Mavzu: rasmiy-diplomatik uslub va uning xususiyatlari
Download 27.28 Kb.
|
RASMIY-DIPLOMATIK USLUB VA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasmiy-diplomatik uslub va uning xususiyatlari.
- Foydalanilgan adabiyotlar
MAVZU: RASMIY-DIPLOMATIK USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI. REJA: Rasmiy-diplomatik uslub Hujjat va uning turlari. Hujjatlarning zaruruy qismlari. Sohaga oid hujjatlar va ularning rasmiylashtirilishi. Rasmiy-diplomatik uslub va uning xususiyatlari. Huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida qo'llaniluvchi nutq uslubi rasmiy uslub hisoblanadi. Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi). holatlarda ro'y 2. Idoraviy — devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma); diplomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar). Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro'yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan holi bo'ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi — axborot uzatish va da'vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma'lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da'vat etish, axborot o'z aksini topgan bo'ladi. Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning o'ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Masalan, qaror, farmonlarning o'ziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatidagi fe'llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). Ma'lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi. Rasmiy ish qog'ozlarining sintaktik tuzilishi qat'iy qoliplarga bo'ysunadi. Masalan, «Ushbu ma'lumotnomani ko'rsatuvchi G'. Mo'minov haqiqatan ham O'zbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida dekan o'rinbosari lavozimida ishlaydi...» Publitsistik uslub va uning xususiyatlari. Publisistika (lat. «xalq, omma») davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy Majlis yig`inlarida, turli xil anjumanlarda qo`llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil shaklda namoyon bo`ladi: 1) yozma shakl; og`zaki shakl; Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning yozma shakliga mansubdir. Radio va televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari esa publitsistik uslubning og`zaki shaklidir. Publitsistik uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo`lish, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubida ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so`zlar ko`proq qo`llaniladi. M., isyon, irqchilik, qo`poruvchilar, siyosiy tanglik, bitim va boshqalar. Publitsistik uslub - matbuot, radio, teleko`rsatuvga xos bo`lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo`ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur o`rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining so`ziga ko`ra, muxbirimiz voqea ro`y bergan joydan xabar beradi ...» va hokazo iboralar qo`llanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo`yiladiki, bu hol o`quvchining diqqatini jalb qiladi. («Qonun barchaga barobarmi?», «Kafolat va‘da emas», «Chetlatilgan mutaxassis», «Tuya ko`rdingmi – yo`q», «Chumchuq so`ysa ham qassob so‘ysin»). Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo`shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko`zgusidir. Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalar bo`ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir. Publitsistika bir qancha janrlarga ega. Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publisislik uslub va badiiy uslub. Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: shunga ко‘rа; ma’lum i; ...ni e’tiborga olib; ...ga ко‘rа; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasliguni, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi. Yozma nutqning rasmiy uslubida, asosan, quyidagi munosabatlar doirasidagi hujjatlar tuziladi: 1. Huquqiy munosabatlarga oid: qonun fuqarolik va jinoyat aktlari, nizom, shartnoma va boshqalar. 2. Idoraviy-ma’muriy shaklga oid: dalolatnoma, buyruq va farmoyishlar, turli ish qog‘ozlari (ariza, tavsiyanoma, tilxat, ma’lumotnoma kabi). 3. Diplomatik munosabatlarga doir: bayonot, nota, bitim, memorandum va boshqalar. Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko'p. Hujjatlarning maqsadi, yo'nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar tiliga bo'lgan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar tuzish ishiga qo'yiladigan ko'pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o'ziga xos lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o'rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko'ra tasnif qilinadi. Tasniflashda mutlaqo bir xil guruhlashtirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay, ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlashtirish mumkin. Hujjatshunoslikdagi ana shu an'anaga ko'ra ish yuritishdagi hujjatlar eng avvalo tuzilish o'rniga ko'ra tasnif qilinadi. Bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi. Ichki hujjatlar ayni muassasaning o'zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir. 2. Hujjatlar mazmuniga ko'ra ikki turli bo'ladi: 1) sodda hujjatlar - muayyan bir masalani o'z ichiga oladi; 2) murakkab hujjatlar - ikki yoki undan ortiq masalani o'z ichiga oladi. Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy va qolipli (yoki trafaretli) hujjatlar farqlanadi. Matnning o'ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo'lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo'lsada, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo'ladi. 3.Hujjatlardagi eng muhim zaruriy qismlar va ularni rasmiylashtirish Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari: 1.Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi. 2.Ishonchnoma tartib raqami va berilgan vaqti (sanasi).3.Ishonchnoma berilayotgan shaxsning lavozimi va to‘liq nomi. 4.Qimmatbaho buyumlar olinadigan (beradigan) muassasaningnomi. 5.Ishonchnomaning berilish sababi. 6.Ishonchnomaning amal qilish muddati. 7.Ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namunasi. 8. Moddiy-buyum boyliklarini oluvchining shaxsiyatini tasdiqlovchi hujjatning nomi (pasport, guvohnoma). Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar - davlat muassasalari, kasaba uyushmalari, xo‘jaliklari, tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganligini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko‘ra notarial tasdiqdan o‘tishi zarur bo‘ladi. Shaxsiy ishonchnomalar –ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib berilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatli buyum, zaruriy hujjatlar olish, avtomobillarni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ish-larni bajarish uchun ishonch bildiriladi. Shaxsiy ishonchnoma erkin usulda odatda qo‘lda yoziladi, lekin unda, albatta quyidagi zaruriy qismlar bo‘lishi shart: Tasdiqlanishiga ko‘ra shaxsiy ishonchnomalar oddiy va notarial turlarga bo‘linadi. Odatda ish haqi, nafaqa, stipendiya, pochta jo‘natmalarini olish uchun yozil-gan oddiy shartnomalar uni yozgan shaxs ishlovchi yoki ta’lim oluvchi muassasa, o‘quv yurti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Notarial ishonchnomalar notarial idoralar ular bo`lmagan shaharchalar, qishloqlar va fuqarolar yig‘inlarining raislari, oqsoqollar tomonidan tasdiqlanadigan ishonchnomalardir. Ichki xizmat ma’lumotnomasi- muassasa ichki ishlari, xo‘jalik faoliyati, biror tarkibiy bo‘linma yoki ayrim xodimning ishi, faoliyati haqida tayyorlanib shu muassasa rahbariga yo‘llanadi va tuzuvchi tomonidan imzolanadi,oddiy qog‘oz varag‘iga qo‘lda yozilishi ham mumkin. Tashqi xizmat ma’lumotnomasi muayyan muassasa nomidan yuqori idora yoki mansabdor shaxslarga, ular ko‘rsatmasiga, talabiga muvofiq tayyorlanib jo‘natiladi hamda xos ish qog‘oziga yoki maxsus bosma ish qog‘oziga yoziladi va muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Hujjat nomima’lumotnoma). 1. Ma’lumotnoma matniga sarlavha (xat boshidan yoziladi). 2. Asosiy matn (ma’lumotnomamazmuni). 3. Mansabdor shaxs. Ma’lumotnoma –bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunini ifodalaydigan hujjatdir. Ma’lumotnoma o‘z xususiyat va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnoma-ga bo‘linadi. Tilxatning asosiy zaruriy qismlari: 1.Hujjatning nomi(tilxat). 2.Matn a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi. b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, ismi va otasining ismi, familiyasi (zaruriyat bo‘lganda muassasa nomi). v) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nom I va ularni miqdori (zaruriyatbo‘lgandabahosi). g) olinayotgan buyumning texnik holati. 3.Tilxat berilgan sana. 1 • Ma’lumotnoma beruvchi tashkilotning nomi. 2 • Ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi. 3 • Hujjat turining nomi (ma’lumotnoma). 4 • Ma’lumotnoma berayotgan shaxsning ismi,otasining ismi va familiyasi. 5 • Ma’lumotnoma matni. 6 • Ma’lumotnomaning maqsadi. 7 • Mansabdor shaxsning imzosi. 8 • Muhr. Tilxat pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganli-gini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda puli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi. 4.Tilxat muallifining imzosi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi,qavs ichida esa so‘zlar bilan ham berilishi shart. Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda bunday hujjatning haqiqiyligi shubxa ostiga olinishi mumkin. Tushuntirish xati xizmat sohasidagi, xizmatga aloqadormasalani, uning ay-rim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa rahbariga yoki yuqori tashkilot-ga yo‘llanuvchi hujjatdir. Tushuntirish xatining zaruriy qismlari: 1.Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to‘liq nomi. 2.Hujjatni tayyorlagan muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi. 3.Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati). 4.Hujjat matni. 5.Imzo. 6.Sana. Hisobotning zaruriy qismlari: 1. Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday bo‘lim yoki shaxs tomoni-dan berilayapti. 2. Hujjatning nomi (hisobot). 3. Hisobot matni. 4. Lavozimi, ismi va otasining ismining bosh harflari, familiyasi, imzo. 5. Sana. 6.Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi. Xulosa Rasmiy ish qog ‘ozlarini o ‘zlashtirish orqali talabalarda rasmiy ish hujjatlarni yozish, imloviy, ishoraviy xatolarga yo ‘l qo ‘ymaslik, hujjatlar bilan ishlashish ko ‘nikmasi shakllanadi. Bundan tashqari ular turli hujjatlarni yozilish tartibini o ‘rganib, kelajakda foydalanish uchun asos bo ‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Sh. Raxmatullayev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. 2006. N. Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. Talqin.2005. Download 27.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling