Mavzu: Quyosh radiatsiyasi va uning turlari Reja


Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”. 64-b, (mazmun-mohiyatidan foydalanildi)


Download 0.81 Mb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1409332
1   2   3
Bog'liq
QUYOSH RADIATSIYASI VA UNING TURLARI

Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”. 64-b, (mazmun-mohiyatidan foydalanildi).

 

Quyosh nuri perpendikulyar tushsa, joy eng ko’p radiatsiya oladi, chunki bunday holatda Quyoshning bir to’p energiyasi kichik maydonga tushadi, aksincha, u yotiq tushsa, o’sha bir to’p nur energiyasi kattaroq maydonga tarqaladi. Quyosh nurining qancha burchak hosil qilishi, joyning geografik kengligi hamda Quyoshning gorizontdan qanchalik baland turishiga bog’liq.

Quyosh nuri 23030, shimoliy kenglik bilan xudi shu darajadagi janubiy kenglik orasidagi maydonga eng katta 900 burchak hosil qilib tushadi. Yer yuzasining qolgan kengliklarida esa Quyosh nurining tushuish burchagi 900dan kam bo’ladi. Demak, Quyosh nurining tushish burchagi qanchalik yotiq bo’lsa, Quyosh radiatsiyasining intensivligi shunchalik kam bo’ladi.

Qish faslida esa Quyosh butunlay chiqmaydi, oqibatda radiatsiya miqdori 00 ga barobar bo’ladi.Ana shuning uchun ham qutbda Quyosh radiatsiyasining yillik o’rtacha miqdori ekvatordagidan 3-3,5 marta kam bo’ladi.

Quyosh radiatsiyasining Yer yuzasiga etib kelishiga yana atmosfera ham ta’sir ko’rsatadi. Chunki atmosfera quyoshdan kelayotgan nurning bir qismini yutadi: Quyoshdan kelayotgan nurning bir qismini suv bug’lari yutsa, qisqa to’lqinli ultra binafsha nurni esa ozon yutadi. Korbanat angidrid esa uzun to’lqinli nurni ushlab qoladi. Shunday qilib, Quyoshdan kelayotgan yorug’likning bir qismi (15%) atmosferada sarflanadi (yutiladi), natijada Yerga kelayotgan Quyosh radiatsiyasi kuchsizlanib qoladi.

Quyosh nurining tushish burchagi 900 bo’lganda, uning atmosferadan o’tadigan yo’lining uzunligi 1,0 deb olsak, shunda radiatsiyaning susayish darajasi 25% bo’ladi. Quyosh nurining tushish burchagi 500 bo’lganda, atmosferadan o’tadigan nur yo’li 1,30 ga teng, radiatsiyaning susayish darajasi 31% ga etadi. Quyosh nurining tushish burchagi 300 bo’lganda, atmosferadan o’tadigan nur yo’li 2,0 ga teng, radiatsiyaning susayish darajasi 44% , 100 burchak hosil qilib tushganda esa, atmosferadan o’tadigan nur yo’lining uzunligi 5,56, radiatsiyaning susayish darajasi 80% ga teng, Quyosh nurining tushish burchagi 00 bo’lganda, atmosferadan o’tadigan nur yo’lining uzunligi 35,40, radiatsiyaning susayish darajasi 100% bo’ladi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling