Mavzu: Radiobiologiya fanining predmeti, tadqiqot ob’yekti, maqsad va vazifalari, radiobiologiya fanining rivojlanish tarixi. Ionlashtiruvchi nurlanish va uning xossalari. Dozimetriya. Doza va o‘lchov birliklari. Dozimetrik qurilmalar


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#237634
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-2-3-4-5-mavzular

Tayanch  so’zlar:  radiobiologiya,  radiatsionbiofizika,  -  bioximiya,  - 

sitologiya,  genetika,  -  ekologiya,  -  gigiyena,  -  mikrobiologiya,  ionlovchinurlar, 

singib  kiruvchi  nurlar  ionizatsiyasi,  flyuorestsentsiya,korpuskula,  kvantnurlar, 

radioaktiv  parchalanish,  aktivlik,  doza;  ekspozitsion,  yuza,  chuqurlik,  nisbiy, 

integral, dozimetriya, fizikaviy, kimyoviy, byodozimetriya,  dezaktivatsiya. 

 

Radiobiologiya – ionlashtiruvchi nurlanishning odam va hayvonlarga ta’sirini 

o‘rganuvchi fan sohasi hisoblanadi. 

Radiobiologiya  fanining  predmeti  –  ionlashtiruvchi  nurlanishning  turlari  va 

manbalarini  tavsiflash,  uning  biologik  ob’yektlarga  ta’sirining  molekulyar 

mexanizmlarini o‘rganish hisoblanadi. 

Radiobiologiya  fanining  tadqiqot  ob’yekti  –  tirik  organizmlar  (hayvonlar, 

o‘simliklar,  mikroorganizmlar),  to‘qimalar,  organ  va  hujayralar  va  molekulalar 

(jumladan, makromolekulalar) hisoblanadi. 

Radiobiologiya fanining tadqiqotob’yekti – quyidagi 3 ta bo‘limga ajratiladi: 

1.  Murakkab  tizimlar  (ekologik  tizimlar,  populyatsiya,  ko‘p  hujayrali 

organizmlar, organlar va to‘qimalar) radiobiologiyasi



 

 



2.  Hujayra radiobiologiyasi; 

3.  Molekulyar radiobiologiya.  

«Radiobiologiya fanining predmetini tashkil qiluvchi fundamental vazifalar – 

ionlashtiruvchi nurlanish ta’siriga nisbatan biologik javob reaksiyasining umumiy 

qonuniyatlarini aniqlash va ushbu asosda, organizmda yuzaga keluvchi nurlanish 

reaksiyalarini boshqarish san’atini o‘zlashtirishdan tashkil topadi». 

Radiobiologiyaning  maqsadi  –  radiatsion  nurlanish  kasalligi  etiologiyasini 

o‘rganish, ionlashtiruvchi nurlanishning biologik ta’sir qonuniyatlarini aniqlash va 

radiatsion  nurlanishning  biologik  organizm  va  uning  avlodlariga  salbiy  ta’sirini 

bartaraf qilishdan tashkil topadi. 

Radiobiologiya fanining vazifalari quyidagilardan tashkil topgan: 

·  Odam  salomatligiga  havfli  hisoblangan  radiatsion  nurlanish  manbalarini 

o‘rganish;  

·  Ionlashtiruvchi nurlanishning biologik ta’sirini o‘rganish;  

·  Odam  organizmini  ionlashtiruvchi  nurlanishga  qarshi  himoya  vositalarini 

ishlab  chiqish  va  nurlanish  sharoitida  uning  salbiy  oqibatlariga  qarshi 

kurashish va qayta tiklanishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;  

·  Atrof-muhit  va  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarining  odam  va  hayvonlar 

organizmiga radiatsion havf tug‘dirishi darajasini baholash; 

·  Ionlashtiruvchi  nurlanishning  turli  xil  kasalliklarga  tashhis  qo‘yish  va 

davolash  maqsadlarida,  shuningdek  qishloq  xo‘jaligi,  oziq-ovqat  sanoati  va 

mikrobiologiya  sohalarida  samarali  foydalanish  texnologiyalarini  ishlab 

chiqishni ilmiy jihatdan asoslab berish; 

·  Texnogen  halokatlar  va  yadro  qurolining  radioekologik  oqibatlarini 

o‘rganishdan tashkil topadi. 




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling