Mavzu: Riskni qabul qilish Bajardi: 070-19 guruh talabasi Raimjonov Jasur Tekshirdi: Ganiyev A. A toshkent 2023 Amaliy ish. Riskni qabul qilish. Ishdan maqsad


-rasm. Optimal risk qabul qilish zonasi


Download 188.14 Kb.
bet2/6
Sana22.04.2023
Hajmi188.14 Kb.
#1380695
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-amaliy ish AXXBK

2-rasm. Optimal risk qabul qilish zonasi.

Buni bajarish uchun korxonalarga amaliy, barqaror va tushunish oson bo‘lgan riskni baholash jarayoni kerak hisoblanadi. Jarayon tartibli va tizimli ko‘rinishda amalga oshirilishi kerak bo‘ladi. Uning ko‘lami korxonaning hajmiga, faoliyat qamroviga va geografik joylashishiga muvofiq bo‘lishi kerak. Korxona ko‘lamidagi riskni boshqarish (ERM - enterprise-wide risk management) nisbatan yangi fan sohasi bo‘lib40, qo‘llanish texnikasi oxirgi o‘n yilliklarda rivojlanib kelmoqda.


Riskni sifatiy baholash jarayoni. COSO ERM41 doirasida riskni baholash – bu risk yuz berish hodisasini aniqlashdan keyingi va risk bilan bog‘liq holatga munosabat berishdan oldingi jarayon hisoblanadi. Uning maqsadi – boshqaruv diqqatini eng ahamiyatli tahdidlar va imkoniyatlarga qaratish uchun hamda riskli holatga javob reaksiyasiga asos solish uchun risk kattaligi (ko‘lami)ni baholashdan iborat. Riskni baholash – imkoniyatlardan voz kechmasdan yoki haddan tashqari nazoratni oldini olmasdan belgilangan riskni qabul qilishning chegaraviy qiymati doirasida risk darajasini boshqarish uchun risk bo‘yicha hisoblashlar va risklarni darajalari bo‘yicha ustuvorligini belgilash hisoblanadi.
Riskni baholash mexanizmini ishga tushiradigan tepki vazifasini bajaruvchi hodisalar o‘z ichiga korxonadagi riskni boshqarish dasturini joriy etish, davriy yangilanish, yangi loyihani boshlash, qo‘shib olish, birlashish, tugatilish yoki yirik restrukturizatsiya qilishlar kiradi.

Ba’zi risklar yuqori dinamikaga ega hisoblanadi va muntazam nazorat qilishni hamda baholab borishni taqozo etadi. Boshqalari esa aychayin statik sanalib, davriy asosda nazorat bilan birga qayta baholab borishni talab qiladi.
  1. rasm. Riskni baholash jarayonining bosqichlari



Riskni aniqlash (aynanlashtirish). Risk (yoki hodisa)ni aniqlash jarayoni riskni baholashdan oldingi bosqich bo‘lib, u xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, korporatsiyalar mutasaddilari hamda kapital qo‘yilmalari loyihalari uchun risk kategoriyalari (moliyaviy va strategik) va sub-kategoriyalari (bozor, kredit, operatsion va likvidlik)dan iborat bo‘lgan risk bo‘yicha to‘liq ma’lumot yig‘ish imkonini beradi. Bu bosqichda butun bir tarmoq korxona riskining tavcifini ishlab chiqishi uchun risklar majmuini aniqlashi kerak hisoblanadi. Har bir risk qamrab olinishi ijroiya boshqaruvi uchun biznesni ma’lum bosqichida muhim bo‘lsa-da, ushbu aniqlangan ro‘yxatdagi risklar ularning darajalariga qarab ustuvorligi boshqaruv va kengash fikrini asosiy risklarga qaratish uchun belgilanishini talab etadi. Risklarni ustuvorligi bo‘yicha tabaqalash esa riskni baholash orqali amalga oshiriladi.

Download 188.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling