Mavzu: rdb qurilmalari va tizimlarini elementlari


Download 449.91 Kb.
bet6/7
Sana18.02.2023
Hajmi449.91 Kb.
#1212308
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RDB qurilmalari va tizimlarini elementlari



3. Mashinasozlik umumiy maxsulotlarining 75-80% gachasi seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishga to`g`ri keladi, bu ishlab chiqarishlarni bajarishga ishchi vaqtining ko`p sarflashi bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, mashinasozlikda texnologik operatsiyalarni bajarishga umumiy vaqt me’yorining 20-30% ni asosiy texnologik vaqtni tashkil etsa, yordamchi vaqt umumiy vaqtning 70-80% ni tashkil etadi.
Yordamchi vaqt sarfini qisqartirishning asosiy yo`nalishi bo`lib ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish xisoblanadi. Biroq, mayda seriyali ishlab chiqarishda yuqori unumdorli dastgoxlarni qo`llab an’anaviy avtomatlashtirishni bajarish (revolverli, agregatli va ko`p keskichli dasgoxlar, kulachokli bir shpindelli va ko`p shpindelli avtomatlar va avtomatik liniyalar) amaliy jixatdan imkoni yo`q, chunki bu dastgoxlarning tannarxi juda xam yuqori va dastgoxlarni dastlabki sozlashning ish xajmi juda xam katta. Bu barcha sarflar mayda seriyali va seriyali ishlab chiqarishlarda bir necha yoki bir necha o`nlab va xatto
yuzlab dona ishlov beriladigan zagatovkaning tannarxiga kiradi va ularni tayyorlash baxosini misli ko`rilmagan darajada oshirib yuboradi. Mayda seriyali va seriyali ishlab chiqarishlarda zagatovkalarga mexanik ishlov berish jarayonlarini avtomatlashtirishning asosiy yo`nalishlaridan biri sonli dastur bilan boshqariladigan (SDB) dastgoxlarini qo`llash xisoblanadi. Sonli dastur bilan boshqarish deganda berilgan son shaklida keltirilgan boshqarish dasturi bo`yicha dastgoxda zagatovkalarga ishlov berishni boshqarish tushiniladi. Bunda boshqaruvchi dastur aniq bir detalga dastgoxning tegishli berilgan algoritmi bo`yicha ishni bajarish uchun dasturlash tilida
buyruqni bajarishni yig`indisidan iborat bo`ladi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgoxlar yarim avtomat va avtomatlardan iborat bo`lib, ularning barcha xarakatlanadigan organlari tegishli ishchi va yordamchi avtomatik xarakatlarni amalga oshiradi. Bu xarakatlar avvaldan o`rnatilgan, perforirlangan qog`ozga (ba’zida magnitliga), tasma yoki diskka yozilgan dastur bo`yicha amalga oshiriladi. Sonli dastur bilan boshqariladigan dasgohlarda murakkab, tayyorlash kimmatga tushadigan va sozlash uchun katta mexnat talab qiladigan kulachokli, andozali va tayanchlar sonli dastur bilan boshqariladigan tizimida talab qilinmaydi. Bu esa kichik partiyali, ayrim xollarda esa yakka zagatovkalarga ishlov berishni rentabelli qiladi, sozlashni osonlashtiradi va jadallashtiradi (ayniqsa zagatovka juda xam murakkab konstruksiyaga ega bo`lganda).
IR320PMF4 modelli ko‘poperatsiyali dastgoh 5-rasmda ko‘rsatilgan. Bu dastgoh IR500MF4 modelli dastgohlardan farqlanib, unda ish yuzasi vertikal joylashgan stol va bo‘ylama suriladigan shpindel bor. Dastgoh stolini uch xil rejimda aylanishiga imkon beradi.

  1. Pozitsiyagi burish rejimi-stolni ±5 sekund aniqlikda istagan burchakka burish mumkin;

  2. Aylana bo‘yicha frezerlash rejimida stol 10 ayl/min gacha chastota bilan aylanadi;

  3. Tokarlik ishlov berish rejimida stol 200 ayl/min gacha chastota bilan aylanadi.





      1. rasm. IR320PMF4 modelli ko‘p operatsiyali dastgoh.

Bu dastgohlar burish stoli ish yuzasining turli o‘lchamlariga ega hamda turlicha tuzilgan asboblar magazinlari bilan jihozlangan. O‘lchamlariga HR3C modelli dastgoh (6-rasm) stolning ish yuzasi 400×400 mm o‘lchamlmi bo‘lib u 30,45 va 60 ta asbob joylashadigan diskli magazinlar bilan jihozlangan.




      1. rasm. HR3C modelli ko‘p operatsiyali dastgohi.




      1. rasm. HR5V modelli ko‘p operatsiyali dastgohi.

Stolning ish yuzasi 630×630 mm li bo‘lgan HR5V modelli dastgohlar (7-rasm) ham 32,46 va 60 ta asbobga mo‘ljallangan xuddi shunday kvadrat shakliga ega bo‘lgan zanjirli magazin bilan jixozlangan.
Dastgohlar paletalli yuklash qurilmalar bilan jixozlangan bu esa zagotovkani o‘rnatish va olishga ketadigan vaqtlarni kamaytirishga imkon beradi.

Download 449.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling