Mavzu: rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari). reja


Download 135 Kb.
bet10/25
Sana09.10.2023
Hajmi135 Kb.
#1696109
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
5 mavzu Rivojlanish falsafasi Falsafa metodlari va kategoriyalari

Yangi metafizika eski metafizikadan farqli o‘laroq, narsalarning umumiy aloqadorligini va ular taraqqiyotini inkor qilmaydi. Bu fandagi va jamiyatdagi buyuk kashfiyotlar davrida absurddir. Antidialektika yangi shaklining asosiy xususiyati — taraqqiyotni izohlashning turli variantlari va yo‘llarini izlashdan iborat.
Buni quyidagi yo‘nalishlarda tushunish mumkin:
a. eng umumiy, abadiy o‘sish, o‘zgarish yoki aksincha kichrayish (tekis evolyusionizm) tarzida;
b. xuddi sifat o‘zgarishlari kabi sakrashlar zanjiri (katastrofizm) shaklida;
v. takrorlash sifatida qat’iy liniyali yo‘nalishga ega bo‘lgan doimiy jarayon (to‘g‘ri chiziqli rivojlanish) holatida;
g. hech qanday yangiliklarsiz aylana doirasidagi abadiy harakat ko‘rinishida;
d . mohiyatidan ziddiyat kelib chiquvchi harakat sifatida;
e. progress sifatida, ya’ni oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga intilish tarzida.
Taraqqiyotning o‘zaro aloqadorlik va ta’sirning boshqa aralash izohlari ham bo‘lishi mumkin.
Metafizikaning turlari har xil asoslar, mezonlar bilan farqlanishi mumkin. Bilishning metafizik metodi — byurokratizm, konservatizm, volyuntarizm va h.k. amaliy faoliyatning boshqa bir tomonlama harakatlari tarzida namoyon bo‘lishi ham mumkin.
Bilimning metafizik usullari turlicha bo‘lib, idealizm, sensualizm, ratsionalizm, empirizm, dogmatizm, relyativizm va boshka shakllarda namoyon bo‘lib, bilimning alohida shakllari natijalarini mutlaqlashtirish jarayonida paydo bo‘ladi.
SOFISTIKA”. Sofistika falsafiy metodlar jumlasidan bo‘lib, qadimgi Yunonistonda mil. av. V va IV asrning birinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy hayotda xususiy bir yo‘nalish sifatida paydo bo‘lgan.
Sofistika namoyandalari Protagor, Gorgiy, Gippiy, Antifont va boshqalardir. Sofistikaning paydo bo‘lishi antik Yunonistonda iqtisodiy taraqqiyotga bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘liq. Bu oila urug‘ an’analaridagi turg‘unlikni bartaraf qilish, yangi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga ehtiyoj davri edi. Sofistikaning inqirozi eramizdan avval IV acr o‘rtalarida boshlandi. Eramizning II asrida klassik yunon sofistlarining g‘oya va uslublarini qayta ishlashga intiluvchi yangi oqim paydo bo‘ldi.
Sofistika mavjud nazariya va ma’lumotlarni saqlashga intiladi. U yangi fikr eski fikrning bir qismi ekanligini asoslashga yoki mantiq qonunini tuzib, mavjud bilimlar tizimini barcha ziddiyatlardan tozalashga harakat qiladi. Bu metoddan semantik va mantiqiy qonunlarda istalgan narsani isbotlash uchun foydalaniladi. Ko‘pgina darslik va qo‘llanmalarda bu ibora yunon tilidagi "sopism" so‘zi asosida, ya’ni ataylab xilma-xil ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ishlatish orqali kerakli, ammo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, ko‘chma ma’no-mazmunga erishish usuli, deb ta’kidlanadi. Bu usul qo‘llanilganda fikrning mazmuni ko‘chma ma’noda bayon qilinadi, ya’ni “Qizim, senga aytaman, kelinim, sen eshit”, deganga o‘xshash holat nazarda tutiladi. U, nafaqat, qadimgi Yunoniston, balki o‘pta asrlarda Evropada ham keng tarqalgan. Agar bu usul yolg‘on xulosalarga olib kelsa, nega o‘z davrining ko‘pgina dono kishilari undan foydalanganlar, degan savol tug‘ilishi mumkin. Ma’lumki, insoniyat tarixida hurfikrlilik va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga munosabatni to‘g‘ri ifodalashning iloji qolmagan zamonlar ko‘p bo‘lgan. Bunday holni inkvizitsiya hukmron bo‘lgan o‘rta asrlar Evropasiga ham tatbiq etish mumkin. O‘sha davrda ham ko‘pgina ziyolilarning ana shu usulga suyanmasdan iloji yo’q edi. Umuman olganda, falsafada “do‘ppi tor kelib qolgan” ana shunday zamonlarda fikrni Gulxaniyning mashhur “Zarbulmasal” asari kabi ifodalash hollari uchrab turadi. Buni o‘rta asrlar Evropasiga nisbatan olsak, unda Servantesning “Don Kixot” asari nima sababdan shunday yozilganligi, uning bosh qahramoni esa nima uchun shamol tegirmonlariga qarshi jang qilganligi va bu lavhalar zamirida qanday botiniy mazmun yashiringani aniq bo‘ladi.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling