Mavzu rejasi: Kredit modul tizimi haqida tushuncha. Kredit- modul tizimiga oid tushunchalari ta’rifi


Download 15.52 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi15.52 Kb.
#1225747
Bog'liq
3-mavzu. Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan


Mavzu: Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish.
MAVZU REJASI:
1. Kredit modul tizimi haqida tushuncha. Kredit- modul tizimiga oid tushunchalari ta’rifi.
2. Kredit-modul tizimi tamoyillari: ta’limda shaffoflikka erishish, ta’limda talabalarning moslashuvchanligini va mobilligini rivojlantirish, talabaga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish.
3. Kredit-modul tizimida nazoratlarni hisoblash.
Kredit modul tizimi tarixi. Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AQSh universitetlarida joriy etilgan boʻlib, 1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, amerika taʼlimining taniqli arbobi Charlz Uilyam Eliot “kredit soati” tushunchasini isteʼmolga kiritadi.
Shunday qilib, 1870 — 1880-yillarda kredit soatlari bilan oʻlchanadigan tizim joriy qilinadi. Kredit tizimi bilan oʻqish va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish talabalarga oʻquv jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, taʼlim texnologiyalarini takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi.
Modul — bu bir nechta fan hamda kurslar oʻrganiladigan oʻquv rejasining bir qismi. U talabalarda maʼlum bir bilim va koʻnikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega boʻlishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda oʻqituvchi oʻquv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio maʼruzalar oʻqiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil oʻrganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Kredit (credit) — bu  talabaning alohida taʼlim yoʻnalishi yoki dasturi (kurs) boʻyicha fanlarni oʻqib oʻrganishi va oʻzlashtirishi uchun sarflangan oʻquv yuklamasining (vaqtning) oʻlchov birligidir. Kredit — talabaning meʼyoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida auditoriyada va mustaqil ravishda taʼlim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt oʻlchovidir. Talabaga kredit maʼlum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng beriladi.
KREDIT-MODULTIZIMINING TAMOYILLARI.
1) Talabaga yo’naltirilgan ta’lim (student-centered learning);
2) Ta’limda shaffoflikka erishish (transparency);
3) Ta’limda moslashuvchanlikni kuzatish (improving flexibility)
4) Akademik mobillikni kuchaytirish (improving student mobility).
KREDT-MODULTIZIMIGA(ECTS) O’TISHNINGASOSIYUSTUVORLIKLARI

  • Akademik mobillik

  • Talaba va professor- o’qituvchilar o’tuvchanligi

  • Talabaga yo’naltirilgan ta’limni tashkil etish Fanlarni, professor- o’qituvchilarni tanlashi

  • Ta’limda shaffoflikka erishish Sillabus orqali fan va o’qituvchilarbilan tanishish

  • Ta’lim biznesining rivojlanishi Talaba oqimining kuchayishi qayta o’tish mavjudligi

  • Ishga bo’lgan motivatsiyaning majburiy kuchayishi Fanning va professor- o’qituvchining tanlanishi


Kreditlar fanlarga beriladigan soatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Masalan:
Pedagogika nazariyasi va tarixi 360 soat – 12 k.
Psixologiya nazariyasi va tarixi 120 soat – 4 k.
Axborot texnologiyalari 120 soat – 4 k.
Jismoniy tarbiya 120 soat – 4 k. Jami: 240 k.
QAYTA TOPSHIRISH
Oraliq nazorat fan (kurs) bo‘yicha Ma’lum bir bob, bo‘limdan keyin olinadi. ON larni olish qayta topshirish ikki martadan Oshmasligi shart. Qayta topshirish muddati YN gacha bo‘lishi mumkin.
QAYTA O‘QISH

Download 15.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling