Mavzu: Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning doiraviy aylanishi. Reja


Download 304.53 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi304.53 Kb.
#214020
  1   2   3   4   5
Bog'liq
doiraviy aylanish mustaqil ish


Mavzu: Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning

doiraviy aylanishi.

Reja:

  1. Kirish

  2. Makroiqtisodiy aylanishlar jarayoniga nazariy qarashlar evolyutsiyasi.

  3. Resurslar, tovarlar va xizmatlar hamda daromadlarning doiraviy aylanishi.

  4. Resurslar, mahsulotlari va mablag’lari doiraviy aylanish jarayonining xususiyatlari.

  5. Xulosa.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Kirish.

Insoniyat paydo bo’lishi, uning rivojlanishi, tirikchiligi, yashashi uchun zarur bo’lgan ne’matlar ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’liq. Сhunki insonlar yashashi, mehnat qilishi uchun o’z ehtiyojlarini qondirishlari zarur. Insoniyat bor ekan, ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan ne’matlarni taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish bir-biri bilan uzluksiz bog'liq ravishda yuz beradi.

Qadimda iqtisodiy faoliyat uy xo’jaligidan iborat bo’lgan bo’lsa, bugungi davrda u yirik xususiy, jamoa hissadorlik jamiyatlari, davlat xo’jaliklari, moliya-bank tizimi, turli xil xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiya, uyushmalar, uyushma korxonalar, davlatlararo munosabatlardan iborat. Shuningdek hozirgi vaqtda ishlab chiqarish uchun zarur resurslar: tabiiy boyliklar, pul mablag’lari, ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi cheklangan. Shu cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali foydalanib, aholining to’xtovsiz o’sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish, resurslar va mahsulotlarni oqilona taqsimlash yo’llarini toppish iqtisodiyotning bosh masalasidir.

Jamiyatda yaratilgan tovar va xizmatlaning resurslarning harakati bo’yicha iqtisodiyot turli fazalardan: ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol qilish kabi jarayonlar yig'indisidan tashkil topadi. Shu sababli iqtisodiyot fanida resurslar, mahsulotlar va daromadlarning doiraviy aylanishi o’rganiladi.

Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning aralash bozor iqtisodiyotida 3 ta sub’yekt, ya’ni davlat, korxona (firma)lar va uy xo’jaliklari bir-biri bilan yaxlit oqim sifatida o’zaro bog’lanib, doiraviy aylanishlar shaklidagi harakatida ro’y beradi. E’tiborli tomoni shundaki, har bir sub’yekt bir vaqtning o’zida ham sotuvchi, ham iste’molchi sifatida yuzaga chiqadi.

Doiraviy aylanishlar jarayoni iqtisodiy oqimlar (resurslar, mahsulotlar va pul mablag’lari) ning barcha turlari bir-birini taqozo qiladi, ularning alohidalashgan va ayni vaqtdagi birgalikldagi harakati takror ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlaydi va milliy iqtisodiyot faoliyat qilishining asosiy shart-sharoiti hisoblanadi.

Doiraviy aylanishlar oqimida uning sub’yektlari iqtisodiy manfaati iqtisodiy resurslar va tovar (xizmat)lar bozori orqali uyg’unlashtirilib, shu orqali mazkur jarayonning mutanosibligi ta’minlanadi. Shunday qilib doiraviy aylanishlar modelidagi mavjud makroiqtisodiy muvozanatlik, mutanosiblik va nisbatlar tahlili milliy iqtisodiyotning rivojlanish holatini baholash iqtisodiy o’sish istiqbollarini belgilash imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, doiraviy aylanishlar oqimiga tejamkorlik tartibini joriy qilish ular samaradorligini oshirishda alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Iqtisodiyot sub’yektlari nuqtai nazaridan yondashilganda tejamkorlik ishlab chiqaruvchilar uchun iqtisodiy resurs sarf-harajatlarini kamaytirish hisobiga foydasini ko’paytirib borish, iste’molchilar uchun daromadlarning mavjud darajasida tovarlar va xizmatlardan oladigan nafni maksimal darajaga yetkazib borishni anglatadi.

Iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida milliy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish to’plangan iqtisodiy salohiyatdan unumli foydalanish, fan-texnika taraqqiyotining yutuqlari o’z vaqtida o’zlashtirish, bozor munosabatlarini to’xtovsiz takomillashtirib borish bilan bog’liq vazifalarini hal qilish talabi ham iqtisodiy resurslarning ham makroiqtisodiy doiraviy aylanishi uning tezligi va samaradorligi muammolarning tadqiq qilishning dolzarbligini belgilab beradi.

Iqtisodiy oqimlarning kapital sifatida tarixiy shakllari (unumli kapital, pul, tovar)ning iqtisodiy mazmuni ularning doiraviy aylanishi va aylanish muammolari turli iqtisodiy maktablar vakillari A.Smit, J.B.Sey, T.Saymson, J.M.Keyns, P.Xeyns, O.Uilmson, F.Kene tomonidan tadqiq qilingan. Hamdo’stlik mamalakatlari iqtisodchi olimlaridan S.I.Andreyev, T.I.Kuznesova, S.A.Lenskaya, P.M.Pavlov, G.V.Negrov, P.V.Talmina va boshqalar iqtisodiy resurslarning ijtimoiy- iqtisodiy shakli hisoblangan ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy mazmuni ularning doiraviy aylanish bosqichlari funksional shakllari va aylanishning o’ziga xos xususiyatlari va samaradorligini tadqiq qilishda muhim ilmiy natijalarga erishganlar.

O'zbekistonda tadqiq qilinayotgan muammoning umumiy nazariy asoslari R.A.Seytmuratov, D.M.Qurbonova, M.A.Dolimova, D.I.Ismoilovlar tomonidan o’rganilgan bo’lsa, o’quv adabiyotlari doirasidagi tavsiflar Q.A.Abduramanov, D.Tojiboyeva, Sh.Shodmonov, A.O’lmasov va boshqalar tomonidan bayon etilgan.

Iqtisodiy tadqiqotlarni alohida o’ziga xos resurs hisoblangan ishchi kuchi, yer va moddiy resurslar hamda pul mablag’lari doiraviy aylanishlar oqimi orqali tadqiqot obyektiga aylantirilgan.

Ushbu tadqiqot natijalari o’z davrida nazariy iqtisodiy fanda ishlab chiqarish omillarini takror ishlab chiqarish nazariyasini shakllantirishda, o’rganishda, xo’jalik amaliyotida esa ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish ko’rsatib

berishda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Shu bilan birga mazkur tadqiqotlarning asosiy qismi buyruqli iqtisodiyot sharoitida amalga oshirilganligi sababli, ularda muammoning umuminsoniy jihatlari va ilg’or iqtisodiy tafakkur erishgan qadriyatlar e’tiboridan chetda qolgan.

G’arb iqtisodiy adabiyotlarida ham “doiraviy aylanishlar modeli” orqali nafaqat iqtisodiy resurslar, balki mahsulotlar va daromadlarning bozor subyektlari o’rtasidagi harakatini ko’rsatib berishga harakat qiladi. Lekin bu tahlil muammoning tub mohiyati emas, balki uy xo’jaliklari va korxonalar sarf-harajatlari hamda daromadlari shakllanish mexanizmini ochib berishga qaratiladi.

Shu bilan birga, iqtisodiy oqimlar doiraviy aylanish jarayoni bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarda barcha davrlarda o’z ahamiyatini yo’qotmagan qator nazariy masalalar yetarli darajada o’rganilmagan.

Ulardan muhimlari quyidagilardan iborat:


  • Iqtisodiy resurslar, mahsulotlar va pul mablag’lari doiraviy aylanish jarayonining iqtisodiy mazmuni, mikroiqtisodiy o’lchamlari va ular uzluksizligini ta’minlash shart-sharoitlari;

  • Iqtisodiy oqimlarning doiraviy aylanish bosqichlaridagi harakat shakllari, ularni ishlab chiqaruvchilar, resurslarni yetkazib beruvchilar (resurs egalari) iste’molchilar va butun jamiyat uchun samaradorligi;

  • Iqtisodiy resurslardan foydalanish, ularni taqsimlashning turli muqobil variantlari hamda mahsulotlar va pul mablag’lari harakatining doiraviy aylanish bosqichlaridagi samaradorligi.

Iqtisodiy manbalarda iqtisodiy oqimlar va ular doiraviy aylanishning yuqori qayd etilgan jihatlari bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda, yaxlitlikda va tizimli tarzda o’rnatilmagan. Shu sababli, mazkur monografiyada iqtisodiy resurslar, mahsulotlar va pul mablag’lari, ularning doiraviy aylanishi va samaradorligining munozarali hamda tadqiqoti tugallanmagan masalalari nazariy, uslubiy va amaliy jihatdan tadqiq qilinadi.


Download 304.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling