Mavzu: Raxbarlik psixologiyasida raxbarlikning 13 qobilyati
Oiladagi bola tarbiyasida milliy an’analardan foydalanish
Download 0.78 Mb.
|
oilada bola tarbiyasida an\'analardan
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT…
Oiladagi bola tarbiyasida milliy an’analardan foydalanish.
Hozir xalqning milliy an’analari, urf - odatlari, ruhiyati, hayoti va oila turmushi haqida o‘quvchi - yoshlarga ilmiy ma’lumot berish dolzarb masala. O‘zbek xalqi o‘z oilaviy an’analari bilan jahon hamjamiyatida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan eng qadimgi xalqlardan biri sifatida mana shunday bebaho, boy xazinaga ega. Buning uchun o‘zbek xalqining oila an’analarini bilishimiz, boyitishimiz, takomillashtirishimiz, saqlashimiz hamda keyingi avlodlarga etkazish har birimizning muqaddas vazifamiz bo‘lmog‘i darkor. Eng asosiysi oila an’analaridan yosh avlodni tarbiyalashda foydalanishni hozirgi hayotning o‘zi talab qilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturida “YOsh avlodni ma’naviy - ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy - tarixiy an’analariga, urf - odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etaladi”2 - deb alohida ta’kidlangan.Biz tomonimizdan asoslanayotgan, ishlab chiqilayotgan mazkur material oilada o‘quvchi - yoshlarni milliy an’analar vositasida tarbiyalashning tarkibiy bir qismi ya’ni yo‘nalishini tashkil qiladi. Buning uchun oilada ota - onalarning oila an’analari haqidagi ma’lumotlarini tarkib toptirishdan boshlash darkor. Bu ishni avval an’analarning nimaligi haqida tushuncha berishdan boshlash maqsadga muvofiq.
An’ana - bu jamiyatda ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning ongida, hayotida barcha sohalarni qamrab olgan, o‘z o‘rnini topgan, ajdodlardan - avlodga o‘tib turadigan, takrorlanadigan oila hayotida qo‘llanadigan umumiy tartib, qoidalar va tajribalar yig‘indisi deb ta’riflash mumkin.Oilaviy an’analar esa ijtimoiy, ommaviy hodisa bo‘lib, oila hayotining barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan ya’ni turmush tarzi, mehnat, ahloq - odob, madaniyat, ma’naviyatlarida o‘z o‘rnini olgan, avloddan avlodga o‘tib turadigan, takrorlanadigan, qo‘llanadigan oilaviy tartib - qoidalar yig‘indisi deb tushunish zarur. Oilaviy an’analarning hayotda tadbiq qilinish hajmi, ko‘lami, doirasi ijtimoiy an’analarga qaraganda nisbatan torroq yo‘nalishga ega. SHu nuqtai nazardan yondoshganda oilaviy an’analar davlat miqiyosidagi ta’lim - tarbiya muassasalari, mehnat jamoalari an’analaridan shakli, mohiyati, mazmuni hamda o‘ziga xos milliy xususiyatlari bilan ajralib turadi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT…Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling