Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari


Pravoslav oqimidagi diniy mansablar


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1374254
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
\'1-ДИН.БУДДА.ХРИСТИАНЛИК.МАЪРУЗА

Pravoslav oqimidagi diniy mansablar. Pravoslav oqimidagi diniy mansablar. 
Pravoslav cherkovida ruhoniylar uch tabaqaga bо‘linadi: 1) diakon, 2) ruhoniy 
(svyashennik), 3) yepiskop. 
Diakon (grek. “xizmatchi”) ruhoniylikning eng quyi tabaqasi hisoblanadi. U 
mustaqil hech qanday ibodatni boshqara olmaydi, balki faqatgina ruhoniy yoki 
yepiskopga ibodat marosimini о‘tkazishda yordam bera oladi, xolos. Uni 
ruhoniylik sirliligiga (tainstvo) yepiskop qabul qiladi. Katta diakonlar protodiakon, 
rohib diakonlar iyerodiakon, katta iyerodiakonlar arxidiakon deb ataladi. 
Ruhoniy (svyashennik) yoki iyerey pravoslav ruhoniyligining ikkinchi tabaqasi 
hisoblanadi. U boshqalarni ruhoniylikka bag‘ishlash va cherkov suvini 
muqaddaslashtirishdan boshqa barcha sirli marosimlarni bajara oladi. Kichik 
ruhoniylar iyerey, katta ruhoniylar protoiyerey va eng katta ruhoniylar 
protopresviter deb nomlanadi.
Yepiskop yoki arxiyerey ruhoniylikning eng oliy unvoni hisoblanadi. 
Yepiskoplar barcha ibodat va sirli marosimlarni bajara oladilar. Shuningdek, ular 


33 
ma’lum bir shahar, oblast cherkovi yoki yeparxiyani boshqara oladilar. Nisbatan 
kattaroq yepiskoplar arxiyepiskop deyiladi. Poytaxt shaharlarning yepiskoplari 
mitropolit deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi patriarxdir. 
Katolik oqimi Xristianlikning yirik yо‘nalishlaridan biri katolik oqimidir. U 
Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida tarqalgan bо‘lib, 
muxlislari taxminan 800 mln. kishini tashkil etadi.
Katolitsizm “umumiy, dunyoviy” degan ma’nolarni ifodalaydi. Uning manbai – 
uncha katta bо‘lmagan Rim Xristian jamoasi bо‘lib, rivoyatlarga kо‘ra uning 
birinchi Yepiskopi apostol Petr bо‘lgan. Katolik diniy ta’limotning asosini 
Muqaddas kitob va Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi. Biroq pravoslav cherkovidan 
farqli о‘laroq katolik cherkovi Muqaddas yozuvlar deb nafaqat avvalgi yetti Butun 
Olam Xristian Soborlarining qarorlarini, balki hozirgacha bо‘lib о‘tgan barcha 
Soborlar qarorlarini, bundan tashqari Papaning maktublari va qarorlarini ham 
hisoblaydi. 
Katolitsizmda Bibliyani sharhlash huquqi faqatgina ruhoniylarga beriladi
chunki ular uylanmaslik – selibat haqidagi diniy talabga amal qiladilar. Diniy 
ibodatlar dabdabali va soxtalashtirilgan kо‘rinishga ega, diniy о‘qish, duo, iltijolar 
lotin tilida olib boriladi. Pravoslaviyadagi kabi katolitsizmda ham farishta, ikona, 
ilohiy kuch, chirimaydigan marhum jasadlariga sig‘inish odatlari mavjuddir. 
Katolitsizm xristianlikning yо‘nalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqida va 
qoidalarini tan oladi, biroq diniy ta’limot, sig‘inish va tashkiliy masalalarda bir 
qator xususiyatlar bilan ajralib turadi. 
Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib turadi. Rim papasi 
bu cherkovning boshlig‘i bо‘lib, u diniy axloq masalalariga oid qonun-qoidalarni 
belgilaydi. Uning hokimiyati dunyoviy soborlar hokimiyatidan yuqori turadi.
Katolik cherkovining markazlashuvi, jumladan, diniy ta’limotni noan’anaviy 
tahlil qilish (sharhlash) huquqida aks etgan dogmatik taraqqiyot tamoyilini keltirib 
chiqaradi. Masalan, pravoslav cherkovi tomonidan tan olingan diniy ramzda 
ta’kidlanishicha, Muqaddas Ruh Ota Xudodan kelib chiqadi. Katolik aqidasiga 
kо‘ra esa, Muqaddas Ruh Ota Xudodan va О‘g‘il Xudodan kelib chiqadi. 
Cherkovning najot borasidagi roli haqida ham о‘ziga xos alohida ta’limot 
shakllangan. Najotning asosi iymon va xayrli ishlar hisoblanadi. Cherkov, katolik 
ta’limotiga kо‘ra, xayrli zaruriy ishlar xazinasiga – Iso tomonidan yaratilgan 
«Xayrli ishlar zahirasiga» ega. 
Cherkov Iso, Bibi Maryam, Muqaddas Ruh nomidan bu xazinani tasarruf qilish, 
undan muhtojlarga ulashish, ya’ni gunohlarni avf etish, nadomat chekuvchilarga 
kechirim tufha qilish huquqiga ega. Pul yoki tufha evaziga avf qilish huquqiga ega. 
Pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunohlarini kechirish – 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling