To’siqli datchik
Analog kattaliklar (masalan, sarf, bosim, harorat yoki sath) ma’lum bir chegarali qiymatiga yetib borganligini aniqlash uchun turli turdagi datchiklardan foydalaniladi. Shuning uchun ularni ko’pincha to’siqli datchiklar (point sensors, limit sensors) deb atashadi. Ular, odatda, avariya holatida signal berish uchun, ba'zan esa kattalik xavfli vaziyatni ko'rsatuvchi qiymatga yetganda jarayonni to'xtatish uchun ishlatiladi. Bunday datchiklar mustahkam va ishonchli bo’lishi kerak.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, axborot-raqamli datchiklar (Field bus sensor) qo'shimcha ravishda ikki tomonlama raqamli kommunikatsiyalarning maxsus turi bo'lgan mahalliy shinalar (Field bus) orqali ma'lumotlarni uzatish imkonini beradi. Ushbu turdagi datchik-larga ma'lumotlarni qayta ishlash, ularni raqamli shaklga aylantirish va tashqi alo-qalarni qo'llab-quvvatlash uchun mikroprotsessorga ega bo'lgan harorat, bosim, sarf, sath va boshqa datchiklar misol bo’ladi. Shina orqali faqat o'lchov natijalari emas, balki datchikning identifikatsiya ma'lumotlarini ham uzatish mumkin.
Foydalangan adabiyotlar
1. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov SH.М Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. – Toshkent- 2011.
2.Yusupbekov N.R Muxamedov B.I., Gulomov SH.М. Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari. -Toshkent: O’qituvchi, 1997. - 704 b.
3. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish asoslari: O’quv qo’llanma. 1,2-qism. Yusupbekov N.R., Igamberdiyev X.Z., Malikov A.V. - Toshkent: ToshDTU. 2007.
INTERNET SAYTLARI
14.www.gov.uz – O’zbekiston Respublikasi hukumat portal.
15.www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi onun hujjatlari malumotlari milliy bazasi.
16. www. ziyonet.uz
17.www.elibrary-book.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |