Mavzu: raqamli ishlov berish unumdorligini baholash usullari


Download 58.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi58.94 Kb.
#1603077
1   2   3   4   5   6
3. Unumdorlikni baholash 
 
 
Kommunikatsiya muhitini qurish prinsiplari. Umumiy ma’noda yuqori 
unumli kompyuter sistemalarining arxitekturasini kompyuterlarni, xotiralarni va 
tashqi qurilmalarni o’zaro bog’lash usuli sifatida qarash mumkin. Bunday 
bog’lanishlarning aniq bir ko’rinishi kompyuterning kommunikasiya muhiti 
deyiladi. Buni amalga oshirishning eng oddiy usularidan biri bu umumiy 
shinadan foydalanishdir. Shinaga ham prosessorlar, ham xotira ulanadi. 
Shinaning o’zi esa ma’lum sondagi aloqa liniyalaridan iborat bo’ladi. Bu aloqa 
liniyalari orqali prosessor va xotira o’rtasida ma’lumotlar, adreslar va 
boshqaruvchi signallar uzatiladi. Bu usul SMP tizimlarda qo’llanilgan. Bunday 
tizimlarning asosiy kamchiligi masshtablashtirishning murakkabligi hisoblanadi. 
Shinadagi qurilmalar sonini juda kam miqdorda lshirish xotira bilan ma’lumot 
almashishda tutilishlarni keltirib chiqaradi va tizimning samaradorligi keskin 


tushib ketadi. Shuning uchun kommunikasiya muhitini qurishning boshqa 
usullaridan foydalanishga to’g’ri keladi. 
Kommunikasiya muhitini qurish usullaridan biri bu xotirani mustaqil 
modullarga ajratib turli prosessorlarning bir vaqtning o’zida turli modullarga 
murojatini amalga oshirishdir. Bunday holda aloqa tizimlarining turli xil 
konfigurasiyalarini qurish mumkin. Masalan, Cray T3D/T3E kompyuterlarida 
barcha prosessorlar yuqori tezlikka ega bo’lgan maxsus kanallar orqali uch 
o’lchamli torga birlashtirilgan. Bunda har bir hisoblash uzeli 6 ta qo’shni uzellar 
bilan to’g’ridan to’g’ri bog’langan. IBM SP/2 kompyuterlarida prosessorlarning 
o’zaro aloqasi kommutatorlarning iyerarxik tizimi orqali amalgo oshiradi. Bu 
holda ham har bir prosessorni ixtiyoriy boshqa bir prosessor bilan bog’lash 
imkoniyati mavjud. Ammo bu kommnikasiya vositalari kompyuterlarning 
narxini ancha oshiradi. 
Kommunikasiya muhitini yaratishning nisbatan oddiy va arzon usuli 
Ethernet tarmoqlari orqali aloqani tashkil qilish bo’lib bu usul Xerox 
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Dastlab oddiy 10 megabaytli tarmoq, 
keyinroq Fast Ethernet tarmog’i, oxirgi paytlarda esa Gigabit Ethernet 
tarmoqlaridan foydalanilmoqda. Fast Ethernet tarmoqlarining kamchiligi 
ma’lumotlarni uzatishdagi tutilishlar miqdorining ko’pligi bo’lsa Gigabit 
Ethernet tarmoqlari narxining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
SCI (Scalable Coherent Interface) 1992 yil standart sifatida qabul qilingan. 
(ANSI/IEEE Std 1596-1992). SCI ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish va 
tutilishlar vaqtini kamaytirishga mo’ljallangan. Bu tizimlarning yana bir afzalligi
tizimni masshtablashtirish imkoniyati bo’lib ko’pgina bloklardan iborat tizimni 
qurish imkonini beradi. SCI shina val okal tarmoqning birlashidan iborat bo’lib 
Kesh xotiralarning kogerentligini ta’minlaydi. Ma’lumotlar uzatish tezligi 200 
Mbayt/s dan 1000 Mbayt/s gacha bo’lishi mumkin. SCI tugunlar orasidagi aloqa 
vaqtini kamaytiradi. Odatda fizik jixatdan boshqa xisoblash uzeli xotirasida 


joylashgan ma’lumotlarga murojaat so’rovlarni shakllantirish va ularni uzoqda 
joylashgan uzelga yuborish orqali amalga oshiradi. Bir necha millisekudlar ichida 
ma’lumotlar lokal keshga yuklanadi va dastur bajarilishda davom etadi. SCI ning 
yana bir afzalligi RISC turidagi protokollardan foydalanish bo’lib bu protokol 
yuqori o’tkazuvchanlikni ta’minlaydi.
12,13.4-rasm. SCI tarmog’iga asolangan klaster tugunlari matritsasi. 
Myrinet tarmoq texnologiyasi Myricom kompaniyasi tomonidan ishlab 
chiqarilgan bo’lib birinchi marta 1994 yilda qo’llanilgan. Hozirgi paytda bu 
tarmoq butun dunyoda minglab tizimlarda qo’llanilmoqda. Myrinet texnologiyasi 
ko’p portli kommutatorlardan foydalanishga asoslangan. Myrinet da tugunlar bir 
biri bilan kommutatorlar(128 tagacha port) orqali bog’langan. Aloqa 
liniyalarning uzunligi tizimning arxitekturasiga bog’liq holda turlicha bo’lishi 
mumkin. Myrinet bir vaqtning o’zida bir nechta ma’lumotlar paketini uzatishi 
mumkin. Bu holda har bir paket 2 Gbit/s ga yaqin tezlikda uzatiladi. Myrinet ning 
o’tkazish qobiliyati undagi shinalarning soniga bog’liq ravishda o’zgarishi 
mumkin. Hozirgi paytda Myrinet unchalik katta bo’lmagan lokal tarmoq sifatida 
qo’llanilmoqda. Myrinet o’zini yuqori tezligi, tutilishlar vaqtining kamligi, 


to’g’ridan to’g’ri kommutasi imkoniyati va arzonligi tufayli ko’pincha klaster 
arxitekturali hisoblash tizimlarini qurishda keng foydalanilmoqda. 
Myrinet ochiq standart hisoblanadi. Myrinet texnologiyasi masshtablash-
tirishning keng imkoniyatlarini ta’minlaydi va hozirgi paytda yuqori unumli 
klasterlarni tashkil etishda keng qo’llaniladi. Fizik jixatdan Myrinet liniyalari 9 
ta o’tkazgichdan iborat: 8 bit ma’lumotlarni uzatishga mo’ljallangan bo’lib 9-bit 
boshqaruvchi ma’lumotlarni uzatishga mo’ljallangan. 

Download 58.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling