Mavzu; Reja. Inson mehnat faoliyatiga ta‟sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari


Download 84.44 Kb.
Sana14.12.2020
Hajmi84.44 Kb.
#166658
Bog'liq
Samar

Mavzu;

Reja.

1.Inson mehnat faoliyatiga ta‟sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari.

2.Texnosfera havosi tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta‟siri, ularga qarshi chora-tadbirlar.

3.Ishlab chiqarishda mo'tadil ob-havo sharoitini yaratish.

1.Inson mehnat faoliyatiga ta'sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari. Ishlab chiqarishda kasb kasalliklarining oldini olish va ishlab chiqarish jaroxatlarini kamaytirishda, ushbu baxtsiz xodisalarni chuqur taxlil qilish asosida ularni keltirib chikaruvchi sabablarni hamda ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillarni puxta urganish muhim rol uynaydi. Baxtsiz xodisalarning sabablari asosan 4 guruxga bulinadi, ya'ni texnikaviy, sanitar-gigenik, tashkiliy va psixofiziologik. Texnikaviy sabablarga mashina va mexanizmlar hamda ish jixozlarining nosozligi, elektr kurilmalarining yerga ulanmaganligi, yuklash-tushirish mashinalaridan noto'g'ri foydalanish, mashina va mexanizmlar konstruktsiyasini mehnat muxofazasi talablariga javob bermasligi kabilar kiradi.

Sanitar-gigenik sabablarga esa mehnat gigienasi, sanitar normalar va qoidalarga amal qilmaslik, yeritilganlik, harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi, havoning bosimi kabi kursatkichlarni meyordan chetga chiqishi, yukori miqdordagi shovkin, titrash, havoning changlanganligi yoki gazlanganligini kiritish mumkin. Tashkiliy sabablarga ish rejimi va dam olish rejimini noto'g'ri tashkil etilganligi, sog'lom va xavfsiz ish sharoitini yaratilmaganligi, ishchilarni xavfsizlik texnikasi koidalari bo'yicha ukitilmaganligi, ish joylarida ogoxlantiruvchi belgilarni bulmasligi, mutaxassislik bo'yicha ishga kabul kilmaslik, maxsus kiyim boshlar va shaxsiy ximoya vositalari bilan ishchilarni ta'minlanmaganligi va boshqalar misol bula oladi. Psixofiziologik sabablarga bajarilayotgan ishga e'tiborsiz qaralishi, ishchining o'z faoliyatiga bo'lgan nazoratining bo'shlig'i, jismoniy yokiasabiy tolikish va boshka shu kabilar kiradi.  

Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar baxtsiz xodisalarni keltirib chikaruvchi sabablardan fark kiladi. Baxtsiz xodisalarning sabablari mehnat muxofazasi bo‟yicha standartlar, qonun-koidalar va kursatmalarning buzilishi, ularga amal kilmaslik okibati bo‟lsa, ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar esa bevosita jaroxatlanishlarni keltirib chikaruvchi shart-sharoitlar xisoblanadi.Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar ishning turi va mehnat sharoitiga bog'liq xolda 4 guruxga bulinadi: fizikaviy, ximiyaviy, biologik va psixofiziologik.   Fizikaviy omillarga harakatdagi mashina va mexanizmlar, ularning ximoyalanmagan kuzgaluvchi mexanizmlari, ish joyi havosining yukori darajada changlanganligi, gazlanganligi, yukori miqdordagi shovkin, titrash, infratovush, ultratovush, ionli va elektr magnitli nurlanishlar, statik elektr zaryadlari, ulьtrabinafsha va infrakizil nurlar, yukori kuchlanishdagi elektr yoki magnit maydonlari, yeritilganlik darajasining me‟erdan chetga chiqishi kabi omillar kiradi;  

Ximiyaviy omillarga- ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan yoki ajralib chikadigan turli xil ximiyaviy moddalar kiradi. Ularni insonga ta‟sir etish xususiyatiga karab kuyidagi guruxlarga ajratish mumkin: umumiy zaharlovchi, kupayish funktsiyalariga ta‟sir etuvchi; inson a‟zolariga kirish yuli orqali esa: nafas olish yuli orqali ta‟sir etuvchi, ovkatlanish va xazm kilish sistemasi orqali va bevosita teri orqali ta‟sir etuvchi omillar.   Biologik omillarga esa har xil jaroxatlar va kasalliklarni keltirib chikaruvchi mikro va makroorganizmlar: bakteriyalar, viruslar, rikket, zamburuglar, har xil zaharli usimliklar va xayvonlar kiradi.   Psixofiziologik omillarga jismoniy va asabiy zurikishlar misol bula oladi. Jismoniy zurikishlar statik, dinamik va gipodinamik xolda bulishi mumkin. Asabiy zurikish esa kuchli akliy mehnatdan, mehnatni doimiy bir xil ko‟rinishda bulishidan, kuchli xayajonlanish yoki asabiylashishdan sodir bo‟ladi.  

2.Texnosfera havosi tarkibidagi ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning inson organizmiga salbiy ta‟siri, ularga qarshi chora-tadbirlar. Ishlab chiqarishdagi ko‟pgina jarayonlar turli xil tarkibdagi chang va gazlarni ajralib chiqishi bilan amalga oshadi. SHu sababli, sof toza havo deyarli uchramaydi va havo tarkibida hamisha ma‟lum miqdorda ( 1m3 toza havo tarkibida 0,25 mg.dan 0,5 mg. gacha) changlar bo‟ladi. CHanglar ko‟rinishi va tarkibiga bog‟liq holda quyidagi guruxlarga bo‟linadi: organik, noorganik (mineral) va metall changlari. Yirik changlar nafas olganda burun bo‟shlig‟ida kolib, o‟pkaga kirmaydi. Mayda changlar esa (asosan, ulchami 10 mk. dan kichik bo‟lgan changlar) nafas orqali burun bo‟shlig‟idan o‟tib, o‟pkaga o‟rnashadi va vaqt o‟tishi bilan turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniksa diametri 0,3 mikrometrdan kichik changlar qonga tushishi ham mumkin.

CHanglar o‟z zarrachalari yuzasida turli xil zararli moddalar (mыshьyak, berilliy, kadmiy, nikelь, qo‟rg‟oshin, xrom, mis, asbest, vanadiy va b.) bilan bog‟lanib insonni kuchli zaharlanishiga sabab bo‟ladi.   Yuqorida keltirilgan chang turlari ichida ayniqsa metall changlari, jumladan qo‟rg‟oshin changlari inson uchun juda xavflidir. Qo‟rg‟oshin changlarining havo tarkibidagi juda oz qontsentratsiyasi ham inson sog'ligiga salbiy ta‟sir etadi

3.Ishlab chiqarishda mo'tadil ob-havo sharoitini yaratish. Ishlab chiqarish binolari va ish joylarining mikroiklimi ishchining sog'ligiga va ish unumdorligiga ta'sir etuvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.Ishlab chiqarish xonalarining mikroiklimi xona havosining harorati, nisbiy namligi, havo, bosimi, havoning harakatlanish tezligi hamda issiq ish jihozlari yoki materiallari ta'siridagi issiqlik nurlanishining intensivligi orqali harakterlanadi.Ishlab chiqarish muhiti sharoitida ushbu ko'rsatkichlarning miqdori keng oraliqda o'zgarib turishi mumkin. Ularning miqdorlari yilning sovuq yoki issiq davriga, texnologik jarayon turiga, ishning kategoriyasiga bog'liq bo'ladi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida mikroiqlim holatini harakterlovchi ushbu ko'rsatkichlarning optimal miqdorlari o'rnatilgan bo'lib, bu sharoitda ishchi o'zining barcha imkoniyatlarini ishga solish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Vaholanki, mikroiklim ko'rsatkichlarini belgilangan me'yordan chetga chiqishi ishchining sog'ligiga ham, ish qobiliyatiga ham salbiy ta'sir etadi. Ish joylari yoki ishlab chiqarish xonalari havosi haroratining yuqori bo'lishi inson organizmidan issiqlik ajralib chiqishini susaytiradi, natijada organizmning harorati oshadi, yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, ter ajralib chiqishi kuchayadi, kishining e'tibori hamda ko'rish va eshitish a'zolarining reaktsiya tezligi susayadi. Atrof-muhit haroratining susayishi ham inson sog'ligiga katta salbiy ta'sir kursatadi, chunki atrof-muhit haroratining sovushi tana haroratini susayishiga olib keladi, natijada qon aylanish jarayoni susayadi, qonning immunobiologik xususiyati kamayadi, nafas olish yo‟llarini kasallanishiga, revmatizm, gripp kabi kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi.Bundan tashqari havoning tezligi ham muhim faktorlardan biri hisoblanadi.


Download 84.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling