Mavzu: Quyosh sistemasi Reja: Sayyora 2


-rasm.Kometa. Asteroidlar


Download 0.74 Mb.
bet4/5
Sana03.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1150159
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-ma\'ruza Geografiya

7-rasm.Kometa.
Asteroidlar
Quyosh sistemasida sayyoralar va kometalardan tashqari, son-sanoqsiz «daydi toshlar», ya’ni asteroidlar ham mavjud. Yer shari atrofida juda ko‘p «daydi toshlar» sayyoramiz bilan yonma-yon Quyosh atro fi da aylanib yuradi. Ularning ayrimlari sayyoramizga yaqinlashganda, Yer shariularni o‘ziga tortadi. Nihoyatda katta tezlik bilan Yerga uchib kelayotgan bunday «daydi toshlar» havoda yona boshlaydi (8-rasm).
Meteorlar va meteoritlar
«Meteor» so‘zi «osmon hodisasi» degan ma’noni bildiradi. Osmon da meteorlarni, ya’ni «uchar yulduzlar»ni har kechada ko‘rish mumkin. Deyarli barcha meteorlar Yer yuziga yetib kelmasdan yonib tamom bo‘ladi.
Havoda yonib, yorug‘ iz qoldiradigan osmonjismi meteor deb ataladi. Meteorlar kam hollarda yonib tugamasdan Yer sirtiga tushadi.Yerga tushgan meteorlar meteoritlar debataladi.Meteoritlar odatda bir necha kilogramm dan bir necha tonnagacha bo‘ladi. Ular, asosan, tosh, temir va boshqa moddalardan iborat. Agar Yer sirtini havo o‘rab turmaganida, sayyoramizga har kuni minglab meteorlar tushib shahar vaqishloqlarni vayron qilar, Yer yuzidagi hayotni izdanchiqarar edi. Yerni o‘rab turgan havo bizni meteorlardanhimoya qilib turadi.
2.Yulduzlar
Tunlari osmonda son-sanoqsiz yulduzlar ko‘rinadi. Yulduzlar bizga mitti bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida ularning har biri juda ulkan. Yulduz bizdan nihoyatda olisda olovdek yonibturgan shar shaklidagi ulkan osmon jismidir.
Yulduzlarning bizdan qanday uzoqlikda ekanligini tasavvur qilib ko‘raylik. Ulardan tarqalayotgan nurlar 1 sekundda 300 000 km masofani bosib o‘tadi. Nurning tezligi shunday katta bo‘lsa ham, eng yaqin yulduzning nuri bizga 4 yilda yetib keladi. Ko‘rinibturgan ba’zi yulduzlar nuri bizga yetib kelishi uchun esa 100 yildan ortiq vaqt ketadi. Agar diqqat bilan kuzatgan bo‘lsangiz, yulduzlar rang-barangdir. Ayrim yulduzlar oqish yoki ko‘kimtir. Ular eng qaynoq yulduzlar hisoblanadi. Bunday yulduzlar sirtidagi harorat +10 000°C dan +100 000°C gachadir.

Mirzo Ulug’bek
Yulduzlar orasida sarg‘ishlari ham bor. Ular sirtidagi harorat +3 000°C dan +10 000°C gacha bo‘ladi. Ayrim yulduzlar qizg‘ish tusda bo‘ladi. Bunday yulduzlar sirtidagiharorat +2 000°C dan +3 000°C gacha bo‘ladi. Bulutsiz tunda 3 000 taga yaqin yulduzni ko‘ra olishimiz mumkin. Ko‘ri na digan yulduzlar ortida ham son-sanoqsiz yulduzlar mavjud. Olimlar azaldan yulduzlarni o‘rganishga qiziqqanlar.Jumladan, buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek (1394–1449) yulduzlarni o‘rganish uchun Samarqandda maxsus inshoot – rasadxona qurdirgan.Rasadxonadagi asboblar yordamida tekshirishlar natijalari asosida yulduzlarning joylashish jadvalini tuzgan.Yulduzlarni o‘rganish natijalarini to‘plab, alohida kitob yozib qoldirgan.Ulug‘bekning bu kitobida 1 018 ta yulduzhaqida yozilgan. Kitobda keltirilgan yulduzlar haqidagi ma’lumotlar hozirda ham katta ahamiyatga ega.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling