Mavzu rejasi: Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi, funksiyalari


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1374254
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
\'1-ДИН.БУДДА.ХРИСТИАНЛИК.МАЪРУЗА

Xristianlikdagi oqimlar. Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav (ortodoks) 
cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istambul patriarxining xristian olamida 
yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni 
Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiy tafovutlari о‘sib chuqurlashib borayotgan 
asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istambul patriarxi 
Fetiy orasida uzil-kesil ajralish rо‘y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan 
olindi. 
XVI asr boshlarida katolitsizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib 
chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakati vujudga keldi. Buning 
davrasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi. 
Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan о‘zlariga xos bо‘lgan 
tomonlarga ega bо‘lishi bilan bir qatorda, bir necha yо‘nalishlar, mazhablar va 
oqimlarga bо‘lindi.
Pravoslav (Ortodoks) oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy 
yо‘nalishidan biri о‘laroq, tarixan uning sharqiy shohobchasi sifatida shakllandi. 
Bu oqim, asosan, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon mamlakatlarida 
tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya sо‘zidan olingan bо‘lib, ilk 
davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviyaning kitobiy asoslari 
Vizantiyada shakllandi, chunki bu yо‘nalish u yerdagi hukmron din edi. 
Muqaddas kitob bо‘lmish Injil va muqaddas о‘gitlar IV-VIII asrlardagi yetti 
butxona soborlarining qarorlari, shuningdek, Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy 
Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damaskin, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov 
xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan. 
Xristianlikning Sharqiy tarmog‘i bо‘lmish pravoslaviyaning rivojlanishi 
jarayonida 15 mustaqil (avtokefal) cherkov: Konstantinopol, Aleksandriya
Antioxiya, Quddus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, 


31 
Chexiya, Slovakiya, Rus va Amerika cherkovlari vujudga keldi. Bu cherkovlardan 
eng kattasi Rus pravoslav cherkovi (RPCH, boshqa rasmiy nomi Moskva 
patriarxati) bо‘lib, unga 19 ming cherkov va 127 yeparxiya birlashgan. Bulardan 
150 dan ortiq cherkov va 5 yeparxiya chet elda faoliyat olib boradi. Pravoslav 
oqimida sirli rasm-rusumlar muhim о‘rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga kо‘ra, 
bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar nozil bо‘ladi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling