Mavzu: raqobat va uni turlari


Download 83.84 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi83.84 Kb.
#1588478
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Raqobat va uni turlari

Legal monopoliyalar.Ular qonuniy asosda vujudga kelgan monopoliyalar bo‘lib,
quyidagi shakllarni o‘z ichiga oladi: a) patent tizimi. Patent hukumat tomonidan qilingan ixtiro uchun faqat ixtirochiga beriladigan guvohnoma, hujjat bo‘lib, undan ixtirochi o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanadi. Patent deb, ovchilik, savdo bilan shug’ullanish huquqini beradigan hujjatga ham aytiladi; b) mualliflik huquqi, unga muvofiq faqat mualliflar o‘z asarlarini ma’lum bir davr yoki bir umrga sotish, ko‘paytirish huquqini olishadi; c) savdo belgilari, nishonlari, maxsus rasmlari, nomi, simvol-belgilar bo‘lib, ular tovar, xizmat yoki firmaning boshqalardanajralib turishini ta`minlaydi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan savdo nishonlaridan raqiblarning foydalanishi taqiqlanadi. Sun`iy monopoliyalar. Shartli ravishda tabiiy monopoliyadan ajratish uchun shunday nomlanadi. Bu monopolistik manfaatni ko‘zlab, korxonalarning birlashuvidan iborat. Bu monopoliyalar bozor tarkibini ataylab o‘zgartiradilar:
— yangi firmalarning bozorga kirishiga to‘sqinlik qiladilar;
— autsayder (monopolistik birlashmaga kirmagan korxona)lar uchun arzon xom ashyo,
— energiya manbalaridan foydalanishni cheklaydilar;
— yuqori darajadagi (yangi firmalarganisbatan) texnologiya yaratadilar;
— katta kapital sarflab, ishlab chiqarish miqyosini ko‘paytirish imkoniga ega bo‘ladilar;
— yaxshi yo‘lga qo‘yilgan reklamalar yordamida yangi firmalarni molini kasodga
uchratadilar. Sun’iy monopoliyalarning qator shakllari mavjud bo ‘lib, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ularning keng tarqalgan shakllari kartel, sindikat, trest va kontsernlar bo‘lgan.
Kartel- bir tarmoqdagi bir necha korxonalarning ittifoqi bo ‘lib, uning qatnashchilari
o ‘z ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga egalik qilishni to ‘la saqlab qoladi, mahsulotlarni o ‘zlari realizatsiya qilishadi. Bitim, kvota-umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulush, sotish bahosi, bozorlarni bo ‘lib olish yuzasidan tuziladi. Kartel tarixan Germaniyada keng tarqalgan. Xozirgi zamon karteliga misol sifatida «OPEK» tashkilotini ko ‘rsatish mumkin.
Sindikat — bir xil mahsulot ishlab chiqaradigankorxonalar birlashmasi bo‘lib, ishlab
chiqarish alohida yuritilib, mahsulot esa o‘zaro tashkil etilgan idora orqali sotiladi.
Monopoliyaning bu shakli asrimiz boshida Rossiyada tarqalgan.
Trest — ma`lum tadbirkorlar guruhining ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga
birgalikdagi egalik qilishi bo‘lib, foyda har birining qo‘shgan kapitaliga qarab taqsimlanadi.
Monopoliyaning bu shakli AQShda keng tarqalgan. Trestlar vatani AQSh hisoblanadi.
Trestlar dastlab radikal tarzda texnologik yangilanish, eski, qoloq ishlab chiqarishni yangilashga olib keldi. Bu o‘z navbatida xarajatlarni pasaytirish va ishlab chiqarish masshtabini kengaytirishga olib keldi. Trest shaklidagi monopoliyalar XIX asr oxiriva XX asr boshlarida elektrotexnika va avtomobilsozlikni, kimyo, metallurgiyani rivojlantirishga olib keldi. Kontsernlar monopoliyaning eng yuqori va murakkab shakli bo‘lib, turli sohalardagi rasman mustaqil kompaniyalardan tashkil topib,bosh kompaniya ular ustidan moliyaviy nazorat o‘rnatadi Kontsernlarning boshqa monopoliya shakllaridan afzalligi shundaki, birinchidan, rasman mustaqil, bu ozmi-ko‘pmi ulargafaoliyat erkinligini beradi.
Ikkinchidan, qaysi tarmoq mahsuloti — xizmatlariga talab yuqori bo‘lsa, aynan shu sohaga tezda kapital qo‘yish imkonini beradi. Kontsernlar universallikning afzalligi bilan ixtisoslanishning ustunliklarini o‘zida mujassamlashtiradi. Monopoliyaning kontsernlar shakli tarixan Yaponiyada keng tarqalgan. Bulardan tashqari, monopoliyalarning boshqaturlari ham bor, lekin ular unchalik ko‘p tarqalmagan. Umuman olganda, monopoliyalar ham iqtisodiyotning rivojlanishida o‘ziga xos o‘rin tutib, o‘ziga xos ijobiy rol o‘ynaydi. Ma`lum chegaradan o‘tgach esa taraqqiyotga to‘sqinlik qilib, jamiyat hayotiga salbiy ta`sir o‘tkazadi. Lekin bu monopoliyalarning vujudga kelishi bilan raqobat kurashi barham topadi degani emas. Raqobat kurashi monopoliya hukm-ronligi sharoitida ham muqarrar va keskinroq yuz beradi. O‘zbekistonda hech bir imtiyozsiz va davlatsiz oyoqqa turgan va rivojlanishda davom etayotgan sohalarimiz bormi? Albatta bor. Eng birinchi oʻrinda bu roʻyxatga umumiy ovqatlanishni qoʻshish mumkin. Butun dunyoda Oʻzbekistonni tasvirla, deyishsa, Samarqand-u, Buxorodan ham avval oʻzbek taomlarini sanay ketishadi.Restoran va ovqatlanish biznesi shuning uchun ham Oʻzbekistonning yuziga aylanganki, bu sektorda davlat yoʻq, imtiyoz yoʻq, bir qoʻlli egasi yoʻq, katta foyda ham yoʻq. Bu sohaga arzon kredit yoʻq. Katta kabinetlarga kirib undirib chiqiladigan soliq imtiyozlari haqida esa gap boʻlishi mumkin emas. Lekin sohada oʻta kuchli raqobat bor. Har yili sohaga yuzlab yangi tadbirkorlar kirib keladi, yuzlab tadbirkorlar raqobat kurashiga dosh bermay sohadan chiqib ketadi. Unda oʻnlab ogʻir muammolar bor (muammo va toʻsiqlarning aksariyatini, ne ajabki, koʻpincha davlatning oʻzi yaratadi). Hech kim sanamaydi, lekin bu soha rasmiy va norasmiy ravishda mamlakatda eng koʻp ishchi oʻrni yaratgan. Shuning uchun ham yemak biznesi Oʻzbekistonda rivolanishda, oʻsishda, kengayishda davom etmoqda. Marja kam, lekin baraka bor. Davlat yoʻqligi, yolgʻondan va imtiyozdan tashqarida boʻlgani uchun baraka bor. Xuddi shuningdek, davlat va imtiyozlardan nari holda oʻzbek biznesining yuziga aylanayotgan yana bir nechta sohalarni sanash mumkin. Bu chakana savdo, bu tekstil, sizga gʻalati eshitilishi mumkin - goʻzallik salonlari va sartaroshxonalar, bu yuk tashish transporti, bu taksi xizmatlari.


Download 83.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling