Mavzu: Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning doiraviy aylanishi. Reja
Resurslar, tovarlar va xizmatlar hamda daromadlarning doiraviy aylanishi
Download 304.53 Kb.
|
doiraviy aylanish mustaqil ish
Resurslar, tovarlar va xizmatlar hamda daromadlarning doiraviy aylanishi.
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish umumiy ishlab chiqarish jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar hamda daromadlarning doiraviy aylanishi ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Asosan, xususiy mulkka tayangan iqtisodiy tizimlarda bunday doiraviy aylanish korxonalar va uy xo’jaliklari o’rtasida amalga oshiriladi (2-chizma) 2-chizma. Sof bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslar, mahsulotlar, daromadlar va harajatlarning doiraviy aylanishi. 2-chizmadan ko’rinib turibdiki, uy xo’jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan barcha iqtisodiy resurslarni resurslar bozoriga yetkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib olib turli mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so’ngra esa ularni tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoriga yetkazib beradilar. Ayni payt resurslar, tovar va xizmatlarning harakati bilan yonma- yon daromadlarning ham doiraviy aylanishi amalga oshiriladi. Ya’ni uy xo’jaliklari o’zlari yetkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladilar. Bu yerda barcha ishlab chiqarishlar va ayirboshlash jarayonlari faqat bozor orqali boshqariladi, boshqacha aytganda, resurslar, tovarlar va xizmatlar bozoridagi shakllangan talab va taklif yordamida boshqariladi. 3-chizma. Resurslar, mahsulotlar, daromadlar va harajatlarning aralash iqtisodiy tizimdagi doiraviy aylanishi. Yer, mehnat, kapital Resurslar Tovar va xizmatlar Tovar va xizmatlar Resurslar Tovar va xizmatlar Transfertlar Pul daromadlari (ish haqi, renta, foiz, foyda) Iste’mol harajatlari Sotishdan tushgan daromad Resurs harajatlari Soliqlar Soliqlar Harajatlar Harajatlar Subsidiyalar Iqtisodiyotda faqat baho yoki davlat rejasi ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlarining bir tekis kechishini ta’minlashga qodir emas edi. Bozor tizimida doimo takrorlanib turadigan iqtisodiy inqirozlar va rejali tizimning yemirilishi buni yaqqol namoyon etadi. Shu bilan birga tartibga solishning bozor va reja mexanizmlaridan birgalikda faydalanishga asoslangan aralash iqtisodiy tizimning hayotiyligi jahon amaliyoti tasdiqladi. 3-chizmadan ko’rinib turibdiki, resurslar, tovarlar va daromadlarning uzluksiz harakati ham bozor orqali ham davlat aralashuvi bilan ta’minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar yaratadi. Download 304.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling