Mavzu: Quyosh eng yaqin yulduz. Reja: Quyosh xaqida umumiy ma’lumot Quyoshning spektral va kimyoviy tarkibi


Download 134.17 Kb.
bet3/7
Sana30.04.2023
Hajmi134.17 Kb.
#1412193
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Quyosh eng yaqin yulduz

3. Quyosh temperaturasi.
Quyosh sochayotgan energiyaning faqat ikki milliarddan bir qismigina Erga tushadi. Erga kelib etgan energiya miqdori Quyosh doimiysi bilan o‘lchanadi. Er atmosferasidan tashqarida (Erdan Quyoshgacha bo‘lgan o‘rtacha uzoqlikda) Quyosh nurlariga perpendikulyar o‘rnatilgan 1 sm2 yuzaga 1 minutda tushgan Quyosh energiyasi Quyosh doimiysi deyiladi. Raketalarda o‘rnatilgan asboblar bergan ma’lumotlarga ko‘ra Quyosh doimiysi
R=1,95
Quyoshdan har tomonga tarqalgan to‘la energiyasi S=4PR2E bir astronomik birlikga teng radiusli sferaning yuzida taqsimlanadi va bu sferaning 1 sm2 yuzada vaqt birligi ichida Quyosh domiysiga teng ρ energiya tushadi, ya’ni S=4Pa2ρ. Bundan S=4PR2E=4Pa2ρ bo‘ladi, yoki bo‘ladi. Bu qiymatni Stefan-Bolsman formulasiga qo‘ysak dan bo‘ladi. SHu usul bilan topilgan effektiv temperatura T=57600 K ga teng.
Quyoshning tashqi qatlamlariga xos temperatura turli usullar bilan topilgan bo‘lib, ular quyidagicha to‘plangan.
Quyosh fotosferasidan pastroqda joylashgan qatlam temperaturasi eng kichik: 45000K. Bu qatlamdan ichkariga (markazga tomon) va yuqoriga (atmosferaga tomon) temperatura ortib boradi. Masalan, tashqi tojdan keluvchi metrlik radionurlarda o‘lchangan temperatura million gradusga teng. Quyoshning markaziy qismlarida temperatura o‘nlab million gradus atrofida.
Yulduzlarning nomlanishi

Qadim zamonlardanoq insonlar atrofdagi narsa va hodisalarga nom berishga harakat qilganlar.


Bu harakat osmon jismlariga, jumladan, yulduzlarga ham tegishli bo‘lgan. Dastlab eng yorqin yulduzlar, vaqt o‘tishi bilan esa boshqa yulduzlar ham nomlangan.
YUlduzlar – koinotning eng keng tarqalgan ob’ektlari hisoblanadi.
YUlduzlarni o‘ziga xos joylashishiga qarab yulduz turkumlariga ajralgan va nom berilgan. Ko‘pchilik yulduz turkumlarining nomlari qadim zamonlardan hozirgacha saqlanib kelmoqda. Kishilar ularning yil vaqtlaridagi ko‘rinishi va chaqnashlariga qarab buyumlar, hayvonlar, hodisa va qahramonlar nomlari bilan atashganlar. Masalan, Oqqush turkumida joylashgan Deneb (“dum”) yulduzi oqqushning bir qismi ko‘rinishini eslatadi, Arslon yulduz turkumidagi Kichik Qirol yulduzi ekliptika qarshisida shahzoda kabi joylashganidan, Kita yulduz turkumidagi Omikron («hayratlanarli») o‘zining yorqinligini hayratlanarli darajada o‘zgartirib turishidan shunday nomlanadi.
Andromeda, Persey, Pegas yulduz turkumlariga grek afsonalari bilan bog‘liq holda nomlangan bo‘lsa, O‘q-yoy, Tarozi, Uchburchak yulduz turkumlari esa yorug‘ yulduzlarni o‘zaro tutashtirishdan hosil bo‘lgan shakllarni eslatishi uchun shunday nomlanadi. Qisqichbaqa, Arslon, CHayon, Ajdaho, Kit, Katta Ayiq, Kichik Ayiq yulduz turkumlariga esa hayvonlar nomi berilgan.

44-rasm. Katta Ayiq yulduz turkumi

XVII asrda har bir yulduz turkumiga kiruvchi bir necha yorug‘ yulduzlar grek alfavitining harflari , β, ,  va hokazo bilan belgilanadigan bo‘ldi. SHuningdek, 130 ga yaqin yorug‘ yulduzlarga xususiy nom berildi, jumladan, Katta Itning  si Sirius, Aravakashning  si Kapella, Liraning β si Vega, Orionning  si Betelgeyze hamda Perseyning  si Algol nomlari bilan yuritila boshladi. Bulardan xiraroq yulduzlarni tartib bo‘yicha raqamlar bilan (1, 2, 3 va h.k.) nomlash odat bo‘lib, hozirgi paytda asosan, juda xira yulduzlargina shunday raqamlanadi.


Hozirgi vaqtda quvvatli teleskoplar (Andi, Kanar orollari va Gavayyada joylashgan) yordamida kuzatishlar natijasida zamonaviy yulduz kataloglari (“ND” yoki “SAO”) tuzilgan bo‘lib, ularda yulduzlarning barcha ko‘rinishlari eng kichik ko‘rsatkichlarigacha ifodalangan.

Download 134.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling