Asosiy vositalarning yo‘qlamasi.
Yo‘qlamaning asosiy maqsadi korxonaning asosiy fondlarini haqiqiy borligini
va sifat holatini aniqlash, texnik hujjatlarini(pasporti, ta’rifi, loyihasi va sh.k.)tekshirish, buxgalteriya ma’lumotlarini aniqlashdan iborat.
Asosiy vositalarning yo‘qlamasi 5 va 19-BHMAga asosan amalga oshiriladi.5 – BHMAga ko‘ra asosiy vositalar vaqti –vaqti bilan, lekin kamida ikki yilda bir marta yo‘qlamadan o‘tkaziladi.
Yo‘qlama korxona rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Yo‘qlama o‘tkazish natijasi bo‘yicha inv. –1 shaklida yo‘qlama ro‘yxati tuziladi. Quyida bu shaklni keltiramiz:
31