Mavzu: Riskni qabul qilish Bajardi: 070-19 guruh talabasi Raimjonov Jasur Tekshirdi: Ganiyev A. A toshkent 2023 Amaliy ish. Riskni qabul qilish. Ishdan maqsad


Download 188.14 Kb.
bet4/6
Sana22.04.2023
Hajmi188.14 Kb.
#1380695
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-amaliy ish AXXBK

Ta’sir darajasi. Ta’sir(yoki oqibat) darajasi risk holati korxona faoliyatiga ta’sir ko‘lamini ko‘rsatadi. Ta’sir darajasini baholash mezoni o‘z ichiga moliyaviy, reputatsion, boshqaruv, xavfsizlik, tashqi omil, ishchi-xodim, mijoz va operatsion ta’sirlarni oladi. Korxonalar odatda ushbu keltirilgan sohalarning har biri bo‘yicha risk ta’sirini umumlashtirish orqali ta’sir darajasi aniqlanadi. Ba’zi korxonalar risk uchun ishlab chiqilgan shkalani, imkoniyatlar (daromadlar) uchun ham qo‘llashadi (5.4-jadval).
Ehtimollik. Ehtimollik – bu ma’lum hodisa sodir bo‘lish ehtimolligi hisoblanadi. Ehtimollikni miqdoriy ifodalar orqali nisbiy (foizda) ehtimollik sifatida yoki sodir bo‘lish chastotasi sifatida ko‘rish mumkin. Sonli qiymatlardan foydalanilayotganda vaqt oralig‘ini yillik takrorlanishlar yoki loyiha hayot davriyligi orqali tasniflanishi kerak. Ba’zida korxonalar ehtimollikni «belgilangan davr oralig‘ida risk hodisasi bir necha marotaba sodir bo‘lish»i yoki «bo‘lmaslig»iga o‘xshash sifatiy ifodalar orqali ifodalashadi (5.5-jadval).
Riskka moyillik. Riskka moyillik ta’sir kuchi va ehtimollikka bevosita bog‘liq. Korxona qanchalik riskka moyilligi kuchli bo‘lsa shuncha riskning ta’sir kuchi yuqori bo‘ladi. Agar nazoratni o‘z ichiga olgan riskka qarshi choralar o‘z o‘rnida va tegishli tarzda qo‘llanilmasa, risk hodisasi sodir bo‘lish ehtimolligi oshadi. Moyillikni baholash korxonalarda riskni boshqarish qanday yaxshi joriy etilganini aniqlashga imkon beradi.
Riskka moyillikni baholash mezoni quyidagi choralarni joriy qilishni o‘z ichiga oladi: stsenariyaviy rejalashtirish, real optsionlar42, risk hodisasi sodir bo‘lganda unga tez moslashib kapital zihiralarini shakllantirish kabi qarshi choralarni qo‘llash. Biroq universal baholash mezani mavjud emas. Har bir korxona o‘z mezonini talablarini qondirishga mos tarzda ishlab chiqishi kerak.
Risk sodir bo‘lish tezligi. Risk sodir bo‘lish tezligi – bu risk holati o‘zini oshkor etishi uchun ketadigan vaqtni, ya’ni risk hodisasi sodir bo‘lishi va korxona birinchi bor uning ta’sirini his qilish nuqtasi oralig‘ida kechadigan vaqtni anglatadi. Ushbu tezlikni bilish korxona uchun riskka qarshi choralar rejasini ishlab chiqishiga foydali hisoblanadi (7-jadval).

Download 188.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling