Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari


Milliy dinlar. Vedizm, Hinduiylik, jaynizm, sikxizm ta’limotlari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/29
Sana03.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1744096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Mavzu rejasi Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzi

Milliy dinlar. Vedizm, Hinduiylik, jaynizm, sikxizm ta’limotlari
Milliy dinlar deb, odatda, bir millatga mansub xalkdar e’tiqod qiladigan 
dinlar tushuniladi. 
Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug‘-qabila 
dinlaridan farkli ravishda sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida 
vujudga kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning sо‘ngra, millatning 
shakllanishini о‘zlarida aks ettirgan. 
Milliy dinlarda tasavvur kilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, 
ibodat-marosimlar asosan muayyan elat eki millatnikigagina mos tushar edi.  
Binobarin, bu xildagi qadimga dinlar milliy davlat xarakterida bо‘lishi bnlan 
boshqa din shakllaridan ajralib turagan. 
Yeng sо‘nggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, jaynizm, 
sikxizm, daosizm, konfutsiylik, sintoizm va iudaizm (yahudiylik). 
Vedalar (Vedizm). Miloddan avvalgi ikkinchi ming yilliklar о‘rtalarida 
Hindistonga, Panjob hududiga g‘arbdan Hindiqush dovoni orqali oriy jangari 
xalqlar bostirib kelganlar. Ular eronga kо‘chib kelgan qо‘shni qabila tillariga yaqin 
hind-yevropa tillarida sо‘zlashar edilar. Ular harbiy ishlarda, she’riyatda usta 
bо‘lib, о‘zlari bilan muqaddas yozuvlari-Vedalar (sanskrit-muqaddas bilim)ni olib 
kelganlar. 
Hind adabiyoti boy bо‘lib, uning anchagina qismi yо‘qolib ketgan. Uning 
boshlanishi Vedalardir. 
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirib, ularda 
ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy voqealar bayon etilgan. Vedalar 
tо‘rt yirik tо‘plamdan iborat: 
1. Rigveda (“Madhiyalar vedasi”); 
2. Samaveda (“Qо‘shiqlar vedasi”); 
3. Yajurveda (“Qurbonliklar vedasi”); 
4. Atxarvaveda (“Afsun va jodular vedasi”); 
Rigveda. Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning tо‘plami, diniy 
yodgorliklar bо‘lib, uning mualliflari rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari 
xudolarni oriy tomonga og‘dirish bо‘lgan. Rigvedada zardushtiylikning muqaddas 
kitobi “Avesto” bilan о‘xshash afsona va marosimlar bor. Rigveda Panjobda, Hind 
havzasi va uning oqimida miloddan avvalgi VI asrda paydo bо‘lgan. Unda 
Shimoliy Hindistonda miloddan avvalgi 2-1-ming yilliklarda yuz bergan voqealar 
haqida ma’lumot beriladi. 
Samaveda. Rigvedaga kо‘proq bog‘liq bо‘lib, u hozirgi davrga ikki tahrirda 
etib kelgan (cakha – aynan, shahobcha); Kautxuma (Kauthuma) va Ranayaniya 
(Ranayaniya). 
Kautxuma tо‘plami 1810 she’rdan iborat bо‘lib, undan faqat 76 tasi 
Rigvedada uchramaydi. Undagi she’rlar Rigvedaning VIII va IX mandalasidan 
olingan bо‘lib, tantanali qurbonlik marosimi paytida о‘qiladi. Tо‘plam ikki 
qismdan iborat: birinchi qism hajmi Agni, Indra, Sama xudolariga, ikkinchi qism 
Somaga qurbonlik keltirish marosimida aytiladigan qо‘shiqlardan iborat. 
Samovedaning maqsadi diniy marosimlarda aytiladigan qо‘shiqlarni о‘rgatishdan 



iborat. Hindistonda hozirda ham vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samovedinalar 
saqlanib, ularning maktablari mavjud. 
Yajurveda. Yajurveda shrauta (qurbonlik marosimi) bilan bog‘liq bо‘lib, 
uning asosiy qismini qurbonlik usullari – yajus tashkil etadi. Bu marosimlarda 
tо‘lin oyli tunda, yangi oy chiqqan payti Agni uchun qurbonliklar о‘tkazilgan. 
Vedaning bu maktablari qora va oq yajurvedaga bо‘lingan. Qora 
yajurvedaning turli maktablarga xos bо‘lgan Katxoxa, Kapishtxala-Katxa, 
Maytrayani, Tayttiriya kabi tahrirlari mavjud. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli 
birgina tahriri bor. 
Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I.Marosim. II. Yajus 
va mantralar. III. Braxmana sharhlari. 
Atxarvaveda. U mil.av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy 
hind afsunlarini о‘zida aks ettirgan. Qadimiy hind jamiyatida mavjud bо‘lgan 
barcha taraflarni, nuqson va kamchiliklarni о‘zida aks ettirgan. Atxaravaveda 
afsonaviy ruhoniy Atxarvana (“Olov ruhoniysi”) nomi bilan bog‘liq bо‘lib, afsun 
va jodular о‘sha davrda olov ustida bajarilgan. Atxarvaveda 6 ming she’rdan iborat 
bо‘lib, 371 madhiyani о‘z ichiga oladi. Ular yigirmata kitobda jamlangan. 
Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta’limot ilgari suriladi. 
Hindistonda kо‘pxudolik keng targ‘ib qilinadi. Xudolar orasida “yeng ulug‘i, eng 
kichigi, eng qarisi, eng yoshi bо‘lmay, ular barchasi ulug‘likda tengdir. Bir xudo 
ba’zida butun borliqning hukmdori bо‘lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir 
xudoga tobe bо‘lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe 
bо‘lishi mumkin. Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bо‘ysunadilar. Bu 
Veda ilohiyotchiligiga xos bо‘lib, shu munosabat boshqa xudolarga ham 
tegishlidir. 
Vedalarda xudolar osmon xudolari quyosh xudolari, havo xudolari, er 
xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan. 
Osmon xudolari. Dyaus, Varna, Indra kabi xudolar osmonlarni boshqarib 
turuvchilarga kirganlar. Keyinchalik Varuna suv va dengizlar xudosiga aylanib 
ketgan. 
Quyosh xudolari. Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon 
bо‘lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida sо‘z yuritiladi. Mitra (dо‘st) – 
qadimiy xudodir. Surya – quyoshning yorqinroq namoyon bо‘lgan kо‘rinishidir. 
Savitri -quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bо‘ladi. Pushan muruvvatli 
bо‘lib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatini о‘zida namoyon qiladi. Vishnu xudolar 
orasida abadiy bо‘lib, hozir Hindistonda ulug‘lanadi.
Yana Ashvina va Sitvar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi qо‘shiladi.
Indra osmon podshosi va oriylarning milliy xudosidir. Yomg‘ir xudosi 
Panjaniya, shamol xudosi Vayyular Vedalarda aniq tasvirlanmagan. Ular Indra 
bilan jamlangan holda tasvirlanadi.
Runada odamlar qо‘rqib unga bag‘ishlab madhiya, duolar о‘qiganlar. U 
Rigvedada Shiva (yoqimli) nomi bilan zikr etiladi. Shiva Vishnu bilan keyinchalik 
Hindistonda unutilgan xudolar turkumini egalladi. 



Yer xudolari. Agni – olov xudosi, u haqidagi afsonalar Hindistondan 
tashqarida vujudga kelgan. U odamlarning qurbonliklarini xudolarga etkazuvchi 
ruhoniy sifatida tasavvur qilingan.
Ushas – tong va uning nuri ma’budasidir. Sarasvatilar – daryo xudosi, 
keyinchalik sо‘z xudosi sifatida tasvirlangan. 
Veda ibodatlari ikki turga bо‘lingan. Birinchisi, duolar, ikkinchisi, xudolarga 
atab qilinadigan qurbonliklar yoki narsalarni taqdim qilishdan iborat bо‘lgan. Duo 
kitoblari bо‘lmagan paytda ibodatlar faqat qurbonliklar shaklida amalga oshirilgan. 
Keyin Rigveda, Atxarvaveda kabi madhiya va duolarni о‘zida jamlagan kitoblar 
paydo bо‘lgach, ibodatning ikkinchi kо‘rinishi – duo va madhiyalar xudolarga atab 
о‘qish odat tusiga kirgan. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling