Mavzu: Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning doiraviy aylanishi. Reja
Makroiqtisodiy aylanishlar jarayoniga nazariy qarashlar evolyutsiyasi
Download 304.53 Kb.
|
doiraviy aylanish mustaqil ish
Makroiqtisodiy aylanishlar jarayoniga nazariy qarashlar evolyutsiyasi.
Milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat ko’rsatishi, rivojlanishi va natijalarga tegishli bo’lgan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar milliy hisoblar tizimi (MHT) orqali aniqlab, hisoblab chiqiladi. O’z navbatida milliy hisoblar tizimi (MHT) resurslar, mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) va pul mablag’larining makroiqtisodiy doiraviy aylanishlar modeli ma’lumotlariga asoslanadi. Unda miliy iqtisodiyotning faoliyat qilishi iqtisodiy ne’matlar (va xizmatlar)ni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol qilish jarayoni – makroiqtisodiyot subyektlari o’rtasida tovarlar, resurslar va pul oqimlarining doiraviy aylanish shaklidagi harakatida ifodalanadi. Makroiqtisodiy aylanishlarning birinchi ancha mashhur tarixiy modeli “Kene jadvali” hisoblanadi. Unda F.Kene milliy iqtisodiyotning faoliyat qilishini uchta sinf (yer egalari, dehqonlar va hunarmandlar) o’rtasida mahsulot va pulning ayirboshlanish jarayoni orqali ko’rsatib beradi. Bu milliy mahsulotni takror ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlari doiraviy aylanishi sifatida aks ettiradi. chizma. Kene doiraviy aylanishlar modeli keltirilgan (raqamlar mlrd. frank) Kene modelida doiraviy aylanishlarni amalga oshirish, makroiqtisodiyot darajasida muvozanatlikni ta’minlashning asosiy shartlari (Kene hisobi bo’yicha yalpi milliy mahsulot 7 mlrd. fr. shundan 5 mlrd.fr. qishloq xo’jalik mahsulotlari, 2 mlrd. fr. hunarmandchilik buyumlari) quyidagilar: yer egalari joriy yil hosili hisobidan fermerlardan 2 mlrd. fr. yer rentasini oladi. Bu summani ular shu yilda qishloq xo’jalik mahsulotlari (1 mlrd. fr.) va hunarmandchilik buyumlari (1 mlrd. fr.) sotib olishga sarflaydilar. Hunarmandlar yer egalaridan olingan 1 mlrd. fr. ni fermerlardan oziq-ovqat sotib olishga sarflaydi. Fermerlar bu pullarni qishloq xo’jaligi uskunalarini sotib olish uchun hunarmandlarga qaytaradilar. O’z navbatida hunarmandlar ishlab chiqarishni davom ettirish uchun zarur bo’lgan hom-ashyoni ayirboshlashga 1 mlrd. fr. beradi. Fermerlar o’zlarining ishlab chiqarishini qaytadan davom ettirish uchun qolgan 2 mlrd. franklik qishloq xo’jalik mahsulotlaridan foydalanadi. Kenening iqtisodiy g’oyasi bir qator kamchiliklarga ega bo’lsa-da, u birinchi marta milliy iqtisodiyot darajasida pul oqimlarining doiraviy aylanishini tahlil qiladi va shu asosda takror ishlab chiqarish hamda iqtisodiy oqimlar modeliga tamal toshini qo’yadi. Iqtisodiy fanda makroiqtisodiy model ancha takomillashgan holda 100 yildan ko’proq vaqtdan keyin paydo bo’lgan. K.Marks xalq xo’jaligining ikki sektorli modelida yalpi ijtimoiy mahsulotni (YaIM) oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini tahlil qiladi. XX asrning 30-yillarida takror ishlab chiqarishning tarmoq sharoitlarini tahlil qilish uchun V.Leontyev tomonidan tarmoqlararo balans (TOB) modelini ishlab chiqildi. Tarmoqlararo balans modelining soddalashtirilgan modeli faqat uchta tarmoq (qazib oluvchi – qo, qayta ishlovchi – qi, xizmat ko’rsatuvchi – xk) dan iborat iqtisodiyotni ifodalaydi. Tarmoqlararo balans modeli yalpi mahsulotning shakllanish manbalari va uning foydalanish yonalishlarini ochib beradi hamda Kene jadvali, Marksning takror ishlab chiqarish sxemasini doiraviy aylanishlar to’g’risidagi hozirgi zamon g’oyalari bilan bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi. Biroq yuqorida qarab chiqilgan barcha modellar kabi Leontyevning tarmoqlararo balansi ham iqtisodiy oqimlarning makroiqtisodiy aylanishini tahlil qilish va uning samaradorligini aniqlash nuqtai nazaridan cheklangan. XX asrning 60 yillarigacha makroiqtisodiy doiraviy aylanishlar modelini takomillashtirish va boyitishga bir qator idtisodchilar salmoqli hissa qo’shib, o’z yondashuvlari ishlab chiqildi. Jumladan, U.Mitchell konyukturali sikllarni tadqiq qilgan bo’lsada, R.Stoun, Dj.Mid, S.Kuznets milliy hisoblar tizimi asoslarini takomillashtirib, uni uy xo’jaliklari, tijorat korxonalar, davlar va chet elliklardan iborat to’rt sektorga ajratadi. O’ziga xos makroiqtisodiy muammolar doirasini aniq ajratish, ularni tahlil qilish uslubiyati va usullariga asos solish hamda bozor xo’jaligining faoliyat qilish tavsifi to’g’risidagi inqilob yaratish Dj.M.Keynsga tegishli bo’ldi. Neoklassik yo’nalishdagi iqtisodchilar (A.Menger, U.Djevons, L.Valras, V.Poreto, A.Marshall) marjinal tahlil va iqtisodiy subyektlar xojalik faoliyatini optimallashtirish qoidalari yordamida bozor iqtisodiyotiga barqaror umumiy muvozanatlik xos bo’lishini tasdiqladi. Ayrim iqtisodchilar ta’kidlaganidek iqtisodiy taraqqiyotdagi institutsionalizm oqimlari (konvergensiya konsepsiyasi, postindustrial jamiyat, jahonshumul muammolar iqtisodi) marjinall va muvozanatli usullarni inkor qilib evolyutsion-sotsiologik usullarga ustuvorlik beradi. Yuqorida qayd etilgan modellar o’rtasidagi asosiy farq quyidagilardan iborat:
Klassiklarni ijtimoiy kapitalni takror ishlab chiqarish jarayonini faqat individual kapitallar nuqtai nazaridan tadqiq qilingan; Tarmoqlararo balan modeli (Leontyevda) tadqiqot obyekti yalpi milliy mahsulot hisoblanadi, biroq u takror ishlab chiqarish bosqichlaridagi (oraliq mahsulot, YaIM ishlab chiqarilishi va undan faydalanish tarmoqlararo harakati orqali tahlil qilinadi. G’arb iqtisodchilarining doiraviy aylanishlar modeli makroiqtisodiyot darajasida nafaqat yalpi ichki mahsulot, balki iqtisodiy resurslar va ularning qiymat ekvivalenti – pul mablag’larining bozor subyektlari o’rtasidagi harakatini umumiy tarzda aks ettiradi. Aynan mazkur farq bir vaqtning o’zida biz tomonimizdan ko’rib chiqilayotgan asosiy modellarning umumiy tomonlarini ham mujassamlashtiradi. Download 304.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling