Mavzu: Quyosh sistemasi Reja: Sayyora 2


Download 0.74 Mb.
bet1/5
Sana03.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1150159
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-ma\'ruza Geografiya


Mavzu: Quyosh sistemasi
Reja:
1.Sayyora
2.Yulduzlar
3.Quyosh sistemasi va sayyoralar
Tayanch so‘zlar: Quyosh sistemasi, sayyora, orbita, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, tabiiy yo‘ldosh.
Quyosh sistemasi
Quyosh atrofida sayyoralar, kometalar, meteorlar va boshqa osmon jismlari aylanib yuradi (6-rasm). Quyosh va uning atrofi da aylanib yuruvchi barcha osmon jismlari birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi.

6-rasm.Quyosh sistemasidagi sayyoralar.Tunlari ba’zida xira «yulduz»ning boshqa yulduzlar orasida siljiyotganini, ya’ni sayr qilib yurganini payqash mumkin.Bunday osmon jismi aslida yulduz emas, balki sayyoradir.
Quyosh sistemasidagi yirik osmon jismlarisayyoralar deb ataladi.
Sayyoralar o‘zidan nur chiqarmaydi. Biz sayyoralardan qaytayotgan Quyosh nurlarini ko‘ramiz, xolos. Quyosh atrofi da 8 ta sayyora aylanib yuradi.Ular quyidagicha nomlanadi: Merkuriy, Venera,Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran vaNeptun.Har bir sayyora o‘z orbitasiga ega. Sayyora orbitasi, bu – Quyosh atrofida sayyoraning harakat yo‘li bo‘lib, 6-rasmda aylana chiziqlar bilan ko‘rsatilgan. Sayyoralar katta-kichikligi, Quyoshdan uzoq-yaqinligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Kichik sayyoralar Merkuriy

Sayyoralarning eng kichigi Merkuriydir. Uning diametri Yernikidan deyarli 3 marta kichik. Merkuriy Quyosh atrofi ni 88 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Sir tida tuproq yo‘q. Sirti tosh va qumliklardan iborat. Mayda osmon jismlarining tushaverishidan sirti o‘nqir-cho‘nqir bo‘libketgan. Merkuriy sirtida havo va suv yo‘q. Unda hayot borligi haqida hech qanday belgi mavjud emas. Merkuriy sirtida harorat kunduzi +430°C, kechasi esa −160°C atrofi da bo‘ladi.


Venera
Venera sayyorasi Yerdan biroz kichik. Quyosh atrofini 225 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Sayyorani qoplagan gazlar va bulutlar Quyosh nurlarini
yaxshi qaytarishi natijasida tunlari bizga u yulduz kabi charaqlab ko‘rinadi. Hatto, erta tongda yulduzlar ko‘rinmay qolganda ham Venera sayyorasi porlab turadi. Shuning uchun qadimda Venera sayyorasini «Zuhro yulduzi», «Tong yulduzi» deb atashgan.Arabchada «zuhro» so‘zi «tong» degan ma’noni bildiradi.Sayyorada vulqonlar otilishidan tog‘lar vujudga kelgan. Sayyora sirtida harorat kunduzi +470°C gacha, kechasi +20°C gacha bo‘ladi. Venerada hayot yo‘q.
Yer
Biz yashaydigan Yer shari ham Quyosh atrofi da aylanib yuruvchi sayyoralardan biridir. Sayyoramiz Quyosh atro fi ni 365 sutka 6 soatda bir marta aylanib chiqadi. Quyosh sistemasidagi mavjud 8 ta sayyoradan faqat Yerda hayot bor. Faqat bizning sayyoramizdagina hayot uchun sharoit mavjud.Yer va boshqa say yoralarning atro fi da osmon jismlari aylanib yuradi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling