Mavzu. Rasmiy idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari
-topshiriq. Matnni o’rganing va o’g’zaki bayon qiling
Download 220.18 Kb. Pdf ko'rish
|
11-MAVZU
2-topshiriq. Matnni o’rganing va o’g’zaki bayon qiling.
Rasmiy hujjatlar ikki xil bo’ishi mumkin: ijodiy va qolipli. Ijodiy hujjatlar, odatda, qog’ozda yoziladi. Bunga ariza, tarjimayi hoi, tushuntirish xati, bayonnoma, vasiyatnoma, tavsiyanoma. tafsifnoma, qaror, tilxat, adres, telegramma, rasmiy tushuntirish xatlari kiradi. Bunday hujjatlami avval qolda yozib, so'ngra mashinkada ko‘chirish mumkin. Qolipli hujjatlar maxsus shakllardagi rasmiy varaqlar (blank, formalar)dan iborat bo‘lib, zarur savollar unga kiritilgan bo’adi. Bunday hujjatlarga xizmat safari guvohnomasi, shaxsiy varaqalar, mehnat daftarchalari, statistika-moliya hujjatlari, kasallik varaqasi, shartnoma, bitim, guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shtat jadvali kiradi. Hujjatlarning shakliy tomoniga qat’iy rioya qilinadi: hujjat yuboriladigan tashkilot yoki shaxs (lavozimi bilan) qog'ozning okng burchagiga o‘z munosabatini bildiradi („Roziman“, „Tekshirilsin“ kabi), hujjat nomi bosh harflar bilan alohida xat o‘rtasiga yoziladi. Hujjat matnidan so'ng xat oxirida sana va hujjat egasining imzosi va ismi, otasining ismi, familiyasi beriladi. Hujjatlarning aynan o‘zi, ko‘chirmasi yoki uning ayni kserokopiyasi bo'lishi mumkin. Odatda, hujjatning ayni (asl) nusxasi idoralarda qabul qilinadi. Kserokopiyasi esa hujjatning aynan asl nusxasi yo'qolmasligi uchun saqlanadi. Ba’zi idoralarda vaqtincha, asl nusxa berilgunga qadar qabul qilinishi mumkin. Ayrim hujjatlar keng hajmda bo‘lsa (masalan, buyruq, qaror, bayonnomalar), ma’lum shaxs o‘ziga zarur qismini ko‘chirma nusxa qilib olishi mumkin. Buyruqdan ko‘chirma olishda biror shaxsga yoki idoraga oid qismi ko‘chiriladi. Buyruqdan ko‘chirmada „asliga to‘g’ri“ deb kotib yozadi va imzosini qo’yadi, sanasini ko'rsatadi.
Download 220.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling