Quyosh issiqligining sur’atini nurlarni tushish burchagiga bog’liqligini quyidagicha ifodalash mumkin. S1Co Sinh So – nur tik tushgan paytdagi Quyosh radiatsiyasining sur’ati (intensivligi). S1- Quyosh nurlarini ma’lum bir burchak ostida tushgan paytdagi radiatsiya sur’ati. Quyosh nurlari faqat tropik kengliklardagina (23o271 shimoliy kenglikdan 23o271 janubiy kenglikkacha) 90o burchakda Yer yuzasiga tushadi. Boshqa kengliklarda esa u doimo 90o dan kam. Shuning uchun turli kengliklar turlicha miqdorda Quyosh issiqligini oladi Radiatsion muvozanat quyidagi tenglik orqali ifodalanadi: R= Q (1-) – Eef Agar geografik qobiqqa kelgan radiatsiya qaytgan radiatsiyadan ortiq bo’lsa, radiatsion muvozanat musbat bo’ladi, agar kam bo’lsa manfiy bo’ladi. Tunda hamma kengliklarda radiatsion muvozanat manfiy bo’ladi, kunduzi esa musbat bo’ladi. Sutka davomida radiatsion muvozanat musbat ham, manfiy ham bo’lishi mumkin. Muz zonasini istesno qilganda, Yer shari yuzasida yillik radiatsiya balansi musbatdir. Radiatsiya balansi sutka davomida o’zgarib turadi: kechqurun hamma kengliklarda radiatsiya balansi manfiy bo’ladi, kunduzi esa (qishda qutblarni hisobga olmaganda) tushgacha hamma erda musbat, tushdan keyin esa manfiy bo’ladi. Strahler, Alan H, “Introducing physical geography”. 71-b, (mazmun-mohiyatidan foydalanildi). E`tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |