Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash vazifalari. Bozor munosabatlari sharoitida har bir korxonaning vazifasi o’zining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir. Bu ishda boqimandalik ketmaydi. Har bir korxona o’zining xavfsizligini o’zi ta’minlamasa, boshqa joydan kelib uni ta’minlab bermaydi. Bu jarayon ancha tadbirlami o’z ichiga oladi:
1. Korxona faoliyatiga tashqi subyektlar aralashuvlarining kuchayishigayo’l qo’ymaslik.
2. Korxona ichida samarali mehnat qilish muhitini buzishning oldini olish, har bir xodimning mehnatini xolisona baholay olish.
3. Xodimlar o’rtasida axloqiy-ruhiy muhitning barqarorligini ta’minlash, korxonaning muvaffaqiyati ulaming har birining muvaffaqiyati ekanligini singdirish va shunga amal qilish.
4. Bozordagi o’z raqobatchilaridan mahsulotning (ish, xizmatning) sifati, narxi bo’yicha orqada qolib ketmaslik choralarini ko’rish.
5. Bozor konyunkturasining tez o’zgarishidan hamisha voqif bo’lish va unga moslashgan holda taraqqiyotni ta’minlash.
6. Ishlab chiqarish, texnologik, tijorat kabi sirlarini saqlash Nodir mutaxassislar qo’nimsizligining oldini olish.
7. Korxona hududi, mulki va boshqa moddiy resurslaming saqlanishini ta’minlash, ulaming o’g’irlanishi va yo’qolishining oldini olish choralarini ko’rish.
8. Hamkorlarini tanlashda ulaming moliyaviy ahvolini o’rganish va o’zining moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun tegishli tashkiliy ishlarni doimiy ravishda e’tibordan qoldirmaslik.
«Xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo’l bilan qo’lga kiritgan yoki yaratgan o’z mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur».
Shu kabi vazifalarning bajarilishi korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning asosiy tadbirlaridir. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi, albatta, o’z-o’zidan ta’minlanib qolmaydi. Shu tufayli bu masala korxonaga daxldor bo’lgan mutasaddilaming (mulkdor, rahbar, menejer, mutaxassislar va barcha xodimlar hamda soliq, moliya, bank kabi manfaatdor tashkilotlar) hamisha diqqat e’tiborida bo’lmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |