Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/29
Sana03.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1744096
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
Mavzu rejasi Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzi

Konfusiyning falsafiy qarashlari. Konfusiy komil inson (szyun-szi) haqidagi 
g‘oyani yaratdi. Szyun-szi, ya’ni yuksak ma’naviyatli inson ikki asosiy xususiyatga 
ega bо‘lishi kerak: insoniylik va mas’uliyat (ajdodlar oldidagi qarz)ni his qilish. 
Komil inson, eng avvalo, ishonchli va fidoiy bо‘lishi lozim. U buning uchun 
tinimsiz, о‘zini ayamasdan о‘z ishonchi, hukmdori, о‘z otasi va о‘zidan katta 
barchaga birday xizmat qilishi va doimo kamolot sari intilishi zarur. 
Konfusiychilikning ilk kо‘rinishida axloq masalasi birinchi о‘ringa qо‘yilgan, 
diniy e’tiqod esa ikkinchi darajali sanalgan. Diniy masalalar, aqidalarga 
konfusiychilik ancha sovuqqon munosabatda bо‘lgan, ba’zi о‘rinlarda ularni inkor 
qilgan. Konfusiy ham о‘z vaqtida qadimgi Xitoyda keng tarqalgan ruhlarga e’tiqod 
masalasiga shubhali munosabatda bо‘lgan. «Lunyuy» (Konfusiyning falsafiy 
fikrlari va suhbatlari majmuasi, konfusiychilikning asosiy manbasi)da 
keltirilishicha, Konfusiy g‘ayritabiiy narsalar va ruhlar tо‘g‘risida gapirishni 
yoqtirmagan. Shuningdek, u taqdir, inson umri, о‘lim haqida sо‘z yuritishdan 
qochgan. Undan: «О‘lim nima?» – deb sо‘raganlarida, u: «Biz tiriklik nima 
ekanligini bilmaymiz-u, о‘lim nima ekanligini qayerdan bila olar edik», - deb 
javob bergan. 
Biroq, qadimdan davom etib kelayotgan diniy qadriyatlar, urf-odatlarga 
Konfusiy hurmat bilan munosabatda bо‘lgan. 


21 
Konfusiyning yana bir ta’limoti – «Syao» bо‘lib, u inson о‘z ota-onasiga 
munosib bо‘lishi haqidagi g‘oyani о‘zida mujassam qilgan. Konfusiy fikricha
inson uchun Syaodan muhimroq narsa yо‘q. U: «Syao va Di (ukaning akaga, 
kichiklarning kattalarga hurmati) insoniylikning asosidir» degan. Syaoning asosiy 
ma’nosi nima, farzandlik xizmati qanday bо‘lishi kerak, degan savolga Konfusiy 
shunday javob bergan: «Aqlli va ota-onangni boqishga yaroqli bо‘lishingdir. 
Chunonchi, odamlar uylarida itlar va otlarini ham boqadilar-ku? Agar ota-
onalariga ortiq ehtirom kо‘rsatmasalar, hayvonlarni boqishlaridan nima farqi 
qoladi?».
Syao ta’limotining «Li qonunlari»ga kо‘ra, farzand ota-ona hayotlik chog‘ida 
mutlaqo ularning ixtiyoridadir. To ular dunyodan о‘tgunicha о‘ziga-о‘zi egalik 
qilishga haqli emas. Agar ota-ona vafot etsa, farzand qanday ish bilan mashg‘ul 
bо‘lishidan qat’i nazar, barcha ishni tashlab uch yil aza tutishi shart. 
Konfusiychilikning Syao ta’limoti asrlar mobaynida Xitoy madaniyati, axloqiy 
normalariga katta ta’sir о‘tkazib keldi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling