Mavzu: Resurslar, mahsulotlar va daromadlarning doiraviy aylanishi. Reja


Iqtisodiy resurslar, mahsulotlari va mablag’lari doiraviy aylanish jarayonining xususiyatlari


Download 304.53 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi304.53 Kb.
#214020
1   2   3   4   5
Bog'liq
doiraviy aylanish mustaqil ish

Iqtisodiy resurslar, mahsulotlari va mablag’lari doiraviy aylanish jarayonining xususiyatlari.

Iqtisodiy oqimlarning milliy xo’jalik darajasidagi harakatiga bir marta sodir bo’ladigan jarayon sifatida qaralsa, uning doiraviy aylanishini davriy ravishda va uzluksiz takrorlanib turadigan jarayon tarzida idrok etilganda esa aylanishni tashkil qiladi.

Ilmiy adabiyotlarda iqtisodiyotning turli darajadagi doiraviy aylanishi va aylanish muammosiga har xil ko’pincha bir-biriga qarama-qarshi yondashuvlar mavjud. Avvalo, bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, tadqiqotlarda iqtisodiy resurslar, mahsulotlar va pul mablag’lari barcha turlarinng harakati doiraviy aylanishlar oqimida yaxlit holda o’rganilmagan. Ularda iqtisodiy oqimlar alohida turlarning doiraviy aylanishi yoki mazkur muammoning ayrim tomonlari tadqiqot obyekti sifatida qaralgan. Bundan tashqari mazkur muammo bo’yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarda klassiklarining kapital (qo’shimcha qiymat keltiruvchi qiymat) ning aylanishi, doiraviy aylanishi va uning uch bosqicha hamda funksional shakllari to’g’risidagi qarashlari nazariy asos qilib olinadi. Buning asosiy va aylanma fondlar kapital qo’yilmalar, ish haqi hamda asosiy vositalarning aylanishi va doiraviy aylanishi sohasida amalga oshirilgan ko’p sonly tadqiqot ishlarida kuzatish mumkin.

Sobiq sovet maktabining asosiy ko’pchilik iqtisodchilari real va moliyaviy resurslar doiraviy aylanish jarayoniga ularning harakatida o’zaro bog’langan uch bosqichdan (muomala- ishlab chiqarish – muomala) o’tib, har bir bosqichda mos keladigan funksional shakllarga (pul, unumli tovar) kirib va pirovardida o’zining dastlabki shakliga qaytishi sifatida qaraydi. Bunda doiraviy aylanishning boshlanishi va oxirgi nuqtalari pul shaklida (P-P) bo’lishi nazarda tutiladi. Doiraviy aylanish jarayoniga mazkur yondashuv mazmunan va shaklan qo’shimcha qiymat keltiruvchi qiymat (“kapital” ) pul shaklining harakatini o’zida aks ettiradi.

G’arb iqtisodiy adabiyotlari iqtisodiy oqimlarning makroiqtisodiy doiraviy aylanishi alohida tadqiq qilinmaydi, balki resurslar, mahsulotlar va pul mablag’larining aylanishlar modeliga ularning bozor xo’jaliklari subyektlari (uy xo’jaliklari, korxonalar, davlat) o’rtasidagi harakati sifatida qaraladi. Doiraviy aylanishning uzluksizligi resurs va tovarlar bozori orqali ta’minlanishi ko’rsatiladi. Bunda iqtisodiy oqimlar orqali resurs egalarining daromadlari, ishlab chiqaruvchilar harajatlari va foydasi shakllanish mexanizmi hamda davlatning iqtisodiy vazifalarini ko’rsatib berish maqsad qilib qo’yiladi. Shu sababli u o’zida iqtisodiy oqimlar harakatidagi bosqich va jarayonlarning mazmunini to’liq aks ettira olmaydi.

Doiraviy aylanishlar jarayoniga boshqa juda ko’plab qarashlar ham mavjud bo’lib ular mazmun jihatdan yuqoridagi ikki yondashuvdan biriga yaqin turadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda doiraviy aylanishlarning boshlang’icha holati iqtisodiy resurslar doiraviy aylanishi va ularning xususiyalari haqidagi masalalar ko’proq munozarali hisoblanadi.

Doiraviy aylanishlar muammosi bo’yicha munozara yuritilganda bu masalaga ayrim aniqliklar kiritish taqozo qilinadi. Avvalo, umuman kapital (qo’shimcha qiymat keltiruvchi qiymat) yoki tadbirkorlik kapitali va ularning namoyon bo’lish shakllari doiraviy aylanishning bir-biridan farqlash zarur.

Ayrim iqtisodchilar, kapitalning doiraviy aylanish barcha funksional shakllardan boshlanishi mumkin deb hisoblasa, boshqalari faqat bittasidan boshlanishi tan oladi.

Tadqiqotlarda iqtisodiy resurslar doiraviy aylanish muammosiga yondashish ham munozarali.

Jumladan iqtisodiy adabiyotlarda kapital qo’yilmalar, mehnat vositalari, ishlab chiqarish fondlari, muomala fondlari va aylanma vositalar doiraviy aylanishning tahlili uchraydi. Bunda kapital qo’yilmalar, asosiy kapital va ammortizatsiya mablag’lari doiraviy aylanishi alohida ajratib ko’rsatish uslubiy jihatdan ko’p ham to’g’ri emas. Chunki, asosiy kapital unumli resurslarning tarkibiy qismi, kapital qo’yilmalar uning doiraviy aylanishi, amortizatsiya ajratmasi esa qayta tiklanishning moliyaviy manbalarini tashkil qiladi. Unumli kapital (fond) doiraviy aylanishning boshlang’ich nuqtasi bo’yicha ham uchta nazariy qarash farqlanadi. Iqtisodchilarning asosiy ko’pchliligi doiraviy aylanishning ko’pchiligi pul ko’rinishiga ega bo’ladi deb hisoblasa, boshqalari harakatning unumli shaklidan boshlanishini tasdiqlaydi va nihoyat uchinchi guruh tovar ko’rinishini boshlang’ich deb tan oladi.

Fikrimizcha, bu munozara iqtisodiy resurslarga avanslangan qiymat harakatiga yondashilganda to’g’ri bo’lib jismoniy kapital (iqtisodiy resurs) harakatini tasvirlovchi doiraviy aylanish o’z-o’zidan aniqki, unumli ko’rinishidan boshlanadi va o’z harakati davomida tovar va pul shakllari ko’rinishini oladi.

Doiraviy aylanish muammosiga turlicha munozarali qarashlarni umumlashtirib xulosa chiqarib aytish mumkin-ki, har qanday iqtisodiy oqim qiymatininig real harakati ular iqtisodiy faoliyatning biror turi (ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ish bajarilgan) tortilgan davrdan boshlanadi.

Jumladan, iqtisodiy resurslar qiymati doiraviy aylanishlarning boshlang’ich nuqtasi ularning unumli iste’mol qilinishi yoki iqtisodiy faoliyatga jalb qilinishi bilan boshlanadi. Doiraviy aylanishlar modeliga turli xil yondashuvlarning umumiy tomonlarini keltirib chiqarish uchun iqtisodiy resurslar, pul mablag’lari va mahsulotlarning harakatini tahlil qilamiz. Buning uchun dastlab doiraviy aylanishlar modelini jadval shaklida ifodalaymiz.




Download 304.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling