munosabati bilan bog‘langan bo‘lib, uni Geyzenberg noaniqlik munosabati deb ataladi. va kattaliklarini shu ma’noda tushunish kerakki, mikrozarralarning koordinatasini va unga mos keladigan impuls proyeksiyasini bir vaqtda o‘lchab bo‘lmaydi. O‘lchash aniqligi mikrozarralar koordinatalari va impulsini bir vaqtda o‘lchashda qo‘llanadigan o‘lchov qurilmalarning mukammalligiga bog‘liq emas. U moddiy mikroobektlarning ikki tomonlama korpuskulyar-to‘lqin tabiatining namoyon bo‘lishidir. Noaniqliklar munosabati mumtoz mexanika tushunchalarini mikrozarralarga qanday darajada qo‘llash mumkinligini baholash imkonini beradi. U ko‘pincha trayektoriyaning mumtoz tushunchasini mikroobektlarga qo‘llanmasligini ko‘rsatadi, chunki trayektoriya bo‘yicha harakat har qanday lahzada kordinatalarning va tezlikning ma’lum qiymati bilan ta’riflanadi. Ko‘rib chiqilgan xayoliy tajribada fotoplastinkagacha va tirqishdan o‘tgandan keyin qandaydir aniq elektron o‘tadigan trayektoriyani ko‘rsatish umuman mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |