Mavzu: Radiobiologiya fanining predmeti, tadqiqot ob’yekti, maqsad va vazifalari, radiobiologiya fanining rivojlanish tarixi. Ionlashtiruvchi nurlanish va uning xossalari. Dozimetriya. Doza va o‘lchov birliklari. Dozimetrik qurilmalar


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#237634
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-2-3-4-5-mavzular

Radiobiologiya  fani  –  biologiya,  tsitologiya,  genetika,  biofizika,  yadro 

fizikasi,  farmakologiya,  gigiyena  radiologiya,  tibbiyot  radiologiyasi  va 

rentgenologiya,  ekologik  radiobiologiya  va  shuningdek,  radiobiofizika  kabi 

alohida fan sohalariga ajratiladi.  




 

 



Umumiy  holatda,  radiobiologiya  –  radiatsion  nurlanishning  biologik 

ob’yektlar va tizimlarga ta’sirining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. 

Radiobiologiyaning paydo bo’lishi V.K.Rentgenning X-nurlarni (1895 y.), A. 

Bekkerelning uran tabiiy radioaktivligini (1896 y.) va M.Sklodovsqaya-Kyuri va P. 

Kyuri  tomonidan  poloniy  va  radiy  radioaktiv  xossalariningi  (1898  y.)  ochilishi 

bilan  bog’liq.  Rentgen  nurlari  ochilishidan  so’ng  ionlanuvchi  nurlanishning 

biologik  ta’sirini  o’rganish  boshlandi.  G.  Heyneke  rentgen  nurlari  bilan 

sichqonlarga ta’sir etib nurlanishli anemiya va leykopeniyani o’rgandi. 1903 yilda 

D.  Bun  hujayra  radiosezgirligida  uning  yadrosi  shikastlanishi  rolini  aniqladi. 

Radiobiologiyaning  boshlang’ich  davrida  ionlantiruvchi  nurlanish  ta’sirida 

hujayralar  bo’linishi  sekinlashuvi  (Kornike,  1905)  va  turli  hujayralarning 

nurlanishga reaksiyalarida farqi borligi (Bergone va Tribondo, 1906) aniqlandi. 

XX  asrning  birinchi  choragida  ionlantiruvchi  nurlanishning  embriogenezga 

ta’siri  o’rganildi.  Shu  davrda  radiobiologiyaning  miqdoriy  bog’lanishlari  tadqiq 

etila  boshlandi.  1922  yilda  F.  Dessauer  hujayrada  ionlashish  hodisalarini 

tushuntiruvchi  birinchi  nazariyani  taklif  etdi,  amerikalik  olim  G.  Miller 

ionlashtiruvchi nurlanishning mo’tagen ta’sirini ochdi. 

XX  asrning  40-60  yillarida  AQSh,  Yevropa  va  Rossiyada  yirik  atom 

markazlari  qoshida  maxsus  radiobiologiya  laboratoriyalari  tashkiletildi.  Shu 

paytlarda  amerika  olimlari  A.Hollender,  G.Kurtis,  A.S.Perrou,  V.Rasel,  ingliz 

olimlari  L.Grey,  P.Aleksandr,  J.Lautit,  fransuz  olimlari  P.Latarje,  J.Mate,  nemis 

olimlari  K.Simmer,U.Hagen,B.Rayevskiy,  yapon  olimi  T.Sugahara,  rus  olimlari 

A.Kuzin,N.Dubinin 1945 yilda Hirosima va Nagasaki shaharlarida atom bombalari 

portlatilganidan  so’ng  radiobiologik  effekt  mexanizmlari  va  nur  kasalligi 

patogenezini  o’rganishga,  nurlanishdan  himoya  usullarini  ishlab  chiqishga  katta 

e’tiborberishdi. 

O’zbekistonda  1956  yilda 

Yadro  fizikasi  instituti 

tashkiletilgach, 

radiobiologiya  tadqiqotlari  boshlandi.  1964  yilda  akademik  Yo.X.To’raqulov  va 

R.Islombekovlar  qalqonsimon  bezning  kasalliklarini  davolashda  ionlantiruvchi 

nurlanishlardan foydalangani uchun davlat mukofotiga sazovor bo’lishdi. SamQXI 




 

 



fizika kafedrasida ishlagan dotsent M.Yangibayev ham akademik Yo.X.To’raqulov 

rahbarligida  qalqonsimon  bezga  ionlantiruvchi  nurlanish  ta’sirini  o’rgandi.  1976 

yilda  nishonli  radiopreparatlar  chiqarish  yo’lga  qo’yildi.  O’zbekistonda 

radiobiologiya  sohasiga  salmoqli  hissa  qo’shgan  olimlar  qatorida  A.Qosimov, 

J.Musayev, N. Nazirovlar ham bor. 

1950-60  yillarda  turli  mamlakatlarda  radionuklidlarning  tarqalishi  va  tirik 

organizmlarda  to’planishiga  oid  tadqiqotlar  o’tkazilishi  natijasida  yadro 

qurollarining  atmosferada,  suv  ostida  va  kosmosda  sinovlarini  o’tkazishni 

taqiqlash haqidagi xalqaro shartnomalar qabul qilindi. 

Radiobiologiyaning dolzarb masalalarini o’rganish uchun Birlashgan Millatlar 

Tashkiloti qoshida maxsus qo’mitalar tashkil qilindi. 

Hozirgi  davrda  radiobiologiyada  hujayralarningradiatsion  shikastlanishi 

mexanizmlari,  nurlanish  kasalligini  davolash  usullari,  radiatsionkanserogenez 

mexanizmlari, kosmik radiobiologiya masalalarini o’rganish bormoqda. 

Umumiy 

holatda 


radiobiologiyaning 

rivojlanish 

tarixini 

quyidagi 

bosqichlarda ajratiladi: 


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling