Mavzu: Quyosh eng yaqin yulduz. Reja: Quyosh xaqida umumiy ma’lumot Quyoshning spektral va kimyoviy tarkibi
Download 134.17 Kb.
|
Quyosh eng yaqin yulduz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oy va uning fazalari.
Yulduzlarning uzoqliklari.
YUlduzlargacha bo‘lgan masofalarni aniqlashda kilometr yoki astronomik birlik (1 a.b. = 150 000 000 km) da ifodalash maqsadga muvofiq emas. CHunki bu birliklar yulduzlargacha bo‘lgan masofani aniqlashda juda kichik o‘lcham bo‘ladi. SHuning uchun astronomiyada yorug‘lik yili yoki parsek degan o‘lchamlar qabul qilingan. YOrug‘likning bir yilda bosib o‘tgan yo‘li bir yorug‘lik yili deyiladi. U 9, 5*1012 km ga teng. Bizga eng yaqin yulduz – Sentavrning eng yorug‘ a yulduzining (janubiy yarim shardagina ko‘rinadi) uzoqligi 4,3 yorug‘lik yiliga teng, ya’ni undan yorug‘lik bizga 4,3 yilda etib keladi. Ravshan yulduz Siriusning bizdan uzoqligi 8,7 yorug‘lik yili. “Oltin qoziq” Qutb yulduzidan bizga kelayotgan nur 600 yilda etib keladi. Astronomiyada yorug‘lik yili o‘rniga ko‘pincha boshqa birlik – parsek (“parallaks-sekund” so‘zining qisqartirilgani) ishlatiladi. Bu parallaksi 1// ga teng bo‘lgan yulduzning uzoqligi bo‘lib, 206265 astronomik birlikka yoki 3,1*1013km ga tengdir. Agar yulduzlargacha bo‘lgan masofani parseklar bilan ifoda qilinsa, (8) formula yana ham soddalashadi: D= parsek (9) I parsek = 3,26 yorug‘lik yiliga teng ekanligini hisobga olsak D= yorug‘lik yili (10) SHularni hisobga olsak, Sentavrning a si bizdan 1,3 parsek uzoqda, Sirius -2,7 parsek va parallaksi 0//, 01 bo‘lgan yulduz 100 parsek uzoqda bo‘ladi. Oy va uning fazalari. Oy – Erning tabiiy yo‘ldoshidir. Oyning turlicha (o‘roq shaklida, doira va hokazo) ko‘rinishi fazalari deb ataladi. Oyning fazalari, Oyni Quyosh bilan yoritilishi tufayli hosil bo‘ladi. Quyosh nurlari Oyning har doim yarim sirtini yoritadi. Ammo Oy Er atrofida aylanib harakatlangani uchun uning yoritilgan qismini har xil faza – shakllarda ko‘ramiz (33-rasm). 33-rasm. Oy fazalarining hosil bo‘lishi. YAngioy paytida, Oy Quyosh bilan Er orasidan o‘tayotganda, bizga uning qora tomoni o‘girilgan bo‘ladi. Bu vaqtda Oy mutlaqo ko‘rinmaydi. Ikki-uch kundan so‘ng, ya’ni Oy Quyoshdan 25-300 SHarqqa siljigandan keyin, bizga yoritilgan yarim sharining kichkina qismi ko‘rinadi. Bu vaqtda Oy, qavariq tomoni o‘ngga (Quyoshga) qaragan ingichka o‘roq shaklida ko‘rinadi va biz uni Oy ikki yoki uch kunlik bo‘libdi, deymiz. Oy diskining yorug‘ qismini qora qismidan ajratadigan chiziq terminator deb ataladi va u hamma vaqt ellipsning yarmiga o‘xshaydi. YAngi oy paytidan bir hafta o‘tgach, biz oy diskini yorug‘ o‘ng yarmini ko‘ramiz. Bu holni oy fazasining birinchi choragi deyiladi. YA’ni bir haftadan so‘ng oyning yoritilgan tomoni to‘lig‘icha ko‘rinadi. Bu hol to‘linoy deyiladi. To‘linoydan bir hafta o‘tgach, biz Oy diskining chap yarim sharini yoritilgan holini ko‘ramiz va bu holni oxirgi chorak fazasi deyiladi. Nihoyat, Oy yana 4-5 kundan so‘ng qavariq tomoniga qaragan o‘roq shaklini oladi va tez orada butunlay ko‘rinmay qoladi, yana yangioy payti boshlanadi. Download 134.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling