Mavzu: raqobat va uni turlari


Raqobat strategiyasi va raqobatchilik muhiti


Download 83.84 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi83.84 Kb.
#1588478
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Raqobat va uni turlari

1.3 Raqobat strategiyasi va raqobatchilik muhiti.
Raqobat strategiyasi — bu ma`lum bir firmaning bozorda olib boradigan raqobat kurashining uzoq davrga mo‘ljallangan asosiy rejasi, yo‘l-yo‘riqlaridir. Strategiya firmaning bosh asosiy maqsadlarini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, unda qanday qilib foydani eng yuqori darajaga ko‘tarish, kam xarajat qilgan holda o‘z bozorini kengaytirish yoki boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarish, yangi bozorlarga sekin-asta kirib borishning yo‘llarini belgilab olishdan iborat bo‘ladi. Strategik rejaga qarab, firma o‘zining kurash taktikasi va usullarini qo‘llagan holda bozorda raqobat olib boradi. Bozordagi holat vashart-sharoitdan kelib chiqqan holda firma o‘z usullarini o‘zgartirib turishi ham mumkin. Misol uchun, ayrim firmalar narxlar orqali raqobat qilsa, ayrimlari mahsulot sifati orqali raqobat qiladilar. Jumladan, AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari firmalari o‘zlari uchun narxi yuqori bo‘lgan sifatli tovarlarni taklif etishadi, chunki bu mamlakatlarda aholining daromadlari yuqori bo‘lganligi sababli, xarid qobiliyatlari ham ancha yuqori. Endigina rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda esa aholining daromadlari past bo‘lganligi uchun ularga sifati pastroq bo‘lsada, narxlari arzonroq mahsulotlar taklif etadilar. Bozor iqtisodiyotida raqobat kurashi bo‘lishi uchun zarur muhit yaratiladi. Bu muhit, eng avvalo mulkchilikning va xo‘jalik yuritishning turli-tuman shaklining mavjudligi va ularning o‘zaro teng mavqega asoslanishida ifodalanadi. Qolaversa, faoliyat erkinligi, har bir kishini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishi ham raqobat uchun keng yo‘l ochadi. G‘arb mamlakatlarida bu muhit uzoq yillar davomida shakllangan. Mukammal raqobatning so‘zsiz afzalligi bilan bir qatorda kamchiligi ham borki, u ham bo‘lsa bozorning rivojlanish jarayonida xo‘jalik hayotining u yoki bu sohasida, monopoliyalarning vujudga kelishining osonligi. Mukammal raqobat tezda nomukammal raqobatga aylanib ketishi mumkin. Bu esa iqtisodiy plyuralizm, iqtisodiy demokratiyani barham topishiga olib keladi. Iqtisodiy demokratiya esa siyosiy demokratiyaning asosidir. Shuning uchun XIX asrning oxirida sanoati rivojlangan g‘arb mamlakatlari, eng avvalo AQShda monopoliyalarni vujudga kelishiga to‘sqinlik qilish zarurligini tushunib etishdi. Iqtisodiyotda monopollashuv tendentsiyasini paydo bo‘lishi bilan erkin raqobat cheklanadi. Sog’lom raqobat muhitini yaratishda davlat qatnashishi zaruratga aylanadi. Bu davlatning antimonopol siyosati orqali amalga oshiriladi. Bu siyosat eng avvalo, qabul qilingan antimonopol qonunlarda
ifodalanadi. Dunyoda antimonopol qonunchilik nisbatan mukammal tarz-da AQShda olib borilishi e`tirof etilgan. Bu sohada AQShdakatta tajriba to‘plangan. AQSh ning antimonopol qonunchiligi bu borada qabul qilingan uchta asosiy qonunga tayanadi:
1. Sherman qonuni (1890). Qonunning asosiy ma`nosi ikki punktda ifodalangan, unda ishlab chiqarish va savdoni cheklash maqsadida tuzilgan bitimlar noqonuniy deb e`lon qilinadi. Monopollashtirishga erishgan shaxs jinoyat qilgan hisoblanadi.
2. Kleyton qonuni (1914). Narxlar bilan xarajatlar o‘rtasida katta farq bo‘lib, iste`molchilarni narx orqali diskriminatsiya qilish, majburiy shartnomalar tuzish, raqobatchi korporatsiyaning zaiflashuviga olib keladigan aktsiyalarni sotib olishni taqiqlaydi. Undan tashqari direktoratlarni chirmashib ketishi, bir firmani rahbari boshqa firmaga a`zo bo‘lishini taqiqlaydi.
3. Seller-Kefover qonuni (1950). Bu qonunda Kleyton qonuniga o‘zgartirishlar kiritildi. Bunda raqobatchi korporatsiyaning zaiflashuviga olib keluvchi aktsiyalargina emas, ishlab chiqarish fondlari (asbob-uskuna, boshqa moddiy narsalar)ni sotib olish ham taqiqlandi. Antitrest qonunchiligini nazorat qilish uchun 1914 yilda Federal savdo komissiyasi haqida qonun qabul qilinib, maxsus komissiya tuzilib, uning zimmasiga g‘irrom, nopok raqobatchilarni aniqlash va ularni tanobini tortib qo‘yish yuklatildi. Keyinchalik (1938 yil), Ukler-Li qonuniga muvofiq iste`molchilarni aldaydigan, chalg’itadigan reklama, noto‘g‘ri axborotlarni ham nazorat qilish topshirildi. Antimonopol qonunni hayotga tadbiq etishda davlat idoralarining oldida turgan eng murakkab vazifa monopoliya o‘rnatilishi faktini isbot qilish. Masalan, qanday narxlarni yuqori yoki atayin pasaytirilgan deb aytish mumkin? Ishlabchiqarishni qancha ulushi monopoliyani bildiradi. Mahsulotni ishlab chiqarishni chegaralashning qanday darajasi sun`iy ravishda taqchillik yaratish deb qaraladi. Bular hammasi har qanday holatlarda ham bir xilda javob beradigan oddiy savollar emas. Agar yirik korporatsiya tovar (xizmat) narxini pasaytirishga, xarajatlarni pasaytirish, yuqori darajadagi texnologiyani qo‘llash, xo‘jalik yuritish samaradorligini ko‘tarishi evaziga erishgan bo‘lsa-chi? Shuni esda tutish kerakki, davlat siyosatiga iste’molchilar emas, ishlab chiqaruvchilar ko ‘proq samarali bosim ko ‘rsatishadi. Davlat xizmatchilari antimonopol qonunni amalga oshirar ekanlar, ikki printsip: a) qonunga qattiq rioya qilish; b) oqilona ish yuritish printsipiga asoslanadi. Monopollashtirish faktini aniqlash maqsadida matematik uslublardan foydalanib, E. Chemberlin, J. Robinson, V. Pareto va boshqa iqtisodchilarning nazariy kontseptsiyalaridan kelib chiqib, monopolistik cheklashlarni oldi olinadi. Masalan, Adliya vazirligi tomonidan belgilangan qarorlarni ijro etuvchi idoralar faqat jazolash emas, profilaktika ishlarini ham olib boradi. Antitrest qonuni kompaniyalarni qo ‘shilishi, bir-birini yutishi, kattalari kichiklarini domiga tortishi bo‘yicha tuziladigan bitimlarni qaysi birlarini monopoliyaga kiritishni ko ‘rsatuvchi qo‘llanma nashr qilinadi. Monopoliya mezonlari bo‘yicha mahsulotning 33% i bir korxona uchun, 50% i ikkita korxona, 66,6% i beshtagacha korxona tashkil qilish uchun mo‘ljallangan. Antitrest qonunlari yirik korporatsiyalarga qarshi qaratilgan emas, chunki uning kattaligi hali monopoliya degani emas. Antimonopoltartibga solish samarali raqobatni amaliyotda qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi. Tartibga solish 4 yo‘nalishda olib boriladi:
1.Bozorni monopollashtirish cheklanadi. Bunda monopollashtirish ishlab chiqarishni yiriklashtirish emas, savdoni jiddiy cheklash nuqtai nazaridan qaraladi. Bozorda 60 va undan ortiq ulushga ega bo‘lsa, monopollashgan deb hisoblanadi. Shtatlar o ‘rtasida chet el bilan qilinadigan savdoni cheklash noqonuniy hisoblanadi.
2.Raqobatchi kompaniyalarning qo‘shilishi,birlashuvi taqiqlanadi. Kleyton qonunida shunday birlashuv monopollashtirishni kuchaytirish deb qaraladi. Shu asosda bir qancha monopolistik birlashmalar bekor qilingan. Lekin Kleyton qonuni bilan iqtisoddagi markazlashuv jarayoni to‘xtatilgani yo‘q. AQSh da har yili 2 minggacha firmalar birlashuvi yuz beradi. Ularning kam qismini davlat nazorat qiladi.
3.Monopol narxlarni belgilash taqiqlanadi. Buni 1914 yilda tashkil etilgan Federal savdo komissiyasi nazorat qiladi.
4.Raqobatni tsivilizatsiyalashgan holda olib borilishini qo‘llab-quvvatlash. Bunday huquqiy tadbirlarni qo‘llash zarurligi g’irrom raqobat usullaridan foydalanishni kuchaytirishdan kelib chiqdi. Bunga raqiblarning mahsulotlariga o‘xshatib qalbaki mahsulotlar tayyorlash, obro‘li tovar va firma belgilarining nusxasini tayyorlab iste`molchilarni aldash, raqiblarni sirlarini xoinlik bilan qo ‘lga kiritish va boshqa shunga o‘xshashlar kiradi. Ayrim raqiblar esa jinoiy ishlardan ham qaytmaydilar. Bunga o‘t qo‘yish, terrorchilik qilish, raqibni jismonan yo‘q qilish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. AQSh antimonopol qonunida raqibni engish uchun raqobatda g’irromlik qilish, aldash yo‘llari bilan ish olib borish qonunga xilof ekanligi ko ‘rsatilgan. Bunda raqibni engish uchun narxlarni pasaytirish (demping narxlarni qo‘llash), oziq-ovqat tovarlariga, dori, xushro‘ylik, tibbiyot uskunalariga qalbaki reklamani noqonuniy deb ko‘rsatilgan. g‘arbda antimonopol qonunchilik ikki maqsadni ko‘zlaydi. Birinchidan, bozorni monopollashuvini cheklash, ikkinchidan, raqobatni himoya qilib, madaniy tsivilizatsiyalashgan qonun-qoidalar asosida ish olib borishni yo‘lga qo‘yish. Bu XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida bozor tubdan o‘zgargan sharoitda,undagi asosiy raqiblar mayda tovar ishlab chiqaruvchilar emas, balki yirik monopoliyalar bozorni egallagan sharoitda, ayniqsa zarur bo‘lib qoldi. Bozordagi vaziyat tez o‘zgarib turadi. Uni hisobga olish qiyin, shu boisdan antimonopol qonunlar o‘zining noaniqligi bilan ajralib turadi. Raqobatni cheklash borasida aniq ahvol shundayki, bu qonunlarni keng talqin qilishga to‘g‘ri keladi. Bu, ayniqsa, antitrest, antikartel qonunlariga taalluqlidir. Bu erda qonun va davlat qarorlarining talabi ularni taqiqlab qo‘yishdan boshlab, to ma`lum muddatga (bir yilgacha) ularga ruxsat berishgacha bo‘lgan talabni o‘z ichiga oladi. Antimonopol qonunlarning roli ularning o‘zlarida emas, balki ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan maxsus ma`muriyatning ishchanligidadir, chunki u korxonalar tarkibi va aktsiyalarni taqsimlash masalalariga aralashadi va ba`zi hollarda bajarilishi majburiy bo‘lmagan tavsiyalar beradi. Evropa Ittifoqi to‘plagan tajriba ham katta ahamiyatga ega. 1957-yil Yevropa Iqtisodiy Uyushmasi tashkil topdi. Rim shartnomasida uyushmaning barcha hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki egri (boshqacha) yo‘llar bilan monopol narxlar o‘rnatish, ishlab chiqarish, sotish, texnologik rivojlanishni cheklash, sheriklarni kamsitish yoki qo‘shimcha shartlar qo‘yish noqonuniyligi belgilangan. Erkin raqobat qonunlari nazoratini Evropa uyushmasi komissiyasi olib boradi. Bu ijro etuvchi idora jarima solish, bitimni qonuniy bekor qilish huquqiga ega. Xar yili komissiya 25—30 hodisani aniqlaydi. Yevropa hamkorligi hujjatlarida kichik va o ‘rta korxonalarni — sog’lom raqobatlashuvchilar, yangilikka intiluvchilar sifatida ularga g’amxo ‘rlik qilish ta’kidlangan. Yaponiyada ikkinchi jahon urushidan keyin antimonopol qonunlarni amal qilishini nazorat qiluvchi adolatli bitimlar qo‘mitasi tuzilgan bo ‘lib, u keng vakolatga va mustaqillikka ega. Bu qo‘-mita tomonidan qayd qilingan va sud tomonidan tasdiqlangan qonunbuzarchilik qattiq jazolanadi, bundan qonunbuzar korporatsiyalar katta ziyon ko‘rishi mumkin. Davlatning antimonopol siyosati har bir mamlakatda o‘ziga xos xususiyatga ega, lekin umumiy tarzda milliy iqtisodiyotda raqobat kurashi allaqachon shakllanib bo‘lgan mamlakatlarda raqobat muhitini saqlash raqobatni takomillashtirishga qaratilgan bo‘lsa, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda raqobatni yangidan shakl-lantirishdan iborat. Antimonopol qonunlar qabul qilish va hayotga tatbiq qilish bozor munosabatlariga o‘tayotgan har bir mamlakat uchun hayotiy zaruratdir, chunki erkin raqobatga yo‘l bermay turib, bozorni shakl-lantirib bo‘lmaydi. Respublikamizda raqobat muhitini yaratish davlatning faoliyatisiz o‘z-o‘zidan amalga oshmasligini anglagan holda zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular amaliyotga joriy etilmoqda. Bu, eng avvalo, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, turli mulkshakllarini vujudga keltirishni jadallashtirishda o‘z ifodasini topadi. Ikkinchidan, raqobatni o‘zi taqozo etadigan iqtisodiy vaziyat narxlarni erkinlashtirishni amalga oshirishda ifodalanadi. Uchinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, albatta tsivilizatsiyalashgan raqobatni vujudga keltirishni talab qiladi. U davlatning iqtisodiy monopolizmni cheklash, umuman olganda antimonopol yo‘l tutishini zarur qilib qo‘yadi.. O‘zbekiston monopolistik birlashma (korxona)larni Davlat reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos tomonlari hisobga olindi. Sababi respublika iqtisodiyotida monopol tarmoqlar soni hali ko‘p. Agar korxonalar ishlab chiqargan mahsulotni hissasi umumrespublika yoki mahalliy viloyat miqyosida, tovar bozorida, ma`lum bir turdagi tovarlar guruhida, o‘zaro o‘rinbosar tovarlar yoki bir texnologik maqsadlardagi mahsulotlar orasida 35%dan ortiq bo‘lsa, bu korxona monopolistik birlashma (korxona)lar Davlat ro‘yxatiga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% belgilangan. Qabul qilingan qonunga ko‘ra bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatga to‘sqinlik qilish, raqobatning g ‘irrom usullarini qo‘llash man qilingan. Qonunni buzganlar javobgarlikka tortiladilar. Shunday qilib, hozirgi vaqtda respublikamizdamonopoliyaga qarshi tartibga solishning qonuniy asoslari, me`yoriy hujjatlari yaratildi va davlatning monopoliyaga qarshi organlari tizimi tashkil etildi. Bu mamlakatimizda raqobat muhitini saqlashga xiz-mat qiladi. Madaniylashgan raqobat kurashiga asoslangan bozorni vujudga keltirish uchun ham nazariy, ham amaliy jihatdan qator muammolarni hal etish kerak: a) inflyatsiyani jilovlash; b) bozorni demonopollashuvini amalga oshirish; v) bozor munosabatlari sub’ektlarini kritik massasini, ya`ni miqdorini yaratish; g) bozorni barcha turlarini rivojlantirish; d) bozor tipini to‘g‘ri tanlash. Ana shu muammolarni ijobiy hal etish mamlakatimiz kelajagini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Shuning uchun ham respublikada sog‘lom raqobat muhitini yaratish, g‘irrom raqobatchilarni bozorda, birinchi navbatda iste`mol tovarlari bozorida yakka hukmron bo‘lib olishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarga chek qo‘yishga alohida e`tibor berilmoqda. Taniqli iqtisodchi Nobel mukofoti nomzodi Vasiliy Leontev studentlarga bozoriqtisodiyoti mexanizmini tushuntirar ekan uniochiq dengizda suzib yurgan yaxta misolida ko‘rsatadi. Yaxta suzib ketishi uchun parusni to‘ldirib, yaxtani harakatga keltiradigan shamol kerak, lekin uni harakatini korrektirovka qilish, boshqarish uchun rul kerak. Iqtisodiyotga qiyoslasak shamol — bu ishlab chiqaruvchining moddiy manfaatdorligi. Aynan ana shu manfaatdorlik raqobatga olib keladiki, u o‘z navbatida butun iqtisodiyotni harakatga keltiradi. Rul esa davlat. Davlat raqobat muhitini yaratish uchun zarur huquqiy baza yaratib, uni amalga oshirishni nazorat qiladi.

XULOSA
Raqobat bozor iqtisodiyotining muhim xuxusiyatlaridan biri bo‘lib, u bir tomondan, ishlab chiqarish munosabatlari sifatida namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantiruvchi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Raqobat ishlab chiqarish samarodprligiga erishish va iqtisodiy resurslarni optimal taqsimlashga imkon yaratadi. O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat eng avvalo ikki turga taqmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi bular sof raqobat, monopolistic raqobat, sof monopoliya va oligopoliyadir. Sof raqobat vas of monopoliya real hayotda juda kam uchraydi.. Raqobat – xo‘jalik yuritishning asosiy dastaklaridan biri hisoblangani uchun raqobat muhitining shakllanishi bozor iqtisodiyotining rivojlanish darjasiga bog‘liqdir. Raqobat muhiti deb bozor munosabatlari ishtirokchilarining xo‘jalik yuritishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan iqtisodiy, qomumiy, tashkiliy va siyosiy sharoitdalar majmuasiga aytiladi. Raqobat muhitining mavjudligi alohida olingan firmaning bozor sharoitida erkin harakat qilishga erisishda asoyiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalligi uning raqobatga asoslanganligidir. Raqobat iqtisodiyot sub`yektlarining manfaatlari to‘qnashuvi tufayli yuz bradigan kurashdir. U raqobat qonuniga ko‘ra muqarrar bo ‘ladi. Raqobat kurashi turli usullarda olib boriladi. Raqobat kurashi qonunini amal qilishi tufayli resurslardan optimal foydalanish ta`minlanadi. Raqobat ishtirokchilarining maqsadlari ham. Bozor munosabatlarida ishtirokchilarning cheklanish-cheklanmasligiga ko‘ra mukammal va nomukammal raqobat kurashi yuz beradi. Erkin bozorda raqobat hech qanday to‘siqlarsiz amal qiladi. Unda bozor munosabatlari ishtirokchilari cheklanmagan. Nomukammal raqobat kurashi cheklangan bozorga xos. Bunday raqobat monopolistik raqobatga asoslangan bozor, oligopolistik, sof monopolistik bozor va monopsoniyaga xos. Monopoliyalarni kelib chiqish sabablariga ko‘ra: tabiiy monopoliya,legal monopoliya, sun`iy monopoliya, tasodifiy monopoliyaga bo ‘lish mumkin. Monopoliyalar o‘z mavqeidan kelib chiqib, raqobatni cheklash orqali narxga ta’sir ko‘rsatishi va o‘z manfaatlari yo ‘lida boshqa harakatlar qilishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun ham davlat raqobatni cheklashga urinishlarni oldini olish uchun iqtisodiy erkinlik muhitini yaratishga faol amalga oshirishi zarur.

Download 83.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling