Mavzu: raqamli tizimning jahon globallashuvi jarayonida tutgan o'rni mundarija kirish asosiy qism


-jadval. 2017-2020 yillarda “Raqamli iqtisodiyot va jamiyat indeksi”


Download 235.35 Kb.
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi235.35 Kb.
#1568511
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RAQAMLI TIZIMNING JAHON GLOBALLASHUVI JARAYONIDA TUTGAN O\'RNI, NEMATOV

3-jadval. 2017-2020 yillarda “Raqamli iqtisodiyot va jamiyat indeksi”




2020

2019

2018

2017

Reyting

Mamlakatlar

index

Mamlakatlar

index

Mamlakatlar

index

Mamlakatlar

index

1

Finlandiya

72.3

Finlandiya

69.9

Daniya

73.7

Daniya

72.1

2

Shvetsiya

69.7

Shvetsiya

69.5

Shvetsiya

70.4

Finlandiya

67.2

3

Daniya

69.1

Niderlandiya

68.9

Finlandiya

70.1

Shvetsiya

67.0

4

Niderlandiya

67.7

Daniya

68.8

Niderlandiya

69.9

Niderlandiya

66.5

5

Malta

62.7

Buyuk Britaniya

61.9

Lyuksemburg

62.8

Lyuksemburg

60.4

6

Irlandiya

61.8

Lyuksemburg

61.8

Irlandiya

61.3

Belgiya

58.6

7

Estoniya

61.1

Irlandiya

61.4

Buyuk Britaniya

61.2

Buyuk Britaniya

58.5

8

Buyuk Britaniya

60.4

Estoniya

60.0

Belgiya

60.7

Estoniya

57

9

Belgiya

58.7

Belgiya

59.4

Estoniya

59.7

Irlandiya

56.3

10

Lyuksemburg

57.9

Malta

58.1

Ispaniya

58.0

Malta

54.9

2017-2020 yillardagi RIJI reyting koʻrsatkichlari tahliliga koʻra, Finlandiya mamlakati oxirgi ikki yilda reytingda yetakchilik qilib kelmoqda (1-jadval). Shvetsiya mamlakati soʻnggi uch yil davomida ikkinchi oʻrinni, faqat bir yil uchinchi oʻrinni band etgan. Daniya dastlabki yillarda reytingda yetakchilik qilgan boʻlsa, 2020 yilda uchinchi oʻrinni qayd etgan. Niderlandiya esa reytingdagi oʻz pozitsiyasini barqaror holatda saqlagan. Malta, Irlandiya va Estoniya mamlakatlari RIJI reytingidagi oʻz holatlarini oldingi yillarga nisbatan bir oz yaxshilagan holatda 2020 yilda mos ravishda beshinchi, oltinchi va yettinchi pogʻonalarni egallashgan. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Belgiya va Lyuksemburg mamlakatlarida esa soʻnggi yillarda reytingda pasayish holati kuzatilgan. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining 2015-2020 yillarda RIJI koʻrsatkichini oʻzgarish dinamikasi tahlili shundan dalolat bermoqdaki, Yevropa Ittifoqi boʻyicha 2020 yilda RIJI oʻrtacha 52,6 ni, soʻngi besh yil ichida indeks oʻsishi 13,7 ni tashkil etgan. Shu bilan birga ushbu davrda eng muhim oʻsish Irlandiya mamlakatida (ya’ni indeksdagi oʻsish 18,5 ni tashkil etgan), soʻngra Niderlandiya (16,2), Malta (16) va Ispaniya (15,9) mamlakatlarida kuzatilgan. Ushbu mamlakatlar, shuningdek Yevropa Ittifoqining 2020 yildagi RIJI oʻrtacha koʻrsatkichidan bir oz yuqori natijani (mos ravishda 9.2, 15.1, 10.1 va 4.9) qayd etishgan (2-rasm)2 . Finlandiya va Shvetsiya mamlakatlari raqamlashtirish borasidagi koʻrsatkichlarda yetakchi mamlakatlar qatorida boʻlsa ham, Belgiya hamda Germaniya mamlakatlarining soʻngi besh yil ichida reytingdagi oʻrtacha oʻsish darajasidan past ekanligini koʻrish mumkin.
Daniya, Estoniya va Lyuksemburg RIJI umumiy reytingida Top-10 talikka kiruvchi mamlakatlar sifatida e’tirof qilinsa ham, oxirgi besh yil ichida raqamlashtirishda nisbatan past oʻsish darajasini koʻrsatmoqda. Yuqoridagi mamlakatarda bu holatning asosiy sabablari sifatida zamonaviy raqamli koʻnikmalarni yanada takomillashtirish zaruriyati (Daniyada), korxonalarni raqamlashtirish nisbatan past darajada ekanligi (Lyuksemburgda) hamda aloqa va korxonalarni raqamlashtirish borasidagi zaiflik mavjudligini (Estoniyada) koʻrish mumkin. Shuningdek Vengriya, Fransiya va Xorvatiya mamlakatlarining 2015-2020 yillarda RIJI koʻrsatkichini oʻzgarish darajasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining oʻrtacha darajasidan bir oz yuqori boʻlsa ham, ammo, umumiy reyting koʻrsatkichida ancha ortda qolayotganini koʻrish mumkin. (2-rasm)
3-rasm. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining 2020 yilgi RIJI koʻrsatkichi va ushbu koʻrsatkichning yoʻnalishlar boʻyicha tarkibi.9
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida aloqa, inson kapitali, internetdan foydalanish, raqamli texnologiyalarning integratsiyasi va davlat raqamli xizmatlari omillarini RIJI koʻrsatkichidagi ahamiyatini tahliliy qarab chiqamiz. Tahlil natijalarini koʻrsatishicha Yevropa Ittifoqi boʻyicha 2020 yilda RIJI oʻrtacha 52,6 ni tashkil etgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkichning 23,8% (12,5) – aloqa, 23,4% (12,3) – inson kapitali, 16,5% (8,7) – internetdan foydalanish, 15,7% (8,3) – raqamli texnologiyalarning integratsiyasi va 20,6 % (10,8) – davlat raqamli xizmatlari yoʻnalishlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

RIJI koʻrsatkichi boʻyicha Yevropa Ittifoqining oʻrtacha darajasidan yuqori boʻlgan koʻpchilik mamlakatlarda indeks umumiy koʻrsatkichining katta ulushini inson kapitali hamda eng kam ulushini esa internetdan foydalanish yoʻnalishlari tashkil etmoqda. Xususan, inson kapitali va internetdan foydalanish yoʻnalishlarining indeks umumiy koʻrsatkichidagi ulushi mos ravishda Finlandiya – { 27,1% (19,6) – 15,8% (11,4) }, Shvetsiya – { 25,7% (17,9) – 16,4% (11,4) }, Niderlandiya – { 23,7% (16,1) – 16,7% (11,3) }, Malta – { 24,6% (15,5) – 15,8% (9,9) }, Estoniya – { 27,3% (16,7) – 16,1% (9,8) }, Buyuk Britaniya – { 26,1% (15,8) – 18,2% (11,0) }, Avstriya – { 26,1% (14,2) – 14,9% (8,1) } ni hosil qilgan1 . Shuningdek Daniya, Belgiya, Lyuksemburg, Ispaniya va Germaniya mamlakatlarida indeks umumiy koʻrsatkichining katta ulushi aloqa eng kam ulushi esa internetdan foydalanish hamda raqamli texnologiyalarning integratsiyasi yoʻnalishlariga toʻgʻri kelayotganini koʻrish mumkin (3-rasm).


Xulosa
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish O’zbekiston Respublikasi uchun ham uning dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan strategik ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa davlatimizga raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini uchun shart-sharoitlar yaratish, uni eng kerakli sohalarga yo’naltirish va bu jarayonni imkoniyat darajasida rag’batlantirish zarurligi demakdir. Milliy iqtisodiyotimizning yana bir muhim ajralib turadigan jihati shundaki, YIM asosiy qismi davlat korporatsiyalari (yoki davlat ishtiroki ulushi katta bo’lgan kompaniyalar) tomonidan yaratiladi. Bunday sharoitlarda profilli vazirliklar yoki davlat korporatsiyalari rahbarligi ostida industrial raqamli platformalar yaratish eng oqilona qadam bo’lib hisoblanadi. Bunday platformalar raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanishi va unga mos keluvchi texnologiyalarning keng tarqalishi uchun zarur infratuzilma bazisini yaratadi. Fikrimizcha, raqamli iqtisodiyot platformalari tuzishda asosiy e’tiborni quyidagi yo’nalishlarga qaratish zarur: telekommunikatsiyalar, energetika, transport, sog’likni saqlash, soliq va soliqqa tortish, dori-darmonlar logistikasi, ma’lumotlarni qayta ishlash, turizm, tashqi iqtisodiy faoliyat, ko’chmas mulk savdosi va ishlab chiqarish. Aynan shu sohalarning rivojlanishi kerakli infratuzilma va mos texnologik bazis yaratishga imkon beradi. Songra ularni iqtisodiyotning boshqa sohalarga kochirgan holda Ozbekistonda raqamli iqtisodiyotni maksimal darajada tez shaklllantirish mumkin boladi. Bunday yondashuv bugungi kunda respublikamiz uchun eng maqsadga muvofiq bo’lib ko’rinadi, lekin u ham kamchiliklardan xoli emas, albatta. Ammo mos keluvchi strategiya tanlashda unga asoslanishi lozim bolgan raqamli iqtisodiyot konsepsiyasini shakllantiish uchun taxmin qilingan yol risklarini ham, raqamli iqtisodiyot risklarini ham hisobga olish lozim. Rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotining ko’plab dasturlari (AQSH, Avstriya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Koreyava boshqalar) asosiy e’tiborni “raqamli tibbiyot” va “aqlli shahar” ijtimoiy yo’nalishlariga qaratgan.

IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. B.E.Mamarahimov Global iqtisodiy rivojlanish T.: “Innavatsion Rivojlanish Nashiriyot-Matbuot uyi” -2021


2. Qobilov Sh.R. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013.
3. O'lmasov A. Vahidov A. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: " Sharq " , 2006.
4. Shodmonov Sh. Alimov R. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: " Moliya ", 2002.
5. Rasulov M. Bozor iqtisodiyoti asoslari. T.: " O'zbekiston ", 1999.
6. G.G'. Nazarova. X. Xalilov. A.A. Eshtaev Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: " Toshkent" 2008.
7. Shodiev R.X. Jahon iqtisodiyoti . T., 2004
8. Nazarova G.G'.,Xalilov.X. Jahon iqtisodiyoti.O'quv qo'llanma. T., 2005
Internet resurslari
9. www.gov.uz
10. www.uza.uz
11. www.ziyonet.uz
12. www.arxiv.uz
13. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti



1 B.E.Mamarahimov Global iqtisodiy rivojlanish T.: “Innavatsion Rivojlanish Nashiriyot-Matbuot uyi” -2021

2 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti

3 Shodiev R.X. Jahon iqtisodiyoti . T., 2004

4 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti

5 Shodiev R.X. Jahon iqtisodiyoti . T., 2004

6 G.G'. Nazarova. X. Xalilov. A.A. Eshtaev Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: " Toshkent" 2008.

7 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti



8 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti



9 B.E.Mamarahimov Global iqtisodiy rivojlanish T.: “Innavatsion Rivojlanish Nashiriyot-Matbuot uyi” -2021




Download 235.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling