Mavzu Raqobat va monopoliya. Raqobatning iqtisodiy mazmuni
Download 20.89 Kb.
|
Ma\'ruza
1. Raqobatning iqtisodiy mazmuni Raqobat bozor iqtisodiyotiningva umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli va tartibga solish mexanizmi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondashib tahlil qilishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir. Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liqerkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‘ladi. Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular tovarlarni qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, u bozorning barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat (lotincha, “concurrere” – qochish, to‘qnashish) – bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda, ko‘proq naflilik va omilli daromadga ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Download 20.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling