Mavzu: raqobatlashuvchi investitsiyalar


Uskunalarni ta’mirlash yoki almashtirish haqidagi qarorlarni asoslash


Download 37.66 Kb.
bet4/5
Sana08.11.2023
Hajmi37.66 Kb.
#1757643
1   2   3   4   5
Bog'liq
RAQOBATLASHUVCHI INVESTITSIYALAR

Uskunalarni ta’mirlash yoki almashtirish haqidagi qarorlarni asoslash


Bir-biriga raqobatdosh investitsiya loyihalaridan birini tanlashdagi muhim holat, mavjud asbob-uskunani ta’mirlash (remont qilish) kerakmi yoki uni yangilash kerakmi degan savolga javob topishdir. Agar firma asbob-uskunalarni kapital ta’mirlasa bu yangisini sotib olishdan ko‘ra kam pul chiqimini ta’minlaydi, lekin shuni unutmaslik kerakki, eski asbob-uskunalarning yaroqlilik muddati yangisidan kam bo‘ladi. Bunday holda avvalo ta’mirlashga mo‘ljallangan asbob- uskunalar qancha xarajatlarni talab qilishini aniqlab olish kerak. Bu xarajatlarga ta’mirlash sarflari bilan birga eski uskunalarni sotishdan kelishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda, ya’ni likvidastiya qiymati ham kiritiladi. Tahlilni ekvivalent annuitet yoki yillik ekvivalent xarajatlarni taqqoslash asosida olib borish mumkin. Misol uchun eski sovuqxonami yoki yangisi? Shu kabi misollarni amaliyotda tez-tez uchratib turamiz va yuqoridagi metodologiyadan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.


Misol uchun respublika fermerlar assostiatsiyasi fermerlar uchun kelgusi 5 yillikda uslubiy qo‘llanmalarni nashr etishi lozim. Buning uchun 10 ta nashriyotdan takliflar kelib tushdi.Ularning ichidan 3 tasi qisqartirilgan ro‘yxatga kiritildi.Agar loyihaga ta’sir etadigan omillar teng deb faraz qilsak, K=10% teng va 5 yilda bir xil sifatdagi va sondagi uslubiy qo‘llanmalarni nashr etish talab etilsa, A nashriyot 14 mln.so‘m, B nashriyot 13 mln. so‘m va S nashriyot 13,5 mln. so‘m xarajatni to‘lab berishni taklif etsa, ulardan qaysi birini tanlab olish maqsadga muvofiq bo‘ladi?

  1. jadval

Yillik ekvivalent xarajatlar





Nashriyotlar

Nashr etiladigan yillar

Joriy xarajatlar qiymati
(mln.so‘m)

EAS-yillik ekvivalent xarajatlar
(mln.so‘m)

A

5

14

14/3,791=3,69

B

5

13

13/3,791=3,43

S

5

13,5

13,5/3,791=3,56

Ma’lumotlarni jadvaldagi ko‘rinishidan EAS-yillik ekvivalent xarajatlar B variantda kam bo‘lganligi uchun, boshqa ta’sir etadigan omillar hisobga olinmasa, B varian ma’qul bo‘lib hisoblanadi.



Download 37.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling