Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/29
Sana03.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1744096
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
Mavzu rejasi Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzi

Yahudiylik ta’limoti. Yahudiylik ta’limoti tо‘rt asosga tayanadi: 
1. Olamlarni yaratuvchi yagona xudo – Yahvega imon keltirish. Yahve sо‘zi 
«rabb, parvardigor» ma’nosini bildiradi. Tavrotning «Chiqish» kitobida Xudoning 
Musoga aytgan ushbu sо‘zi keltiriladi: «Yahve – ota-bobolaringiz Ibrohim, Ishoq, 
YA’qublarning parvardigori, u meni sizga yubordi» (Chiqish: 3). Mil. av. VI asr 
oxirlarida yahudiy ruhoniylari oddiy xalq hurmatini pasaytirib qо‘ymasliklari uchun 
Yahve sо‘zini ishlatishni man etib, uning о‘rniga murojaat uchun «Adonay» («Rabb, 
Xoja») sо‘zini qо‘llashni buyurganlar. Shundan sо‘ng faqat ruhoniylargagina ibodat 
vaqtida Yahve nomini tilga olishlariga ijozat berilgan.
Yahudiylik ta’limotiga kо‘ra, Yahve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, 
juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam 
olishni buyurdi. Shu sabab yahudiylik dinida shanba kuni ulug‘ kun hisoblanib, 
hech bir ishga qо‘l urilmaydi. 
2. Yahudiylar yer yuzidagi xalqlarning «eng mumtozi» va u «dunyoda berilajak 
in’omlarning eng haqlisi» ekanligi. Ular о‘zlarini Xudo tomonidan saylangan, 
muqaddas xalq ekanini, yahudiyning ruhi Xudoning bir qismi hisoblanishini da’vo 
qiladilar.
3. Messiya – xaloskorning kelishi haqida. Unga kо‘ra, oxirzamonda Yahve 
yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) 
dunyoni isloh qilgan holda qaytadan quradi; 2) butun yahudiylarni Sinion atrofida 
tо‘playdi; 3) ularning barcha dushmanlarini jazolaydi. 
4. Oxirat kuniga ishonish. Yahudiylikda oxirat haqidagi tasavvurlar, asosan 
Talmudda bayon etilgan. Unga kо‘ra, Yahvega chin e’tiqod qilganlar oxiratda 
mukofotlanadilar. Aksincha, uning qonunlarini buzganlar shafqatsiz jazo oladilar. 


17 
Yahudiylik ta’limoti bо‘yicha Muso payg‘ambar Tur tog‘ida Yahve bilan 
uchrashganda Yagona Xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan. Ushbu lavhalarda 
mazkur din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat bor edi. Bu nasihatlar Tavrotning 
«Ikkinchi qonun» kitobidan о‘rin olgan bо‘lib, yahudiylar ularga qat’iy rioya 
qilishlari shart. Ular quyidagilardir: 
1. Yahvedan boshqani iloh deb bilmaslik; 
2. But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik; 
3. Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik; 
4. Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag‘ishlash; 
5. Ota-onani hurmat qilish; 
6. Nohaq odam о‘ldirmaslik; 
7. Zino qilmaslik; 
8. О‘g‘rilik qilmaslik; 
9. Yolg‘on guvohlik bermaslik; 
10. Yaqinlarning narsalariga kо‘z olaytirmaslik. 
Yahudiylarning muqaddas diniy manbalaridan hisoblangan Talmudda 
yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan. Unda yahudiylar amal qilishi va 
bajarishi lozim bо‘lgan 248 ta buyruq, 365 ta taqiq mavjud. Ular yahudiyning 
ovqatlanishi, kiyinishi, ozodaligi, kun tartibi, ibodatlari, marosimlar va 
bayramlariga taalluqli masalalarni о‘z ichiga oladi.
Har bir yahudiy ushbu buyruq va taqiqlarga umri davomida rioya qilishi shart. 
Masalan, har bir yahudiy farzandi tug‘ilganining sakkizinchi kuni xatna qilinadi. 
Shuningdek, yahudiylar о‘zlarining maxsus qassoblari – shoyixet tomonidan diniy 
qoidalariga muvofiq sо‘yilgan gо‘shtlarnigina (tо‘ng‘iz gо‘shti yahudiylikda 
harom hisoblanadi) iste’mol qiladilar. Kiyinish masalasidagi qoidalar, asosan, 
erkaklarga tegishli. Ularning kiyimlari bir rangdagi (sidirg‘a) matodan uzun qilib 
tikilgan bо‘lishi, chо‘ntaklari beldan pastda joylashishi lozim. Boshlari esa, doimo, 
hatto uyquda ham yopilgan bо‘lishi kerak. Ibodat paytida yahudiylar maxsus 
ibodat choyshabi – «tales»ni yelkalariga tashlab oladilar. Uning qirg‘oqlarida olti 
yuz о‘n uchta tugun tugilgan bо‘lib, bu narsa yahudiy tomonidan yuqorida aytib 
о‘tilgan «248 ta buyruq va 365 ta taqiqqa amal qilishni yelkamga olaman, degan 
ma’noni anglatadi». 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling