Mavzu: Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning doiraviy aylanishi. Reja
Doiraviy aylanishlar modelining jadval shaklida ifodalanishi
Download 304.53 Kb.
|
doiraviy aylanish mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Doiraviy aylanishlar modelining jadval shaklida ifodalanishi
Doiraviy aylanishlarning jadval tasviridan mantiqan o’zaro uzviy bog’langan ikkita blokni, ya’ni ishlab chiqarish va iste’mol blokini hamda to’rtta bo’g’in (kichik blok)ga ajratish mumkin. Bunda “A” bo’g’in resurs salohiyatini, “B” bo’g’in ishlab chiqarish imkoniyatini, “V” bo’g’in sotishga chiqarilgan tovarlar miqdorini va “G” bo’g’in iste’mol hajmini aks ettiradi. Shu asosda ulardan turli subyektlar tasarrufidagi resurslar, mahsulotlar hamda pul mablag’lari o’rtasidagi nisbat (xususiy muvozanatliklar) va umumiy makroiqtisodiy muvozanatlikning asosiy shartlarini keltirib chiqarishi mumkin. I. Bu bosqichda iqtisodiy resurslar (Ri) ning uy xo’jaliklaridan resurslar bozori tomon harakati ro’y beradi va natijada resurs egalarining omilli daromad (Do) lari (ish haqi, renta, foiz, me’yordagi foyda) shakllanadi. Uy xo’jaliklarining resurslar salohiyati (kapital, yer, ishchi kuchi, tadbirkorlik layoqati) taklifi resurslar bozoridagi jami talabidan ortiqcha bo’lishi kerak, ya’ni: Iqtisodiyotning samarali va me’yorida amal qilishi resurslar bozorida “tabiiy darajada”gi bo’sh iqtisodiy resurslar, shu jumladan ishchi kuchi mavjud bo’lishini taqozo etadi. Ishlab chiqarishni kengaytirib borish talabi ham resurslarning bozor talabidan iqtisodiy resurslar taklifi nisbatan ortiqcha bo’lishini zarur qilib qo’yadi. Doiraviy aylanishlarning mazkur bosqichida uy xo’jaliklari tegishli resurs bozorlaridan o’zlari taqdim qilgan iqtisodiy resurslar uchun omilli daromadlarni (foiz (r), renta (R), ish haqi (IH), me’yordari foyda (Pm) ni o’zlashtiradi. Bu daromadlar resurslar bozorida talab va taklif ta’sirida shakllanib, alohida olingan resurslar narxi sifatida chiqadi. II. Ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi (III) o’z miqdori va tarkibi bo’yicha resurslar bozoridagi ularning taklifi (II) ga mos kelishi kerak. Doiraviy aylanishlar modelining bu bosqichida korxona (firma)lar talab bildirgan resurslari evaziga tegishli sarf-harajat(W)larni amalga oshiradi. Iqtisodiy resurslar aynan shu bosqichda ishlab chiqarish omillariga yoki unumli kapital(Ky)ga aylanadi. III. Ishlab chiqaruvchilarning tovar ( xizmat)lar taklifi (III) tegishli bozorlar (iste’mol va investitsion tovarlar va xizmatlar ) talabiga (IV) bo’lishi lozim. Doiraviy aylanishlarning mazkur bosqichida ishlab chiqarish omillari unumli iste’mol qilinadi va uning natijasida tovar (xizmat)lar vujudga keltiriladi. Shu bilan birga bu bosqichda, ishlab chiqarish omillari ekvivalenti tovar (xizmat) larga ko’chadi. Ishlab chiqarishni yangidan boshlash talabi mavjud tovar (xizmat)larni tegishli bozorlarga ayirboshlash uchun chiqarishni taqozo qiladi. Bu ishlab chiqaruvchilar ayirboshlashga chiqargan tovar (xizmat)lari hisobiga tegishli bozorlardan ularning pul ekvivalenti, ya’ni pul daromad (Pg) larni o’zlashtiradi. Ayirboshlash jarayoni sodir bo’lishi uchun tegishli bozorlardagi tovarlar taklifi (IV) o’zlarining miqdoriva tarkibi bo’yicha uy xo’jaliklari hamda boshqa iste’molchilarning talabiga (I) mos kelishi kerak. Doiraviy aylanishlar modelining bu bosqichida iste’molchila tomon tovar(xizmat)lar harakati tovar(xizmat)lar bozoriga qarab sarflar (П) (istemolchilik va investitsion oqim ro’y beradi. Yuqoridagi tahlil natijalari iqtisodiyotda turli subyektlar tasarrufidagi iqtisodiy resurslar, mahsulotlar va pul mablag’lari tegishli bozorlar (resurslar, tovarlar va xizmatlar ) orqali yaxlit oqim sifatida o’zaro bog’lnib, doiraviy aylanishlar shaklidagi harakati ro’y berishini ko’rsatadi. Doiraviy aylanishlar oqimida milliy iqtisodiyotdagi bir qator muvozanatliklar va qiymat nisbatlar o’z ifodasini topadi hamda bu milliy hisoblar tizimidagi qator makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini hisoblash uchun ma’lumotlar tayanchi va ularni aniqlashning uslubiy asoslarini tashkil qiladi. Xulosa. Doiraviy aylanishlar modelida iqtisodiy resurslar, mahsulotlar va pul mablag’lari harakati va samaradorligi muammolarining nazariy-uslubiy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish, bizga tahlil yakuni bo’yicha quyidagi umumiy xulosalarni chiqarish hamda tegishli ilmiy takliflar berish imkoniyatini yaratadi. Doiraviy aylanishlar modeliga turli xil yondashuvlar tahlil qilinib, ularning umumiy jihatlari va tub farqlari ochib beriladi hamda asosiy shart-sharoitlari va o’lchamlari ko’rsatiladi. Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning makroiqtisodiyot darajasidagi doiraviy aylanishlar shaklidagi oqimi ularning takror ishlab chiqarish bosqichlari, iqtisodiyot subyektlari o’rtasidagi bir vaqtda ro’y beradigan hamda muayyan darajada tartiblashtirilgan harakatini aks ettiradi. Bu harakat natijasida: Iqtisodiyotdagi oqimlar turli funksional shakllar (resurs, mahsulot va pul) da namoyon bo’ladi. Bozor subyektlari o’rtasidagi bitimlar amalga oshadi. Almashuv qiymati va naflilik ro’yobga chiqadi. Ishlab chiqaruvchilarning harajatlari va iqtisodiyot subyektlarining daromadlari shakllanadi. Shunday qilib, qarab chiqilgan barcha omillar respublika iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tishining hozirgi sharoitida mavjud iqtisodiy resurslar real aylanishini tezlashtirish orqali ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga olib keladi. Bu esa o’z navbatida bozor islohotlarini chuqurlashtirish va ularni samarali amalga oshirishning muhim sharti bo’lib qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: T.T.Jo’rayev . Doiraviy aylanishlar modeli: o’lchamlari, ko’rsatkichlari va samaradorligi. – T. “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2011 yil. D.Q.Axmedov, A.E.Ishmuhammedov, Q.H.Jumayev, Z.A.Jumayev. Makroiqtisodiyot – O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg’armasi nashriyoti, Toshkent, 2004 yil Download 304.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling