Mavzu: Respublikada axolini ijtimoiy muhofaza qilish sog'liqni saqlash tizimida olib borilgan kompleks chora tadbirlar


II. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish


Download 65.94 Kb.
bet5/20
Sana14.11.2023
Hajmi65.94 Kb.
#1771869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Mavzu Respublikada axolini ijtimoiy muhofaza qilish sog\'liqni s

II. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish

4.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish, joriy etish va kuzatish bo‘yicha ishlar (xizmatlar) qiymatini, shu jumladan, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi xodimlarini o‘qitishga va Sirdaryo viloyatida tajriba loyihani tashkil etish doirasida uning samarali ishlashini ta’minlash uchun moddiy-texnik jihozlash xarajatlari qiymatini aniqlash.

Budjetni tasdiqlash hamda moliyalashtirish manbalarini aniqlash

2019-yil
may

Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha).

5.

Soliq organlari va boshqa davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazalarini taqqoslash yo‘li bilan, shu jumladan, mobil ilova ishlab chiqilishini hisobga olgan holda oilalarning ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va olishga bo‘lgan muhtojligini real vaqt rejimida baholashni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi yaratish bo‘yicha texnik topshiriqni tayyorlash.

Texnik vazifalarni tasdiqlash

2019-yil iyun

Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa davlat organlari.

6.

Davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalariga integratsiya qilingan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini ishlab chiqish.

Texnik topshiriqqa muvofiq

Texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq

Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha).

7.

Davlat organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazalarini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

Texnik topshiriqqa muvofiq

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va boshqa davlat organlari.

8.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi ishlashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kompyuter va boshqa texnikani, inventar va boshqa tovarlarni sotib olish.

Texnik topshiriqqa muvofiq

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq

Pensiya jamg‘armasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi.

9.

Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tajriba loyihasini joriy etish va amalga oshirish hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘linmalari va boshqa vazirliklar va idoralarning xodimlarini — ushbu axborot tizimidan foydalanuvchilarni o‘qitish.

Texnik topshiriqqa muvofiq

Texnik topshiriqning muddatlariga muvofiq

Pensiya jamg‘armasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha).

10.

Sirdaryo viloyatida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi tajriba sifatida joriy etilishi natijalarini tahlil qilish.

Tahliliy
material

2020-yil
I choragi

Pensiya jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha).

11.

Sirdaryo viloyatidagi tajriba loyihasini tahlil qilish natijalarini hisobga olgan holda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini respublikaning butun hududida joriy etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qaror loyihasi

2020-yil oktyabr

Pensiya jamg‘armasi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, YUNISEF Vakolatxonasi (kelishuv bo‘yicha).


Download 65.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling