Mavzu. Reja: Asosiy vositalarni turku


Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga olish tartibi


Download 1.37 Mb.
bet15/17
Sana30.10.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1733859
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
audid3

7. Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga olish tartibi.
Asosiy vositalar foydalanish jarayonida ularning fizik xossa va sifatlari yo‘qolib
boradi. Ularni tiklash uchun korxona ta’mirlash ishlarini o‘tkazishi mumkin.
Asosiy vositalar ta’mirining ikki turi mavjud:
1. Kapital ta’mir;
2. Joriy ta’mir.

26



Bir yildan ortiq muddatda o‘tkaziladigan mashina va jihozlar ta’miri kapital tamir hisoblanadi. Bu ta’mirda agregatni qismlarga ajratish, barcha eskirgan detal qismlarni almashtirish yoki tiklash, yi-gish, sozlash va sinash ishlari bajariladi.
Bino va inshootlarni kapital ta’mirlashda eskirgan konstruksiya va detallar ta’mirlanadigan ob’ektlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilaydigan yangilari yoki mustahkamroq va tejamliroqlari bilan almashtiriladi.
Kapital ta’mirda mashina va jihozlar uzoq muddatga to‘xtatib qo‘yilishi mumkin. Joriy tamir bir yildan kam muddat ichida o‘tkaziladi hamda mashina va jihozlarni
uzoq muddatga to‘xtatib qo‘yish bilan bog‘liq emas.
Ta’mir ishlari boshlanishiga qadar nuqsonlar qaydnomasi asosida tuziladigan
smstalarga muvofiq har bir ob’ekt bo‘yicha normativ xarajatlar miqdori aniqlanadi. Smetada ta’mirning barcha turlari uchun xarajatlar aniq bir jihoz turini ta’mirlashning mehnattalabligini tavsiflaydigan murakkablik birligiga to‘g‘ri keladigan normativlar bo‘yicha yoki ularning turi hamda rejalashtirilgan ish hajmi bo‘yicha xarajatlar me’yorlari asosida hisoblab chiqariladi.
Korxona asosiy vositalarini ta’mirlash pudrat yoki xo‘jalik usulida bajarilishi mumkin.
Pudrat usulida bajarilganda korxona ta’mirlash qurilish tashkiloti bilan pudrat shartnomasini tuzadi.
Xo‘jalik usulida esa ta’mir o‘z kuchi bllan amalga oshiriladi.
Ikkala usulda ham ta’mirlash xarajatlari ishlab chiqarish xarajatlari hisobidan
qollanadi. Buning uchun esa korxonada maxsus zaxira tashkil etiladi. Zaxira O‘zbekiston Reslublikasi Moliya vazirligi ruxsati bilan tashkil etiladi. Zaxira summasi korxona-ning o‘zi mustaqil belgilaydigan normativ miqdorda har oyda mahsulot tannarxiga o‘tkazilib boradi. Normativ 5 yil muddatga qatiy belgilangan summada yoki asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga nisbatan foizlarda ishlab chiqilishi kerak aybdor shaxs topilmaganligi sababli davr xarajatlariga o‘tkazildi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
-Boshlang‘ich qiymatni hisobdan chiqarish:
Dt 9210-"Asosiy vositalarning realizasiyasi va boshqacha chiqib ketishi" - 240000
so‘m;
Kt 0130-"Mashina va jihozlar" - 240000 so‘m.
-eskirish qiymati hisobdan chiqariddi:
Dt 0230-"Mashina va jihozlar eskirishi" - 160000 so‘m;
Kt 9210- "Asosiy vositalarning realizasiyasi va boshqacha chiqib ketishi" - 160000
so‘m.
- kamomad summasi qimmatliklarning me’yordan ortiqcha tabiiy yo‘qolishidan ko‘rilgan talofatlarni hisobga olish hisobvarag‘iga o‘tkaziddi (240000-160000) 80000 so‘m;
Dt 5910-"Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar" - 80000 so‘m;
Kt 9210-"Asosiy vositalarning realizasiyasi va boshqacha chiqib ketishi"-80000
so‘m.
- Agarda aybdor shaxs aniqlanmasa kamomad summasi davr xarajatlari tarkibida aks ettiriladi - 80000 so‘m:
Dt 9430-"Boshqa Operatsion xarajatlar" - 80000 so‘m;
Kt 5910-"Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar" - 80000 so‘m. Agarda asosiy vositalar kamomadi bo‘yicha aybdor shaxs aniqlansa, kamomad
summasi aybdor shaxsdan undiriladi.

27



Masalan, "Omad" hissadorlik jamiyatida hisobot yilida boshlang‘ich qiymati 50000 so‘mlik jihoz kamomadi aniqlandi. Jihozga hisoblangan eskirish 23000 so‘m. Jihoz qiymati aybdor shaxsdan ikki hissa qilib undirildi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
- Boshlang‘ich qiymatni hisobdan chiqarish:
Dt 9210- "Asosiy vositalarning realizasiyasi va boshqacha chiqib ketishi" - 50000
so‘m;
Kt 0130-"Mashina va jihrzlar" - 50000 so‘m.
- eskirish qiymati hisobdan chiqarildi:
Dt 0230-"Mashina va jixozlar eskirishi" - 23000 so‘m;
Kt 9210-"Asosiy vositalarning realizasiyasi va boshqacha chiqib ketishi" - 23000
sum.
- Kamomad summasi qimmatliklarning me’yordan ortiqcha tabiiy yo‘qolishidan ko‘rilgan talofatlarni hisobga olish hisobvarag‘iga o‘tkazildi - 27000 so‘m;
Dt 5910-"Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar" - 27000 so‘m;
Kt 9210-"Asosiy vositalarning realizasiyasi va boshqacha chiqib ketishi" - 27000
so‘m.
- kamomad summasi ikki hissa qilib undirish asosida moddiy javobgar shaxs zimmasiga o‘tkazildi (50000- 23000)x2=54000 so‘m;
Dt 4730-"Etkazilgan moddiy zararni qoplashda xodimlarning qarzi" - 54000 so‘m;
Kt 5910-"Kamomadlar va qimmatliklarni shikastlashdan talofatlar" - 27000 so‘m; Kt 9310-"Undirilgan jarima, boqimanda va burdsizliklar" - 27000 so‘m.
Asosiy vositalarni inventarizasiya qilish natijasida ortiqcha mol-mulk mavjudligi
aniqlansa, u moliyaviy natijalarga kirim qilinadi:
Dt Asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraq-lari;
Kt 9390-"Boshqa Operatsion daromadlar".


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling