Mavzu: Respublikada axolini ijtimoiy muhofaza qilish sog'liqni saqlash tizimida olib borilgan kompleks chora tadbirlar


Download 65.94 Kb.
bet3/20
Sana14.11.2023
Hajmi65.94 Kb.
#1771869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Mavzu Respublikada axolini ijtimoiy muhofaza qilish sog\'liqni s

Oldingi tahrirga qarang.
Sirdaryo viloyatida kam ta’minlangan oilalarga 2019-yil 1-oktabrgacha tayinlangan ijtimoiy nafaqalar 2020-yil 1-mayga qadar Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda, 2020-yil 1-maydan boshlab “Yagona reyestr” AT orqali to‘lanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 1-martdagi 165-F-son farmoyishining amal qilishi kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam olish uchun ariza bergan fuqarolarga interaktiv xizmatlarni ko‘rsatishda tatbiq etiladi.
5. Ushbu qarorga 2-ilovada ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘zlarining ma’lumotlar bazalarini shakllantirish jadvalini kiritsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2019-yil oxirigacha o‘z ma’lumotlar bazalari shakllantirilishini ta’minlasinlar, ularni IIPga ulasinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yil oxirigacha real vaqt rejimida “Yagona reyestr” ATga kirish uchun elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlarni uzatish tarmog‘iga (keyingi o‘rinlarda IMUT deb ataladi) ulanishini ta’minlasinlar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019-yil 1-iyundan boshlab ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari belgilangan tartibda elektron hukumatning IMUTga ulanishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 2019-yil 1-oktabrgacha ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari “Yagona reyestr” ATning real vaqt rejimida ularning ma’lumotlar bazasiga kirishi uchun IIPga ulanishini ta’minlasin.
8. Ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari zimmasiga:
Oldingi tahrirga qarang.
axborot xavfsizligiga rioya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari hisobga olingan holda real vaqt rejimida “Yagona reyestr” ATning ularning bazalariga kirishi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IIP orqali “Yagona reyestr” ATning idoralararo elektron so‘rovi asosida axborot o‘z vaqtida shakllantirilishi va berilishi ta’minlanishi uchun mas’uliyat yuklansin.
9. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
a) “Yagona reyestr” ATni ishlab chiqish va joriy etish:
2019-2020-yillarda Qo‘shma ikki yillik ish rejasi asosida YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasining grant asosida beriladigan moliyaviy, texnik va ekspert jihatidan qo‘llab-quvvatlashi;
beriladigan kredit, shuningdek, Jahon bankining texnik va ekspert jihatidan qo‘llab-quvvatlashi hisobiga amalga oshiriladi;
b) YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan “Yagona reyestr” ATni ishlab chiqishga ixtisoslashtirilgan xalqaro kompaniya bilan kontrakt tuzilgan.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi:
2019-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari bilan axborot ayirboshlashni nazarda tutuvchi “Yagona reyestr” AT ishlab chiqilishi va foydalanishga topshirilishini ta’minlasin;
“Yagona reyestr” ATning uzluksiz ishlashini va u zarur texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlasin;
zaruratga ko‘ra elektron hisobot ma’lumotlari shakllantirilishi hisobga olingan holda “Yagona reyestr” AT yanada takomillashtirilishi va kuzatib borilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishgan holda ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalariga kirish tartibini belgilasin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror ijrosining tizimli monitoringini olib borsin va tahlil qilsin va zarurat bo‘lganda ijtimoiy yordamni ko‘rib chiqish va ko‘rsatish tartibini, shu jumladan, idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik orqali kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlash tartibini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida va davrida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga Sirdaryo viloyati mehnat organlarining 12 nafar inspektorlari va mutaxassislarining shtat birliklarini bersin.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Sirdaryo viloyatidagi Boshqarmasiga “Yagona reyestr” ATni joriy etish va kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar to‘lash vazifalari yuklansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi “Yagona reyestr” AT Sirdaryo viloyati hududida samarali joriy etilishi va ishlashi bilan bog‘liq vazifalarni hal etish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Sirdaryo viloyatidagi Boshqarmasiga kompleks ko‘maklashsin.
13. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlash uchun murojaat qilish va tayinlash tartibi Sirdaryo viloyati aholisi orasida muntazam va har tomonlama yoritilishini belgilangan tartibda ta’minlash tavsiya qilinsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga Sirdaryo viloyatidagi tajriba loyihasini amalga oshirishning tahlili natijalari hisobga olingan holda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini respublikaning butun hududida joriy etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini kiritsin;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 286-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.05.2020-y., 09/20/286/0592-son)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

Download 65.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling