Mavzu: Raqobatchilar to‘g ‘risida axborot olish uslublari, turlari va ularni himoya qilish subyektlari


Korxonaning tijorat siri mohiyati va uni himoya qilish mexanizmlari


Download 45.09 Kb.
bet8/11
Sana11.01.2023
Hajmi45.09 Kb.
#1089424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu Korxonaning Xavfsizlik Xizmati Qanday Vazifani Bajaradi

Korxonaning tijorat siri mohiyati va uni himoya qilish mexanizmlari

Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda uning faoliyatiga doir ayrim hujjatlar, texnologik jarayonlar, boshqaruv usullari boshqa raqobatchilardan sir saqlanishini taqozo qiladi. Bu esa uning mazmun-mohiyatini, himoya qilish mexanizmi, axborot olish yoilarini ochib berilishi lozimligini keltirib chiqaradi.


Korxonaning tijorat sirining mazmuni va mohiyatini berish uchun uning lug’aviy ma’nosiga e’tiborni qaratish lozim. Hozirgi paytda sir so’ziga iqtisodiy lug’atlarda beradilar:
1. Hali topilmagan, aniqlanmagan narsa;
2. Boshqalarga oshkora qilinmasdan maxfiy saqlanadigan, hammaga ma’lum bo’lmagan narsa;
3. Biror hodisa yoki jarayon sabablarining maxfiy tutilishi. Ushbu tushunchalami hamma sohaga, xususan tijorat sohasiga ham tatbiq qilish mumkin.
Korxonaning tijorat sirlari ishlab chiqarish, texnologik ma’lumotlar, boshqaruv, moliya va shu kabilar bilan bog’liq bo’lib, ularni oshkor qilish korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin boigan ma’lumotlardir. Korxona «tijorat sirlari» toifasining qonunchilikda belgilab berilgan tavsifhomasi shunday.
Tijorat siri deganda xo’jalik yurituvchi subyektlaming tijorat, ishlab chiqarish, moliyaviy operatsiyalari, reja, marketing, ilmiy ishlanmalar va boshqa jarayonlar ifoda etilgan oshkor qilinishi mumkin boimagan ma’lumotlaming maxfiy saqlanishi tushuniladi.
Mavjud nuqtayi nazarlarga ko’ra, korxonaning tijorat sirlari umumiy holda o’z ichiga quyidagi ma’lumotlami qamrab oladi:
* korxonaning savdo aloqalari haqida;
*kapital hajmi va tuzilmasi, investitsiya rejalari haqida;
*ta’minotchi va iste’molchilar, tuzilgan shartnomalar haqida;
* ishlab chiqarish hajmi, aylanma mablag’lar va foyda hajmi haqida;
*bahoni shakllantirish siyosati va tovarlar bahosining shakllanishi haqida;
*bank operatsiyalar haqida va hokazolar.
Tijorat sirlari davlat boshqaruv va nazorat idoralari xodimlari orqali chetga chiqib ketishining oldini olish maqsadida korxona rahbari ulaming vakolatlarini bilishi hamda ular talab qilgan istalgan ma’lumotni emas, balki faqat xizmat vakolatiga doir ma’lumotlami taqdim etishi zarur. Birinchi o’rinda bu statistika xizmati, monopoliyaga qarshi kurash qo’mitasi, militsiya, moliya, soliq, sanitariya, yong’inga qarshi kurash va boshqa xizmat vakillariga tegishli. Korxona rahbari, shuningdek, davlat idoralari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan arz qilish tartibi, ular tufayli korxonaga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash mexanizmini bilishi va unga amal qilishi zarur.
Ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va boshqa xizmatlar mutaxassislari o’zi ishlayotgan korxonaning tijorat sirlariga oid ma’lumotlar chetga chiqib ketishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan va real yo’qotishlami to’g’ri va aniq (qiymat shaklida) baholashni o’rganib olishlari zarur.
O’zbekiston Respublikasi FKda ta’kidlanishicha oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni ro’yxatdan o’tkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qat’i nazar vujudga keladi.

Download 45.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling