchun bu sohani atmosfe-radan tashqaridagina kuzatish mumkin. Bir santimetrdan uzunroq radiodia-pazonda, taxminan 1m ga qadar nurlanish uchun atmosfera yana tiniq.
Bu diapozonda nurlanish intensivligi T=60000 K temperaturali jism bergan nurlanish intensivligidan ancha katta. Bir necha metrlar bilan o‘lchanadigan radiodiapazonda nurlanish intensivligi 1 mln. gradus temperaturagacha isitilgan absolyut qora jismning radionurlanishi kabidir. Bu sohada to‘lqin uzunligi ortishi bilan intensivligi kamayib boradi. Quyoshning bu xil nurlanishi qisqa to‘lqinlar tomonidagi rentgen nurlanishi kabi o‘zgaruvchi nurlanish bo‘ladi. Nazariy astrofizika bergan ma’lumotlarga ko‘ra Quyoshda Mendeleev jadvalidagi 70 ga yaqin element bor va eng ko‘p tarqalgan element vodorod bo‘lib, u Quyosh massasining deyarli 70 foizini tashkil etadi. Quyosh-ning qolgan 29 foizini geliy, 1 foizini boshqa elementlar tashkil etadi.
Bu ma’lumotlar asosan Quyosh atmosferasiga tegishli bo‘lsada, Quyoshning kimyoviy tarkibi uning atmosferasidan uncha ko‘p farq qilmaydi, deb hisoblashga asos bor. Quyosh atmosferasi bevosita fotosfera ustida joylashgan xromosfera va undan yuqoriroqdagi Quyosh toji deb ataluvchi siyrakroq gaz qatlamlaridir. Bu qatlamlarni ko‘pgina usullar bilan o‘rganish mumkin.



Download 134.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling